23-мавзу. Информатиканинг асосий тушунчалари ва асосий мавзуларини ўрганиш


Dolzarblik– axborot ishlatilayotgan vaqtda o’z qiymatiga ega bo’lish kerak. Aniqlilik –


Download 23.59 Kb.
bet5/6
Sana08.03.2023
Hajmi23.59 Kb.
#1251468
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
23-мавзу. Информатиканинг асосий тушунчалари ва асосий мавзуларини ўрганиш.

Dolzarblik– axborot ishlatilayotgan vaqtda o’z qiymatiga ega bo’lish kerak.
Aniqlilik – aynan haqiqatdan olinadigan axborotlar darajasidir.
Lekin "dolzarblik", "etarlilik", "aniqlilik" – insoniy tushunchalar. Informatika fani esa ilmiy texnik nuqtai – nazardan axborotlar ustida ishlash, uzatish va qayta ishlashni o’rgatadi. Shuning uchun axborot tushunchasi informatikada odatdagi tahlildan farq qiladi. Informatika uchun asosiy masalalardan biri hisoblash texnikalari vositalaridan foydalanib, axborotni qayta yo’llar bilan yaratish, saqlash, qayta ishlash va uzatishdan iboratdir. Shuning uchun informatikada axborotlar klassifikatsiyasiga alohida yondashiladi.
Informatikada uzluksiz (yoki analog) va diskret (yoki sonli) axborotlar ko’rib chiqiladi. Chunki inson o’zining sezgilari orqali analog axborotlar bilan, kompyuterlar esa sonli axborot bilan ishlaydi.
Musiqa, biz uni tinglaganda, analog axborot tarqatadi, lekin uni notalarini yozsak, o’ sonli axborga aylanadi. Inson tomonidan yaratilgan ko’pgina uskunalar analog axborot asosida ishlaydi. Masalan, televizor – bu analog uskuna. Uning ichida kineskop bor. Kineskop nuri ekran bo’ylab uzluksiz xarakatlanadi. Nur kuchaygan sari u tushgan nuqta shunchalik yorishadi. Nuqta yorug’ligining o’zgarishi asta – sekinlik va uzluksizlik bilan amalga oshiriladi. Musiqa o’ynagich, telefon ham analog qurilmalarga misol bo’la oladi. Kompyuter monitori esa televizorga o’xshaydi, lekin bu sonli qurilmalardir. Undagi yorug’lik nuri asta sekinlik bilan emas, balki sakrab o’zgaradi. Yorug’lik – yoki bor, yoki yo’q. Lazer kompakt-diskli musiqa o’ynagichlar ham sonli hisoblanadi(shuning uchun ularni kompyuterda yaratish mumkin).
6. O’qituvchi axborot ustida amallarni ko’rib chiqadi (masalan: "Referatni qanday yaratish mumkin?").
a) referat uchun ma’lumotlar yig’iladi – axborotni yig’ish;
v) hamma ma’lumotlarni yagona ko’rinishga keltirish – axborotni formallashtirish;
s) kerakli ma’lumotlarni ajratib olish - axborotni saralash;
d) ma’lumotlarni tiklash – axborotni arxivlash;
e) ma’lumotlarni saqlash – axborotni eslab qolish;
f) ma’lumotlarni himoyalash – axborotni himoyalash;
g) referatlarni chop etish – axborotni yaratish;
h) o’qituvchiga referatni topshirish yoki yuborish – axborotni jo’natish.
7. O’qituvchi o’z navbatida informatika haqida tushuncha beradi.
8. O’qituvchi o’quvchilar bilan berilgan jadvalning ikkinchi qatorini to’ldirishni so’raydi.
9. Ikkinchi darsda o’quvchilar bilan birga axborotni tashkil qilish texnologiyalari va axborotlashgan texnologiyalar haqida umumiy xulosa chiqariladi (gazetalar, jurnallar, televizor, telefon, kompyuter va x.k.)
10. O’qituvchi O’zbekistonda informatika fani va uning jamiyat rivojlanishidagi o’rni haqida so’zlab beradi.
Insoniyat tilni ixtiro qildi, ya’ni u orqali istalgan axborotni almashinish imkoniga ega bo’ldi. Lekin yozuv ixtiro qilinguncha, axborot olish uchun muloqot zarur edi. Yozuvning ixtiro qilinishi, qo’lyozma kitoblarning yaratilishi, kishilik jamiyatda bir qancha masalalarni echilishiga olib keladi.
Axborotni saqlash vositalari – kitoblar paydo bo’ldi. Bu vositalarning ishlatilishini ta’minlovchi tashkilotlar – kutubxonalar vujudga keldi. So’ngra kitoblarni ishlatish jarayonida axborotni saqlash va uzatish, ularni ko’paytirish tezligining etarli emasligi, nusxalash va nashrdan chiqarish muammolari turardi. Shu sababli kitob chop etish uskunalari ixtiro qilindi. Bu ixtiro qo’lyozmalar yozilgan davrdagiga nisbatan axborotlarni keng ko’lamda tarqatishga sabab bo’ldi. Insoniyat tomonidan yaratilgan hamma axborotlar keng ommaga etkaziladigan bo’ldi. Axborotlar rivojlanishining yangi texnologiyalari paydo bo’ldi: jurnallar, kataloglar va x.k.
Alohida o’zaro fikr almashuvchi insonlar oqimi paydo bo’ldi. Axborot mahsulotlar ko’rinishini oldi va ishlab chiqarish bo’lagiga aylandi. Axborot insoniyatning har bir jabhasiga kirib bordi.
O’tgan asr o’rtalaridagi kompyuter revolyutsiyasi axborot rivojiga qattiq turtki bo’ldi va o’z navbatida kishilik jamiyatining axborotlashgan jamiyatga o’tishiga olib keldi. Bu jamiyatda insonlar yangi axborot texnologiyalarisiz hayotni tasavvur ham qila olmaydi.
Axborotlashgan jamiyat – ko’pchilik ish bilan band aholi axborotni ishlash, saqlash, qayta ishlash va tahrirlash bilan shug’ullanadi.
Axborot texnologiyalari – aniq mablag’lar yig’indisi bo’lib, shu yordamida insoniyat hayoti va faoliyatidagi xilma-xil jarayonlarni bajarishga yordam beradi.
Yangi axborot texnologiyalari – bu axborotni qayta ishlash va saqlash uchun qo’llanadigan axborot texnologiyalari, zamonaviy shaxsiy kompyuterlar kommunikatsiya vositalari va har xil uskunalardir.
90-yillar boshida O’zbekistonda jamiyatning kontseptsiyalari ishlab chiqiladi. Uning asosiy maqsadi – komp’yuter vositalarini tezkor ravishda jamiyatning barcha jabhalariga tadbiq qilishdan iboratdir.
Axborotlashtirishning asosiy qismi quyidagilar:

  • ishlab chiqarishni butkul avtomatlashtirish va robotlashtirish;

  • ilmiy izlanishlarni va loyihalashtirishni avtomatlashtirish;

  • tashkiliy-iqtisodiy boshqarishni axborotlashtirish;

  • maktab, kollej, litsey va oliy o’quv yurtlarida kadrlarni o’qitish va tayyorlashni komp’yuterlashtirish;

  • xizmat ko’rsatish;

  • sog’liqni saqlash va aholi ishlaydigan hamma sohalarni komp’yuterlashtirishdir.

11.O’qituvchi birinchi mavzuni klasterni o’rgatish bilan tugallaydi.



Download 23.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling