5.14-расм. Ignali suzgichlar qurilmasi
a – umumiy ko’rinishi; b – ignali suzgichlar qurilmasi; v – ignali suzgichning filtrlovchi bo’g’ini; g – ignali suzgichlarni suvga yuvib tushirish; 1 – nasos agregati; 2 – ignali suzgich; 3 – kollektor; 4 – filtr usti quvuri; 5 – filtrlovchi bo’g’in; 6 - qum; 7 - qumli loy; 8 – loyli qum; 9 – to’kma grunt; 10 - g’alvirak tashqi quvur; 11 – ichki quvur; 12 – filtrlovchi to’r; 13 – sharikli klapan.
Ignali suzgichlar o’rtasidagi masofa ularning tushish chuurligiga, kotlovan o’lchamiga, suv sizilish kozffitsientiga qarab 0,6 - 3 m bo’lishi mumkin. Barcha ignali suzgichlar o’rnatilib, kollektorlarga ulanganidan so’ng suv tortib olinadi. Suv pasayish chuqurligi katta bo’lgan holda kotlovanlarning qiyaliklarida ko’p poqonali ignali suzgichlar qurilmalari o’rnatiladi (5.15-rasm).
5.15-расм. Suv pasaytirish qurilmalari o’rnatilgan kotlovanning umumiy ko’rinishi
1 - quvursimon quduqlar; 2 – ignali suzgichlar; 3 – kollektorlar; 4 – ignali suzgichni kollektor bilan birlashtiruvchi oshiq-moshiqlar; 5 – nasoslar; 6 – bosimli suv chetlatish quvur yo’li; 7 – yog’in - sochin suvlarini tortib chiqaruvchi nasoslar.
Zamin gruntlarini sun‘iy kuchaytirish usullari
3.1. Umumiy ma‘lumotlar
Yuk ko’tarish qobiliyati inshoot barpo etish uchun yaroqsiz bo’lgan tabiiy gruntlar bo’sh (kuchsiz) gruntlar deyiladi. Ulardan zamin sifatida foydalanishda turli sun‘iy usullar qo’llab, ushbu gruntlarning mustahkamligi oshiriladi. Qurilish amaliyotida faqat bo’sh gruntlarnigina emas, balki ancha mustahkam gruntlarni ham quyidagi hollarda sun‘iy mustahkamlashga to’g’ri keladi.
Inshootdan uzatiladigan bosim zamin yuk ko’tarish qobiliyatidan ortiq bo’lib, poydevor tag yuzasi yoki yotish chuqurligini oshirish imkoniyati cheklangan bo’lsa.
Gruntning fizik va mexanik ko’rsatkichlari unga quyilgan talablarga javob bermasa (yirik g’ovaklar, gruntning bo’sh tuzilishi, notekis cho’kishlar va h.k).
Do'stlaringiz bilan baham: |