22-ma’ruza. O’zbekiston muvofiqlikni baholash tizimi tashkiliy asoslari


Download 33.99 Kb.
bet9/14
Sana24.03.2023
Hajmi33.99 Kb.
#1291921
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
22 MA’RUZA O’ZBEKISTON MUVOFIQLIKNI BAHOLASH TIZIMI TASHKILIY ASOSLARI

3-bob. Akkreditatsiya
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-apreldagi 349-son qarori bilan tasdiqlangan “Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom”.
20-modda. Milliy akkreditatsiya organi
Milliy akkreditatsiya organi O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligidir.
Milliy akkreditatsiya organi:
muvofiqlikni baholash sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadi;
milliy akkreditatsiya tizimi tashkil etilishini, faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishini ta’minlaydi;
muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilishni amalga oshiradi va ularga akkreditatsiya to‘g‘risida guvohnoma beradi;
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Qonunning 22-moddasi.
muvofiqlikni baholash organlari ustidan inspeksiya nazoratini amalga oshiradi;
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Qonunning 10-moddasi.
belgilangan tartibda akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turadi, tugatadi va ushbu guvohnomani bekor qiladi;
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Qonunning 25, 26 va 27-moddalari.
xalqaro akkreditatsiya organlari va xorijiy davlatlarning milliy akkreditatsiya organlari bilan akkreditatsiya masalalari bo‘yicha hamkorlik qiladi;
Muvofiqlikni baholash organlarining davlat reyestrini yuritadi.
Milliy akkreditatsiya organi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
21-modda. Akkreditatsiya shartlari
Quyidagilarning mavjudligi akkreditatsiya shartlaridir:
akkreditatsiya qilinish uchun ariza;
Oldingi tahrirga qarang.
(21-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi O‘RQ-391-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
akkreditatsiya qilish so‘ralgan sohadagi ishlarni bajarish uchun akkreditatsiya qilinishga talabgor bo‘lgan yuridik shaxslarning vakolatli ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar;
akkreditatsiya bilan bog‘liq xarajatlar to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat.
Sertifikatlashtirish organi sifatida akkreditatsiya qilinishga talabgor bo‘lgan yuridik shaxslar muvofiqlikni baholash obyektlarining ishlab chiqaruvchilari, sotuvchilari, ijro qiluvchilari va iste’molchilariga nisbatan tashkiliy hamda moddiy jihatdan tobe bo‘lmasligi kerak.
Qonun hujjatlarida akkreditatsiyaning boshqa shartlari ham belgilanishi mumkin.

Download 33.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling