23-мавзу: Orzu, maqsad va muvafaqqiyatni anglatish mexanizmlari. Reja


Hayotda muvaffaqiyatga erishmoqchi bo‘lgan shaxs uchun eng muhim narsa nima?


Download 95.97 Kb.
bet11/21
Sana19.06.2023
Hajmi95.97 Kb.
#1601081
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21
Bog'liq
6-дарс

4. Hayotda muvaffaqiyatga erishmoqchi bo‘lgan shaxs uchun eng muhim narsa nima?
A. rejalashtirish va maqsadni belgilashdir.
B. qiziqish va harakat
S. ichki motivatsiya va shart-sharoit
D. ijodkorlik va moslashuvchanlik
5. Maqsadlar nechta darajada tasniflanadi?
A. 3 ta B. 2 ta S. 5 ta D. 7 ta


Nazorat savollari
1. Orzu nima?
2. Shaxs hayotida maqsadning ahamiyati nimada?
3. Maqsadni qanday rejalashtirish mumkin?
4. Strategik maqsad nima?
5. Muvafaqqiyatga erishish uchun nima qilish kerak?

24-mavzu: O‘z-o‘zini anglash va o‘z-o‘zini tarbiyalash metodlari
Reja:
24.1. Qat’iy fe’l-atvorning muhimlgi. Qat’iy fe’l-atvorning tarkibi va ularning ahamiyati. Fe’l-atvorda irodaning o‘rni.
24.2. Qiyin vaziyatlarda hissiyotlarni boshqarish. Hissiyotlarni anglash, ularni nazorat qilish usullari.
Tayanch so‘zlar: o‘z-o‘zini anglash, o‘z-o‘zini tarbiyalash, hissiyotlarni boshqarish, hissiyotlarni anglash, o‘z-o‘zini baholash, o‘z-o‘zini tahlil qilish, o‘z-o‘zini nazorat qilish, o‘z-o‘zini ishontirish, o‘z-o‘ziga buyruq berish, o‘z-o‘zini rag‘batlantirish, o‘z-o‘zini jazolash, qoralash, o‘z-o‘ziga hisobot berish, o‘z-o‘zini ma’qullash, o‘z-o‘zini majbur qilish, o‘z-o‘zini mashq qildirish.


24.1. Qat’iy fe’l-atvorning muhimlgi. Qat’iy fe’l-atvorning tarkibi va ularning ahamiyati. Fe’l-atvorda irodaning o‘rni.
Odam ko‘pincha o‘zi ko‘rgan, eshitgan voqea va hodi­salarga nisbatan befarq bo‘lib qololmaydi, balki xursandchilik, xafa bo‘lish, ruhlanish yoki g‘amginlik holatlari orqali o‘z munosabatini bildiradi. Hissiyot, ya'ni his-tuyg‘u odamning atrof-muhitga va o‘ziga bo‘lgan munosabatlarining ifodalaishidan iborat.
Odamning ichki kechinmalari uning yurish-turishi, tovush balandligi, so‘zlash ohangining o‘zgarishi, imo-ishora, mimika orqali ifodalanadi. His-tuyg‘ular ijobiy (qoniqish, hayajonlanish, xursandchilik, xush ko‘rish) va salbiy (g‘azablanish, qo‘rquv, qayg‘u, jirkanish) bo‘ladi. Hissiyot odamlarning millati, tili va tarbiyasiga bog‘liq bo‘lmasdan, bir xilda namoyon bo‘ladi. Odamning yurish-turishi, gapining ohangi, tanasi va yuzining holatiga qarab, uning his-tuyg‘usi to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish mumkin. Hissiyot qon aylanish, nafas olish va boshqa organlar ishining faollashuvi bilan birga namoyon bo‘ladi. Hissiyot bilan bog‘liq jarayonlar organlar faoliyatini va organizm kuchini o‘zgartiradi, uni yangi o‘zgargan sharoitga tayyorlaydi. His-tuyg‘uda paydo bo‘ladigan ifodali harakatlar zo‘riqishni kamaytiradi. Ifodali xatti-harakatlar hissiyot tili hisoblanadi. Hissiyotning ifodalanishiga qarab biz birovlarning his-tuyg‘usi, g‘am-g‘ussasini tushunib, uning holiga achinamiz. Shu tariqa ifodali xatti-harakat odamlaming o‘zaro munosabat vositasiga aylanadi. 0‘z navbatida, ifodali hatti-harakatning o‘zi ham javob his-tuyg‘usini paydo qiladi. Aktyor mimika, intonatsiya, ifodali xatti-harakatlari orqali obraz yaratishi, uning ichki dunyosini ochib berish bilan birga o‘z qahramonining kechinmalarini tomoshabinlarga ham o‘tkazib, ularda ham achinish hissiyotini paydo qiladi.
Ifodali hatti-harakatlar orqali boshqalarning his-tuyg‘usiga ta’sir qilish va ularning his-tuyg‘usini boshqarish mumkin. Masalan, bolaning har qanday ifodali his-tuyg‘usi katta yoshdagi kishilarga ta’sir ko‘rsatadi va ular bolaning istagini bajarishadi. Buni tushungan bola o‘z his-tuyg‘usini yanada kuchliroq namoyon qila boshlaydi. Buning natijasida kelgusida o‘z his-tuyg‘usini jilovlay olmaydigan inson tarbiyalanib chiqadi.
Ifodali xatti-harakat odamning ixtiyoriga bo‘ysunadi. Odam o‘z his-tuyg‘ularini to‘xtatib turishga, ya’ni hissiyotga berilmasdan, o‘zini qo‘lga olishni o‘rganishi lozim. Odamdagi bu xususiyatlar uning yaxshi tarbiya ko‘rganligini va yuksak madaniyatli ekanligini bildiradi.
Jamoaviylik va individuallik tirik mavjudotlarga xos xususiyatlar. Ularning birinchisini yashash zarurati keltirib chiqarsa, ikkinchisini hayotni rivojlantirish zarurati keltirib chiqaradi. Insoniyat jamiyatidagi jamoaviylik va individuallik tabiiy yashash sharoitlari va jamiyat hayotini rivojlantirish imkoniyatlaridan kelib chiqadi. G‘arb mamlakatlarida turmush kechirish og‘ir, moddiy boylik ko‘p bo‘lmagani uchun davlat va fuqarolar o‘rtasida o‘ziga xos munosabat shakllangan. Individlarning erkin faoliyatiga yo‘l qo‘yish, hatto rag‘batlantirish jamiyat uchun foydali bo‘lgan. Aksincha, Sharq mamlakatlarida turmush kechirish osonroq, moddiy boylik nisbatan yetarli bo‘lgan sharoitda davlat uchun kishilarning erkin faoliyati emas, ularni o‘zi istaganday boshqarish maqsadida o‘ziga bo‘ysundirish, erkinligini cheklash oson, qulay imkoniyat yaratgan. Vaqt o‘tishi bilan Sharq mamlakatlarida jamoaviylikka, G‘arb mamlakatlarida individuallikka asoslangan madaniyat shakllana boshlagan. Ular kishilarning turmush tarziga, ruhiyatiga singib ketgan. Bu ikki tamoyilni bir-biridan ajratib o‘rganish ikki xil – jamoaviylik va individuallik dunyoqarashini keltirib chiqardi. Natijada insonning hayot mazmunini, erkinligini, munosabatlarini, axloqini turlicha nuqtai nazardan fikrlash shakllandi. Tarixiy rivojlanishning turli bosqichlarida jamoaviylik ham, individuallik ham ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni tashkil etish jarayonida o‘zining ijobiy rolini o‘ynagan. Iqtisodiy hayotni yaxshilash uchun kurash, moddiy omil bosh maqsad bo‘lmagan, intensiv aloqalar hozirgi davr sharoitida sharqona va g‘arbona madaniyatda o‘zaro ziddiyatli qarashlar namoyon bo‘lmoqda. Ijtimoiy hayot hodisalariga turlicha baho berilmoqda. Ochiq jamiyat, Popper fikricha, jamoaviylikni siqib chiqaruvchi, individuallikni hukmron tamoyilga aylantiruvchi jamiyatdir. Popper jamoaviylikka istiqboli yo‘q tamoyil, - deb qaraydi. Z. Bauman inson jamoaviy harakatini nari borsa foydasiz, hatto alohida shaxsning muvaffaqiyati va baxti nuqtai nazaridan zararli, deb hisoblaydi. Z. Bauman hozirgi zamon jamiyatida barqaror ijtimoiy aloqalar bo‘lmasligi, insonning o‘z-o‘ziga o‘ralashib qolgani, boshqalarga loqaydligi, shaxslararo munosabatlarning yuzaki va o‘tkinchiligini ko‘rsatadi. Haqiqatan ham real hayot sharoitlari shunday. Individuallik nuqtai nazaridan to‘g‘ri va istiqbolga egadir. Ammo bunday qarashlar jamoaviylik nuqtai nazaridan ijtimoiy munosabatlar, inson erkinligi va axloqi, inson hayotining maqsadi haqidagi qarashlarga to‘g‘ri kelmaydi, bu hodisalarning istiqboliga beriladigan baho boshqachadir. Individuallik madaniyati ijtimoiy hodisalarni o‘zgarishda, yangi-yangi shakllarda namoyon bo‘lishida olib qaraydi, an’anaviy axloqni eskirgan, - deb hisoblaydi. Jamoaviylik madaniyati mohiyatan konservativ, an’anaviy axloqni o‘zgarishsiz talqin qiladi. Aynan bu uning ijobiy tomonidir. Hayot taqozosi bilan kechayotgan o‘zgarishlarga salbiy qaraydi. Agar jamoaviylik va individuallikni alohida-alohida olib qarasak, ular bir-birini inkor qiladigan, qarama-qarshi nuqtai nazarlarda qolamiz. Inson erkinligi, hayotdan maqsadi, oila nima ekanligi, jinsiy hayotning maqsadi nima ekanligi turlicha hal qilinadi. Agar ular bir-birlarini mutlaqlashtirishdan tiyib turuvchi o‘zaro bog‘liq tamoyillar sifatida qaralsa, boshqacha manzaraga duch kelamiz. Har ikkala tamoyilning o‘ziga xos, ijobiy jihatlarini mezon qilib olamiz. Shu bilan birga ularning umumiy, muhim mezonlari mavjud. Bu esa insoniyat istiqboli, mehr-oqibat, fidoiylik, insoniylikdir. Bu tushunchalarga umumiy qarashlarni ishlab chiqish kerak. Shu tariqa ratsional jamoaviylik va ratsional individuallik vujudga keladi, ya’ni har qaysisining salbiy jihatlari bartaraf etiladi (tiyib turiladi). Jamoaviylik va individuallikning ijtimoiy hayotni tashkil etishda, tartib-qoidalarni belgilashda roli bo‘lib kelgan. Masalan, mamlakatimiz aholisi urf-odatlarini olaylik. Bu yerda an’anaviy madaniyatga hukmron, - deb qaraladi. O‘zbeklarning to‘y va marosimlari ko‘pchilik ishtirokisiz o‘tmaydi. Bu jarayonda har bir inson boshqalarning o‘ziga nisbatan mehri, hurmati, sadoqati va jonkuyarligini his qiladi. Marhum qabristonga olib ketilayotganda masofa yaqin bo‘lsa, tobut qo‘lda ko‘tarib ketiladi, notanish kishi bo‘lsa ham uch marta uch qadam ko‘tarishib, bandalik burchini bajo aylaydi. Marhumni qabristonga olib borayotgan kishilar to‘dasidan quvib o‘tib ketish hurmatsizlik hisoblanadi. Marhumning eshigi oldidan o‘tib ketayotgan notanish odam ham tilovat qilib, hamdardlik bildirib o‘tadi. Keksalarga hurmat, bolalarga izzat, boshqa kishilarga mehr-oqibat ma’lum harakatlarda ifoda etiladi. Individuallik madaniyatida insoniy istaklari va maqsadlarini hisobga olish, avvalo, o‘z maqsad-muddaolariga zarar yetkazmaslik, tenglik, adolat tamoyillari asosida yondashiladi.

Download 95.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling