23-мавзу: Orzu, maqsad va muvafaqqiyatni anglatish mexanizmlari. Reja


Qiyin vaziyatlarda hissiyotlarni boshqarish. Hissiyotlarni anglash, ularni nazorat qilish usullari. O‘z o‘zini anglash va o‘z o‘zini tarbiyalash metodlari


Download 95.97 Kb.
bet12/21
Sana19.06.2023
Hajmi95.97 Kb.
#1601081
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21
Bog'liq
6-дарс

24.2. Qiyin vaziyatlarda hissiyotlarni boshqarish. Hissiyotlarni anglash, ularni nazorat qilish usullari. O‘z o‘zini anglash va o‘z o‘zini tarbiyalash metodlari.
Demokratik jamiyatning ideali, oliy maqsadi har tomonlama barkamol shaxsni tarbiyalashdir. Bunday shaxs esa ta’lim-tarbiya tizimini ta’siri ostida shakllanadi. Ta’lim-tarbiya jarayonining samarali borishi esa ko‘p jihatdan o‘qituvchi-pedagoglarning faoliyatiga, ongli faoliyatning muayyan maqsadga qaratilganiga va shu maqsadga erishish uchun qat’iyat bilan kurash olib borishga bog‘liqdir. Shu bois hozirgi sharoitda o‘z-o‘zini tarbiyalash nihoyatda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
O‘z-o‘zini tarbiyalash iborasi pedagogik adabiyotlarda asosan o‘tgan asrning o‘rtalarida ishlatilgan bo‘lsa-da, o‘z-o‘zini takomillashtirish haqida qadimdan fikr yuritiladi. O‘tmishning ko‘pgana faylasuflari, pedagoglar o‘z-o‘zini takomillashtirishning mohiyati, uning jamiyat va inson hayotidagi rolini ochib berishga urinishgan7. Tarbiya jarayoni o‘z-o‘zini tarbiyalash bilan mustahkam bog‘langan. O‘z-o‘zini tarbiyalash kishining o‘z shaxsini o‘zgartirishga qaratilgan faoliyatidir. O‘z-o‘zini tarbiyalash to‘g‘ri tarbiya berish bilan birga sodir bo‘ladi va ayni vaqtda to‘g‘ri tarbiya natijasi hisoblanadi.
Ma’lumki, inson ijtimoiy mavjudotgina bo‘lmay, tabiat mahsuli hamdir. Uning dunyoga kelishi, o‘sishi hayotning umumiy qonuniyatlari birinchi navbatda o‘z-o‘zini boshqarish va mustaqil rivojlanishi kabi jarayonlarga ham bog‘liqdir. Mustaqil rivojlanishini shaxs o‘zi anglagan yoki anglamagan bo‘lishi mumkin. Shaxs o‘z rivojlanishini anglagandagina bu rivojlanish o‘z-o‘zini o‘stirishga aylanadi. O‘z-o‘zini o‘stirish o‘z navbatida rivojlanib borib, shaxsni takomillashtirishga, o‘z-o‘zini tarbiyalashga aylanish mumkin. Kishi o‘z shaxsining shakllanishida hamma vaqt bevosita ishtirok etadi. Lekin bunday ishtirokning faollik darajasi har xil bo‘ladi. Masalan: kishi o‘zi anglamasdan birov qilayotgan ish harakatini unga ergashib bajarishga kirishadi. Bunday erishish borib-borib ongli harakatga, ongli harakat o‘z navbatda o‘z-o‘zini tarbiyalashga aylanadi.
Tarbiya kuchayib, o‘z-o‘zini tarbiyalashga aylanishi uchun muayyan ichki zaminlar va tashqi sharoitlar zarur bo‘ladi. O‘z-o‘zini tarbiyalashda odam o‘z shaxsini, sharoitlarini, faoliyat natijalarini, kuch va qobiliyatlarini o‘stirish jarayonini yaxshi anglaydi. O‘z-o‘zini tarbiyalash irodaviy jarayonlar va shaxs irodaviy sifatlarining butun majmuasidan iborat. O‘ziga tarbiyachilik, o‘zidan norozilik, mashhur bo‘lishga intilish, rivojlanishga bo‘lgan ehtiyojning paydo bo‘lishi uchun asos bo‘ladi. O‘z-o‘zini tarbiyalashning bu ichki zaminlari muayyan ijtimoiy va pedagogik sharoitlarda ro‘yobga chiqadi.
Tarbiya va psixologiyaning umumiy nazariy qoidalariga tayanib, o‘z-o‘zini tarbiyalashning quyidagi belgilari ajratiladi:
-o‘z-o‘zini tarbiyalash- o‘zini anglash, o‘zini-o‘zi boshqarish irodasi va rivojlanishga bo‘lgan ehtiyojning yuksak darajada taraqqiy etganligi bilan xarakterlanadi.
-o‘z-o‘zini tarbiyalashning paydo bo‘lishi hamma vaqt muayyan ichki zaminlar va tashqi sharoitlar bilan bog‘langandir: ichki zaminlar bilan tashqi sharoitlar esa tarbiyaning natijasidir.
-o‘z-o‘zini tarbiyalash shaxs tarkib topishining hal qiluvchi sharoitlar va asosiy yo‘nalishlarida kishi psixologiyasining rivojlanishini tezlatuvchi o‘ziga xos omildir;
-o‘z ustida ishlash kishining barcha kuch va qobiliyatlarini jadallik bilan ishlatilishni talab qiladi. Bu o‘z navbatda ularning tez rivojlanishini ta’minlaydi.
O‘z-o‘zini tarbiyalash nihoyatda murakkab jarayondir. Bir tomondan odam ruhiy rivojlanishining asosiy yo‘nalishlarini, uning eng muhim hayotiy zarur ongi o‘z-o‘zini anglashi, qiziqish va ehtiyojlari, his-tuyg‘ulari va irodasini shakllantirish bilan yaqindan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy-psixologik jarayon bilan davom etadigan pedagogik jarayon hamdir. O‘z-o‘zini tarbiyalash jarayonining murakkabligi bois bu tushuncha turlicha ta’riflanadi, izohlanadi, ammo ularning o‘z mazmuni bilan bir-biridan keskin farq qilmaydi. O‘z-o‘zini tarbiyalash- bu shaxsning u yoki bu nuqsonlarini yo‘qotish va unda ijobiy xislatlarni shakllantirish maqsadida o‘z ustida ongli hamda tizimli ish olib borishidir.
O‘z-o‘zini tarbiyalash- bu muntazam ravishda o‘z ustida ishlash, o‘z huquqini anglashga va tanqidiy nuqtai nazardan tahlil qilishga muttasil intilish, o‘rnida yomon xislat va odatlarni yo‘qotish, chinakam axloqiy fazilatlarni tarbiyalash.
O‘z- o‘zini tarbiyalash- bu o‘z-o‘ziga talabchanlikni doimiy oshirib borish, yaxshi yashashgagina emas, balki yaxshi odam bo‘lishga ongli ravishda intilishdir. O‘z-o‘zini tarbiyalash- bu kishining xilma-xil ijtimoiy tajribani egallashga va hayotiy maqsadlarni ro‘yobga chiqarishga yordam beradigan axloqiy sifatlarning shakllanishiga qaratilgan harakatidir. O‘z-o‘zini tarbiyalash- oldin olingan tarbiya ta’siri ostida vujudga keladigan ehtiyoj bo‘lib, shaxs bu ehtiyojni qondirishga intiladi8.
Yuqorida keltirilgan ta’rifda o‘z-o‘zini tarbiyalashning mohiyati atroflicha, ayrimlarida u yoki bu tomoni ko‘proq yoritilgan. Shaxs faoliyatida o‘z-o‘zini tarbiyalash va o‘z ustida ishlash uning mahorati ortib borishining eng muhim sharti hisoblanadi. Shaxs o‘z-o‘zini tarbiyalashi uchun ma’lum darajada tarbiyalangan, o‘zini boshqara oladigan kuch va qobilyatlarini o‘stirishga ehtiyoj seza oladigan bo‘lishi kerak. Bunday psixologik xislatlar shaxs faoliyatining muayyan bosqichida hosil bo‘ladi, rivojlanishda faoliyatning o‘z-o‘zini tarbiyalashga aylanishi uchun zamin yaratadi.
O‘z-o‘zini tarbiyalash axloqiy takomillashish jarayoni bevosita insonning kasbiy faoliyatga kirishishida to‘laroq amalga oshadi. Chunki mehnat faoliyati davomida shaxs o‘z oldiga ancha murakkab axloqiy vazifalarni qo‘yadi, shaxsga jamiyat, jamoa, ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy hayotning ta’siri davom etaveradi.
Shaxsning o‘z ustida ishlashi uning shaxs sifatida rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan barcha ma’naviy kuchlarning jadal rivojlanishni ta’minlaydi. O‘z ustida ishlash davomida o‘zini idora qilish rivojlanadi, ong bilan xulqning birligi ta’minlanadi. Nazariya amaliy faoliyatga joriy etiladi, har bir shaxsda o‘zini chuqur anglaydigan e’tiqod mustahkamlanadi. Demak o‘z-o‘zini tarbiyalash ongli, yuksak axloq va faol ijtimoiy foydali faoliyat uchun zarur bo‘lgan sifatlarni shakllantiradi.
O‘z-o‘zini tarbiyalashning tarkibiy qismlari quyidagilar:
1. Mustaqil o‘qib bilib olish.
2. O‘zini mehnat va kasbga tayyorlash.
3. Shaxsning o‘zini ijtimoiy tarbiyalash
4. Shaxsning o‘zini axloqiy, estetik, jismoniy jihatdan takomillashtirish9.
O‘z-o‘zini tarbiyalash yo‘lidagi faoliyatini tashkil etishga yordam beradigan usullar:


  1. Download 95.97 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling