23-мавзу. Информатиканинг асосий тушунчалари ва асосий мавзуларини ўрганиш
Axborotning asosiy iste’mol sifat ko‘rsatkichlari
Download 23.59 Kb.
|
23-мавзу. Информатиканинг асосий тушунчалари ва асосий мавзуларини ўрганиш.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Axborotning dolzarbligi
- Axborotning ishonarliligi
- Axborot texnologiyasi
Axborotning asosiy iste’mol sifat ko‘rsatkichlari:
- Axborotning reprezentativligi - ob’yekt xususiyatini adekvat ifoda etish maqsadlarida uni to‘g‘ri tanlash va shakllantirish bilan bog‘liqdir. - Axborotning semantik (mazmuniy)ligi - mazmundorligi va hajmini ifoda etadi. - Axborotning yetarliligi (to‘laligi) - qaror qabul qilish uchun minimal, lekin yetarli tarkibga (ko‘rsatkichlar jamlamasiga) ega ekanligini bildiradi. To‘g‘ri qaror qabul qilish uchun to‘liq bo‘lmagan, ya’ni yetarli bo‘lmagan, xuddi shuningdek, ortiqcha bo‘lgan axborot ham foydalanuvchining qabul qilgan qarorlari samaradorligini kamaytiradi. - Axborotning dolzarbligi - axborotdan foydalanish vaqtida uning boshqarish uchun qimmatliligi saqlanib qolishi bilan belgilanadi va uning xususiyatlari o‘zgarishi dinamikasi hamda ushbu axborot paydo bo‘lgan vaqtdan buyon o‘tgan vaqt oralig‘iga bog‘liq bo‘ladi. - Axborotning o‘z vaqtidaligi - uning avvaldan belgilab qo‘yilgan vazifani hal etish vaqti bilan kelishilgan vaqtdan kechikmasdan olinganligini bildiradi. - Axborotning aniqligi - olinayotgan axborotning ob’yekt, jarayon, hodisa va boshqalarning real holatiga yaqinligi darajasi bilan belgilanadi. - Axborotning ishonarliligi - axborotning real mavjud ob’yektlarni zarur aniqlik bilan ifoda etish xususiyati bilan belgilanadi. - Axborotning barqarorligi - axborotning asos qilib olingan ma’lumotlar aniqligini buzmasdan o‘zgarishlarga ta’sir qilishga qodirligini aks ettiradi. Axborot texnologiyasi biror ob’yekt, jarayon yoki hodisaning holati haqidagi axborotlarni to‘plash, qayta ishlash va uzatishni amalga oshiruvchi jarayondir. Axborotlashgan jamiyat – jamiyatning ko‘pchilik a’zolari axborot, ayniqsa, uning oliy shakli bo‘lmish bilimlarni ishlab chiqish, saqlash, qayta ishlash va amalga oshirish bilan band bo‘lgan jamiyatdir. “Axborot va jamiyat” mavzusini o’qitish metodikasiBerilgan mavzuni o’rganishdan asosiy maqsad – o’quvchilarda axborot haqida tushuncha hosil qilish, har qanday axboriy jarayonlarni aniqlab olishni o’rgatish, jamiyatni rivojlantirishda axborotning tutgan o’rnini va "Informatika" fanining ahamiyatini ko’rsatishdan iboratdir. Bu mavzu informatika predmetini o’rganishdagi birinchi mavzu hisoblanadi. Shuning uchun birinchi darsning boshlang’ich qismi tashkiliy masalalar va informatika xonasidagi texnik va yong’in xavfsizligi masalalariga bag’ishlanishi maqsadga muvofiqdir. Shundan so’ng o’qituvchi misollarga asoslangan holda ma’lumot, axborot nima ekanligini, informatika nimani o’rganishini va nima uchun ushbu predmet o’rganilishi zarurligini, jamiyatni rivojlantirishda axborotning va informatikaning o’rni va ahamiyatini o’quvchilarga etkazishi, o’quvchilar tomonidan esa o’zlashtirib olinishiga erishish lozim. Birinchi dars qiziqarli bo’lishi va o’quvchilarni zeriktirib qo’ymasligi uchun o’qituvchi ushbu darsga puxta tayyorgarlik ko’rishi lozim. Imkon qadar oz vaqt ichida asosiy maqsadni va bosh vazifalarni ko’rsatish, shu bilan birga darsni ortiqcha ma’lumotlar bilan band qilmaslik zarur. Ushbu mavzu bo’yicha dars soatlarini quyidagicha taqsimlash tavsiya etiladi:
Download 23.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling