22-ma’ruza. O’zbekiston muvofiqlikni baholash tizimi tashkiliy asoslari


-modda. Muvofiqlikni baholashning asosiy prinsiplari


Download 33.99 Kb.
bet3/14
Sana24.03.2023
Hajmi33.99 Kb.
#1291921
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
22 MA’RUZA O’ZBEKISTON MUVOFIQLIKNI BAHOLASH TIZIMI TASHKILIY ASOSLARI

5-modda. Muvofiqlikni baholashning asosiy prinsiplari
Muvofiqlikni baholashning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
muvofiqlikni baholashning yagona qoidalari va tartib-taomillarini qo‘llash;
muvofiqlikni baholash haqidagi axborotning ishonchliligi va ochiqligi;
akkreditatsiya qilingan muvofiqlikni baholash organlarining xizmatlaridan foydalanishga to‘siqlar qo‘yishga va ular o‘rtasidagi raqobatni cheklashga yo‘l qo‘ymaslik;
davlat sirlarining, tijorat sirining va qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirning saqlanishi;
Oldingi tahrirga qarang.
akkreditatsiya bo‘yicha faoliyatni sertifikatlashtirishga, muvofiqlikni deklaratsiyalashga, yukni ortishdan oldin va (yoki) yukni tushirish vaqtidagi inspeksiyani amalga oshirishga, mahsulot sinoviga, sanitariya-epidemiologiya, veterinariya, veterinariya-sanitariya, fitosanitariya xulosalarini berishga, ekologik ekspertiza o‘tkazishga doir faoliyat bilan qo‘shib olib borilishiga yo‘l qo‘ymaslik.
(5-moddaning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-416-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda)
6-modda. Muvofiqlikni baholash obyektlari
Muvofiqlikni baholash obyektlari quyidagilardan iborat:
mahsulot;
ishlab chiqarish jarayonlari;
xizmatlar;
menejment tizimlari;
LexUZ sharhi
Qarang: “Menejment tizimlarini sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom” (16.01.2016-y., ro‘yxat raqami 2754).
akkreditatsiya qilinishga talabgor bo‘lgan yuridik shaxslar;
muvofiqlikni baholash sohasida xodim sifatida ishtirok etishga talabgor bo‘lgan mutaxassislar;
LexUZ sharhi
Qarang: “Muvofiqlikni baholash sohasida xodim sifatida ishtirok etishga talabgor bo‘lgan mutaxassislarni sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom” (30.12.2015-y., ro‘yxat raqami 2748).
muvofiqlikni baholash organlari inspeksiya nazoratidan o‘tkazilishi chog‘ida ushbu organlarning o‘zi.

Download 33.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling