22-ma’ruza. O’zbekiston muvofiqlikni baholash tizimi tashkiliy asoslari


-modda. Muvofiqlikni baholash organlarining birlashmalari


Download 33.99 Kb.
bet14/14
Sana24.03.2023
Hajmi33.99 Kb.
#1291921
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
22 MA’RUZA O’ZBEKISTON MUVOFIQLIKNI BAHOLASH TIZIMI TASHKILIY ASOSLARI

29-modda. Muvofiqlikni baholash organlarining birlashmalari
Muvofiqlikni baholash organlari o‘z faoliyatini muvofiqlashtirish, shuningdek umumiy manfaatlarni ifodalash va himoya qilish maqsadida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda muvofiqlikni baholash organlarining birlashmalarini tuzishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 77-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunining 10-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 22-martdagi 153-son qarori bilan tasdiqlangan “Yuridik shaxslar birlashmalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish haqida” nizom.
30-modda. Nizolarni hal etish
Muvofiqlikni baholash sohasida yuzaga keladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
31-modda. Muvofiqlikni baholash to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Muvofiqlikni baholash to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
32-modda. Qonun hujjatlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
33-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran olti oy o‘tgach kuchga kiradi.
LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq so‘zi” gazetasining 2013-yil 5-oktabrdagi 196 (5870)-sonida e’lon qilingan.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2013-yil 4-oktabr,
O‘RQ-354-son


(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 41-son, 542-modda; 2015-y., 33-son, 439-modda; 2016-y., 52-son, 597-modda; 2017-y., 37-son, 978-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son)
Download 33.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling