24 – maruza mashg’uloti. Ekoturistik rayonlashtirishni turlari, mazmuni va mohiyati. Reja


Download 102.5 Kb.
Sana05.12.2020
Hajmi102.5 Kb.
#160535
Bog'liq
24 – maruza mashg’uloti. Ekoturistik rayonlashtirishni turlari, mazmuni va mohiyati.


24 – maruza mashg’uloti. Ekoturistik rayonlashtirishni turlari, mazmuni va mohiyati.

Reja:

1.Ekologik rayonlashtirish tushunchasi.

2. Ekoturistik rayonlashtirishning amalga oshirilishi.

3. Maxsus turistik yo’nalishlar va turizm turlari.


1.Ekologik rayonlashtirish tushunchasi. Tabiatdan foydalanish va uni muhofaza qilishni hududiy tashkil etish Ekologik – iqtisodiy rayonlashtirishnazariyasi va amaliyotiga asoslanadi. Ekologik – iqtisodiy rayonlashtirishdoirasida mintaqalar va hududlar xo‘jaligining ixtisoslashishi va majmua rivojlanishi masalalari bir qatorda xo‘jalik va tabiatning konkret hududlarda o‘zaro ta’sirining maqsadga muvofiq shakllari ham belgilanadi.

SHu sababdan mintaqalar tabiatidan foydalanishning hududiy xususiyatlarini faqat Ekologik – iqtisodiy rayonlashtirishorqali aniqlashmumkin. Ekologik – iqtisodiy rayonlashtirishmamlakatda tabiiy – Ekologik imkoniyatni har tomonlama hisobga olgan holda mamlakat iqtisodiyotini hududiy rivojlanishini takomillashtirishga va mintaqalarning tabiiy resurs imkoniyatidan unimli foydalanishni hududiy boshqarishni tashkil etishga xizmat qiladi. Mintaqalarning ma’lum mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashishi bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, ijtimoiy mehnat unumdorligini oshirish, ishlab chiqarishkuchlarini samarali joylashtirishning muhim omilidir.

Ekologik turizm jamiyati (AQSH) 1992 yilda taklif qilgan ta’rifga ko‘ra, ekoturizm – “tabiati nisbatan tegilmagan joylarga mazkur hududning tabiiy va madaniy-etnografik xususiyatlari haqida tasavvur hosil qilishuchun Ekologik sistemalarning yaxlitligini buzmasdan, tabiatni va tabiiy resurslarni muhofaza qilishmahalliy aholi uchun iqtisodiy foydali bo‘ladigan sharoitlar yaratishyo‘li bilan sayohatlarni tashkil etish”.

Jahon turistik tashkiloti qabul qilgan ta’rifga ko‘ra, “ekoturizm – bu tabiiy turizmning nazorat qilinadigan shakli: turistlar tabiiy hududlar bo‘ylab mahalliy gidlar kuzatuvida piyoda safarlar yoki sayohatlarga chiqadilar, bunda gidlar ularga mahalliy flora, fauna va ekologiya haqida tushuntirishlar beradi. Ekoturizm ekologiya bilan tanishish, qishloqlar va fermalarga tashrif buyurishni ham o‘z ichiga olishi mumkin”.

Mazkur talqin ekoturizmning shunday bir barqaror rivojlanishini nazarda tutadiki, bunda turizmning tabiiy, madaniy va boshqa resurslari kelajakda doimiy foydalanishuchun saqlab qolinadi va hozirgi vaqtda hamjamiyatga foyda keltiradi. Barqaror rivojlanishkonstepstiyasi xalqaro maydonda 1980-yillarning boshidan keng tarqaldi. Ammo bundan oldinroq ishlab chiqilgan turizmni rivojlantirishdasturlarining aksariyatida ham turistik resurslarni saqlashhisobga olingan. Turistik o‘zlashtirishjarayonida ob’ektlarning eng maqsadga muvofiq tipini va ularni joylashtirishni aniqlashda atrof muhitni sinchkovlik bilan kuzatish, uning barcha elementlarini tahlil qilishva hisobga olishni nazarda tutadigan Ekologik rejalashtirishbarqaror rivojlanishni ta’minlashning asosiy usullaridan biriga aylandi.

Bu erda misol tariqasida umum e’tirof etilgan ta’riflarning yana ikkitasini keltirishmumkin. Avstraliyaning “Ekoturizm milliy strategiyasi”da quyidagi ta’rif qo‘llanilgan: “ekoturizm – zamirida tabiat yotadigan, atrof tabiiy muhit bilan tanishishva uni tushuntirishni o‘z ichiga oladigan Ekologik jihatdan barqaror turizm”. Kanada atrof muhit masalalari bo‘yicha Maslahat Kengashi taklif qilgan ta’rifga ko‘ra, “ekoturizm – Ekologik sistemani saqlashga ko‘maklashadigan va mahalliy jamiyat yaxlitligini buzmaydigan saboq bo‘ladigan tabiiy sayohat”.

Tabiatni muhofaza qilishXalqaro uyushmasi (IUCN) qabul qilgan ta’rif Ekologik turizm haqida ancha aniq tasavvur hosil qilishimkonini beradi: “ekoturizm – nisbatan tegilmagan tabiatli joylarga lazzatlanishva mazkur hududning tabiiy va madaniy-tarixiy xususiyatlari haqida tasavvur hosil qilishmaqsadida atrof muhitga nisbatan mas’uliyat bilan yondashishga asoslangan sayohatlar”. Bunda barcha sayohatlar tabiatni muhofaza qilishga ko‘maklashishi va tabiiy resurslarni muhofaza etishdan mahalliy aholi naf ko‘rishi uchun iqtisodiy sharoitlar yaratishi lozim.

SHunday qilib, xalqaro va milliy darajalarda rasmiy qabul qilingan ta’riflarda Ekologik turizmning uni:

nisbatan tegilmagan tabiatli va jalb qiluvchan madaniy-tarixiy muhitli joylarga saboq bo‘ladigan sayohatlar sifatida;

mamlakatlarni Ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning tabiiy va madaniy-tarixiy muhitni muhofaza qilishdan mahalliy aholi naf ko‘radigan usuli sifatida tavsiflovchi ikki mezoni ayniqsa bo‘rtib namoyon bo‘ladi.



2. Ekoturistik rayonlashtirishning amalga oshirilishi

Ekologik – iqtisodiy rayonlashtirishiqtisodiy rayonlashtirishning ixtisoslashgan yo‘nalishi va turi bo‘lib, u ikkita asosiy tamoyilga asoslanib amalga oshiriladi:

1). Hududiy mehnat taqsimoti;

2). Ushbu hududlar ishlab chiqarishkuchlarining tabiiy muhitga ta’sir ko‘rsatishdarajasi.

Hududiy mehnat taqsimoti iqtisodiy rayonlarning chegarasi va mazmun, mohiyatini belgilab bersa, ishlab chiqarishkuchlarining tabiatga ta’siri esa rayonlashtirishning Ekologik yo‘nalishini, Ekologik – iqtisodiy rayonlar hududlarining differensiyasini yoki ularning Ekologik belgilar bo‘yicha majmuasini hududiy farqlarini ko‘rsatadi.

Hududiy mehnat taqsimoti rayonlashtirishning iqtisodiy mexanizmi, rayonlashtirishning omili hisoblanadi.

Ekologik – iqtisodiy rayonlashtirishikki xil yo‘nalishda integral rayonlashtirishva tarmoq rayonlashtirishga bo‘linadi. SHuningdek, maxsus Ekologik – iqtisodiy rayonlashtirishham mavjud bo‘lib, ular ekotizimlarga antropogen va texnogen ta’sirning hududiy farqlarini ko‘rsatadi va ularning tizimi shunga mos keladigan tabiat muhofazasi tizimini amalga oshirishni taqozo etadi.

Rayonlashtirishtizimi Ekologik-iqtisodiy jarayonlarni boshqarishda muhim rol o‘ynaydi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishsharoitida O‘zbekistonda yangi mintaqaviy Ekologik siyosat shakllanmoqda. SHu munosabat Bilan har bir rayonning Ekologik-iqtisodiy rivojlanishistiqbollarini belgilashva quyidagilarga asosiy e’tibor qaratilishi kerak:

1) iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, tizim, investisiya, moliya, ijtimoiy siyosatni amalga oshirishda rayonlarning Ekologik-iqtisodiy xususiyatlarini to‘la hisobga olish;

2) Respublikaning maxsus mintaqaviy Ekologik dasturini ishlab chiqish.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida O‘zbekistonda Ekologik-iqtisodiy rayonlarni rivojlantirishning strategik vazifalari quyidagilar:


  • antropogen ta’sir bosimi kuchli rayonlarda, birinchi navbatda sug‘oriladigan tekislik zonada iqtisodiyotni Ekologik talablarga moslashtirishasosida Ekologik vaziyatni sog‘lomlashtirish;

  • tog‘ zonasida Ekologik-iqtisodiy vaziyatni stabillashtirishva iqtisodiyotni ushbu zona xususiyatlariga moslashtirish;

mamlakat rayonlarida hududiy ishlab chiqarishmajmualari, sanoat tugunlarini barpo etishasosida mineral xomashyo resurslaridan majmua foydalanishva Ekologik standartlarga amal qilish.

3. Maxsus turistik yo’nalishlar va turizm turlari.

Maxsus turistik yo’nalish - muayyan turistlar guruhlari va yakka turistlar talabiga ko’ra alohida tuzilgan yo’nalishlardir. Muayyan guruh turistlar uchun alohida tuzilgan dasturga ko’ra qilingan yo’nalish bo’lib, dastur ov, dam olish, tog’ga chiqish kabi maxsus tadbirlarni o’z ichiga oladi. Maxsus turistlar bir-biriga o’xshamaydi. Maxsus yo’nalishlarda har bir yo’nalishga alohida dastur tuzilib, bu turlarga «Alpinizm», «Tog’ turizmi», «ekoturizm», «ekstremal turizm» va boshqa turmahsulotlar kiradi.

Ma’ruzali turistik yo’nalish - ma’lum bir muammoga, tarixiy inshootga, ulug’ kishilarning o’tmishiga yoki davlat muammolariga bag’ishlangan ma’ruzali yo’nalishlarga turistlarni jalb qilish. Masalan, “Ipak yo’li», «Ulug’bek yulduzlari», «Temur davlati» va hokazo yo’nalishlar. Maxsus ma’ruzalarga bag’ishlangan festivallar va tadbirlar har yili o’tkaziladi va bu anjumanlarda minglab turistlar qatnashadi.

Milliy turizm - har bir millat madaniyati, san’ati, urf-odatlari, to’ylari, bayramlarini o’tkazish tadbirlarini ko’rsatuvchi maxsus yo’nalishlar milliy turizm deyiladi. Milliy turmahsulotlar respublikamizda 5 mingdan ko’p bo’lib, ularni sotish jarayoni turizmdir.

Muhim turist - bunday turistlar boshqa turistlardan farq qilib, ular juda sifatli xizmatlarni talab qiladi, yuqori bahoda mazkur turmahsulotni sotib oladi. Asosan boy va badavlat kishilar o’z oila a’zolari bilan maxsus turlar sotib olishadi.

Milliy turistlar - Butunjahon Turistik Tashkilotining yangi tavsiyasiga ko’ra milliy turistlarga davlat ichida sayohat qilgan rezident turistlarga rezidentlarning boshqa davlatlarga ketgan qismini ham qo’shib hisoblash tavsiya etilgan.

Mahalliy turistlar - davlat miqyosida bir joydan ikkinchi joyga ziyorat qiluvchi turistlar bo’lib, turistik tashkilotlar jo’natgan va ular qabul qilganlar soni bilan o’lchanadi. Ayrim holatlarda mahalliy turistlarni sayohatchilar ham deb aytiladi. CHunki ular qisqa vaqt ichida faqat bir shahar ichida muzeylar, tarixiy joylarga, dam olish joylariga sayohat qilishadi.

«Nostalgiya» turizmi - oldingi hayotini qo’msash natijasida boshqa joylarga sayohat qilish. Oxirgi yillarda jahon bo’ylab, davlatlar o’rtasida yangi yo’nalishlar paydo bo’ldi. Bunday sayyohlarning asosiy maqsadi o’z ota-bobolari yashagan joylarni borib ko’rish va qayta ko’rish, ular qanday va qancha yashaganligini va qanday tarixiy ishlar qilganligini bilish maqsadida maxsus turlarni sotib olishyapti va bu turizm «o’tmishini qo’msash» yoki «o’tmishga qiziqish» natijasida amalga oshirilyapti. Masalan, respublikamizda yashab ketgan rus, yahudiy, tatar, olmon va boshqa millatlar vakillari va ularning avlodlari qaytib kelib o’zi, ota-bobosi, qarindoshlari yashab va ishlab ketgan joylarni ko’rish maqsadida turmahsulotlarni maxsus yo’nalishlarda respublikamiz bo’yicha sotib olishmoqda.

Ov turizmi - maxsus tur bo’lib, qonun bo’yicha ruxsat berilgan joylarda hayvonlarni ov qilish yo’nalishlari tashkil qilinib, ularga ruxsat olib berish, joylashtirish, ovqatlantirish va kerakli asbob-uskunalar bilan ta’minlash xizmatlarini sotish jarayoni amalga oshiriladi. Ov turizmi mavsumiy bo’lib, maxsus vaqtda ruxsat beriladi. Bu yo’nalishlarda qatnashuvchilarning maxsus ruxsatnomasi bo’lishi kerak. U juda samarali turizm turlariga kiradi.

Oilaviy turizm - rivojlangan davlatlarda turistlar o’z oilalari bilan dam olish yoki sayohat qilish maqsadida turmahsulotlarni sotib olishadi va bu yo’nalishlar ta’til vaqtida - bolalar o’qimaydigan vaqtlarda ko’p tashkil qilinadi. Ayrim turfirmalar oilaviy turizmning yangi turlarini topishyapti. Masalan, to’ydan keyin bir necha davlatlarga sayr qilish, oilaviy to’ylarni tashkil qilish, oilaviy davolanish kabi turmahsulotlarni sotishyapti. Oilaviy turlar asosan dam olish maqsadida tashkil qilinadi va arzon hisoblanadi.

«Pekij-tur» - yo’nalish bo’yicha ko’rsatkichlarni ifodalovchi hujjat hisoblanadi: tomosha maskanlarining qisqacha tarix va rasmlari, davlat to’g’risida qisqacha axborot, yo’nalish davomi, xizmatlar turi va qiymatini umumiy qilib ifodalovchi hujjat pekij-tur deyiladi. Bu hujjat qancha qiziqarli chiqarilsa, shuncha turistlarni jalb qilish mumkin24. Turmahsulotlar sifatli bo’lib, lekin tur yaxshi ishlanmasa turistlarni jalb qilish mumkin emas. Turist bir necha davlatlarda, shaharlarda, viloyatlarda bo’lishi mumkin va pekij-tur qiymati, ularning hammasiga ketadigan xarajatlarni hisobga oladi. Pekij-tur turistik yo’nalish tashkil qilish maqsadida tuzilgan, turistlarga kerak bo’lgan asosiy hujjat. Aso­siy pekij-tur hujjatlari:


  • shartnomaga asosan tuzilgan xizmatlar turlari;

  • dastur va umumiy xizmatlar qiymati;

  • qisqacha xizmatlar to’g’risida umumiy ma’lumot;

  • transport turlari, ularning sifati;

  • tomosha maskanlari to’g’risida tarixiy ma’lumotlar;

  • turadigan mehmonxona va ovqatlanish joylari.

YAxlit tuzilgan. 2-3 betlik hujjat sotish uchun mo’ljallangan, turistlarga qulay, tarqatish uchun engil, juda chiroyli, har qanday kishini qiziqtiradigan suratlar va rasmlar bilan bezalgan bo’ladi.

Piyoda yo’nalish - ayrim turistlar maxsus joylardan, cho’llardan, tog’lardan va ot-ulov o’ta olmaydigan joylardan piyoda o’tishni xohlashadi. Oldindan piyoda yuradigan turistlar uslubiy tayyorgarlik ko’rib, maxsus turmahsulot sotishadi. Piyoda yo’nalishlar ko’pchilik dam olish joylarida tashkil qilinadi, tog’larga chiqish va sayr qilish kabi qisqa turlar har kuni tashkil qilinadi.

Sport turizmi - turistik tashkilotlarning har xil xalqaro sport yig’inlariga keladigan turistlarga xizmat ko’rsatishi. Haqiqiy sportdan sport turizmi farq qiladi va sport dam olish bilan bog’langan holda maxsus yo’nalishlar tuziladi. Masalan, velosport, alpinizm, ot o’yinlari kabi sport turizmiga talab yil sayin o’sib boryapti. Kanada davlati faqat sport turizmidan, sport turmahsulotlarini boshqa davlatlarga sotishdan yiliga 5 milliard AQSH dollaridan ortiq daromad oladi. Sport turizmi, turizmning bir tur mahsuloti bo’lib, velosiped, chang’i, tog’ chang’i, avtomobil, mototsikl, paraplan, deltaplan, suvda kemada suzish, olimpiadalarda qatnashish, golf va tennis o’ynash maqsadlarida tashkil qilinadigan turistik mahsulotlar.

Suv yo’nalishi - suvga yaqin shaharlarda, dengizga yaqin davlatlarda maxsus kemalarda suv bo’ylab yuradigan yo’nalishlar. Kemada shaharlar o’rtasidagi aholi qatnovi yaxshilangan joylarda turistlar uchun maxsus suv bo’ylab yuradigan yo’nalishlar tashkil qilinadi. Dengizda 10-15 kun bir necha davlatlar orqali yuradigan turistik yo’nalishlar maxsus «kruiz»larda amalga oshiriladi.

Bu yo’nalishlar dam olish, o’qish, tarixni, madaniyatni o’rganish maqsadida suv bo’ylab amalga oshiriladi.

Temir yo’l yo’nalishi - shaharlar va davlatlar o’rtasida faqat poezdda turistlarning borib kelishlari tashkil qilinadi. Bunday yo’nalishlar arzon, qulay, doimiy bo’lgani uchun ularga talab ko’p bo’ladi. Ko’p yillar davomida Toshkent – Samarqand - Buxoro – Urganch - Toshkent temir yo’li yo’nalishi aholi o’rtasida juda yuqori talabga ega. CHunki haftada ikki marta borib kelganda biri ish kunlariga va ikkinchisi dam olish kunlariga to’g’ri kelganligi uchun doimo vagonlardagi joylar band bo’lgan. CHet davlatlarda bunday yo’nalishlar barcha turfirmalarning asosiy daromad manbai hisoblanadi. Masalan: Kuala-Lumpur— Singapur-Kuala-Lumpur temir yo’l yo’nalishi bo’ylab har yili bir milliondan ortiq turistlarning asosiy talablari qondiriladi.

Tijorat turizmi - tovar sotib olish va undan ma’lum darajada foyda ko’rish maqsadida turistlar boshqa davlatlarga borib kelishadi. Turfirmalar maxsus «Biznestur»lar tashkil qilib, ularga viza, kargo, mehmonxona, bank xizmatlarini, qabul qilish va kuzatib qo’yish xizmatlarini sotishadi. Biznes turlar tovar konyunkturasiga bog’liq bo’lib, turistlar soni tez o’zgarish xususiyatiga ega. Hozirgi vaqtda respublikamizda biznes turlar kamayib, davolanish, o’qish kabi turlar ortib boryapti.

Tog’ turizmi - tog’lar bo’ylab ot-ulovda, piyoda yurish va har xil tog’ o’yinlaridan foydalanish, tog’ bag’rida toza havoda dam olish, tog’ hayvonlarini ov qilish kabi xizmatlarni turmahsulot sifatida sotish amalga oshiriladi. Tog’ turizmi respublikamizda keng rivojlanish imkohiyatiga ega va ko’pchilik aholi yozda tog’ bag’rida dam olib kelishadi.

To’g’ri yo’nalish - turistlarning bir joydan chiqib ikkinchi va uchinchi joylarga, shaharlarga borib, yana shu yo’ldan qaytib kelishi. Agar turistlar bir joydan boshqa joylarga bir yo’ldan borib boshqa yo’nalish bo’yicha qaytsa, aylanma yo’nalish bo’ladi. Bularning farqi faqat yo’l harakatlarining xususiyatiga qarab aniqlanadi.

Turizm yo’nalishi dasturi - yo’nalishlar bo’yicha alohida yoziladigan asosiy hujjat. Turistlarning ko’radigan joylari, transport turidan, mehmonxonalardan foydalanish tartiblari yoziladi.

Tranzit turistlar - bir kungacha kelib qaytib boshqa tarafga ketgan turistlar. Qisqa - 24 soat vaqt ichida to’xtab o’z ishlarini bitirib, kelgan davlatiga qaytib ketadigan turistlar ham tranzit turistlar. Ular dengiz kruizida yuruvchilar, ekipaj a’zolari, birorta boshqa davlat orqali uchib ketadigan turistlar.

Ulovli yo’nalishlar - hayvonlardan yo’nalish davomida turistlarni hir joydan ikkinchi joyga tashuvchilar sifatida foydalanadigan yo’nalishlar kiradi: tuya, ot, it va boshqa hayvonlardan foydalanish mumkin.

Turistlarning bir joydan ikkinchi joyga borishiga maxsus hayvonlar tayyorlanib, ularning borishi va kelish tartiblari maxsus usullar yordamida oldindan belgilanadi va turistlarga ulovi bilan ma’lum vaqtga sotiladi.

Uyushtirilgan yo’nalishlar - maxsus turlarni o’z ichiga olib, standart yo’nalishlarga qo’shimcha joylarga borish va maxsus turlarni tuzish turistlarning talabiga asosan tuzilgan yo’nalishlar. Bu yo’nalishlar o’ziga xos bo’lib, bir-biriga o’xshamasdan aniq bir turist talabini hisobga olgan holda tuziladi va tashkil qilinadi.

Uyushtirilmagan yo’nalishlar - maxsus yoki ishlayotgan yo’nalish bo’lib, ayrim turistlar o’zi borishi mumkin. Bu yo’nalishlar turoperator va turagentlar tomonidan sotilmasdan, turistlarning o’zi borib turmahsulotni joyida sotib olishi jarayonida paydo bo’ladi.

O’qish turizmi - boshqa davlatlar oliygohida o’qishga, qisqa dasturlarda malaka oshirishga borish jarayoni. Biror millatning madaniyati, urf-odatini va musiqasi yoki tarixini o’rganish maqsadida boshqa davlatlarga borish yo’nalishi. Muzeylarga va konsert, kinolarni ko’rish |maqsadida boshqa davlatlarga borish jarayoni ham o’qish turizmiga kiradi. Rivojlangan davlatlarga turistlar til o’rganish maqsadida, yangi ish tajribalarini o’rganishda, yangi texnologiyani boshqarishni o’rganish maqsadida borib kelishadi.

Xalqaro turistlar - jahon turistik jamiyatining tavsiyasiga ko’ra xalqaro turistlar soni boshqa davlatlardan kelgan turistlarga boshqa davlatlarga borgan o’z rezident turistlarni qo’shish bilan aniqlash lozim. Lekin ko’pchilik davlatlarda boshqa davlatlardan kelgan turistlar soni bilangina aniqlashadi. Bu albatta to’g’ri, chunki daromad keltirgan turistlar boshqa davlatlardan kelgan turistlar hisoblanadi.

Xalqaro turizm - turistlarning bir davlatdan ikkinchi yoki bir necha davlatga borib kelishini ifodalaydi, ayrim davlatlarda faqat turistlarning kelishi hisoblansa, boshqalari kelgan va ketayotgan rezidentlarni ham qo’shib hisoblaydi. Xalqaro turistlar davlat uchun daromad keltiradigan turistlar hisoblanadi. Turistlar bir davlatdan ikkinchi davlatga borish soni bilan o’lchanib, rezidentlar davlat ichidagi sayohatchilar bilan farq qilinadi. Masalan, xalqaro turizmda qatnashgan turistlar soni boshqa davlatga o’zimizdan ketgan turistlarga teng. Xalqaro turizm qancha yaxshi rivojlansa shunchalik davlatga ko’proq valyuta tushumi bo’ladi.

CHegara turizmi - qo’shni davlatlar ichida keng rivojlanib, ayrim kishilar tijorat qilish maqsadida vaqtincha chegaradan o’tishga ruxsat olishadi. Ayrim davlatlar o’rtasida yozma ijozatsiz o’tish masalalari hal qilinib, turistik firmalar yordamida o’tishga ruxsat beriladi. CHegarada joylashgan qo’shni davlatlar o’rtasida turistlar almashinadi.

CHarter yo’nalishlar - ma’lum bir davlatga yoki shaharga qisqa vaqt ichida borish va maxsus yo’nalish tashkil qilinadigan turmahsulotlarni o’z ichiga oladi. Bu yo’nalishlar yangi turmahsulotni o’rganishda, talab va taklif ko’rsatkichlarini ishlashda, turmahsulot konyunkturasini aniqlashda ishlatiladi va bir necha marta charter yo’nalishlari tashkil qilinadi. CHarter yo’nalishlarining natijasiga asosan davomli yo’nalishlar tashkil qilinadi. CHarter turizm yo’nalishi ikki davlat o’rtasida tuzilgan shartnoma asosida turistlar almashish amalga oshiriladi va xizmat turlari uchun to’lanadigan mablag’lar kelishib olingan holda, turfirmalar yordamida olib boriladi.

Etnik turizm - o’z qarindosh-urug’larini ular yashayotgan davlat­larga borib ko’rish maqsadida turistik firmalar yordamida boshqa joylarga borish jarayonini ifodalaydi. Bu guruh turistlarga alohida yozma ijozat beriladi va uzoq muddatga mo’ljallanadi.

Ekoturizm - tabiat bilan bog’liq bo’lgan barcha yo’nalishlar «eko-turizm» deyiladi. Bu yo’nalishlarda asosan tabiat turmahsulot sifatida sotiladi. Masalan, turistlar tog’larda dam olishga, cho’llarda sayr qilishga, o’tlar terishga, hayvonlarni ko’rishga, baliq oviga borishga maxsus turlar tashkil qilishni so’raydilar. Rivojlangan davlatlarda ekoturizm dam olish turizmi sifatida tez rivojlanayotgan yo’nalishlar hisoblanadi.

Har bir amerikalik xorijda ekoturizmda qatnashgan vaqtlarida kuniga o’rtacha 100 dollardan mablag’ sarflaydi25.

YAkka hol turist - hozirgi davrda guruhlar jo’natish qiyin bo’lgan yo’nalishlarga turistlarning bir o’ziga «vaucher» sotib, yo’nalish bo’yicha viza, mehmonxona, kutib olish xizmati kabi asosiy turmahsulotlarni sotishadi. Yo’nalish bo’ylab har bir turist o’zi borib keladi. Ayrim hollarda turist boshqa davlatlarda olinadigan turmahsulotlarni joyida (o’z davlatida) sotib olish jarayoni tashkil qilinyapti.

Rivojlangan mamlakatlarda turizm uyg’un holatda taraqqiy etadi. Ichki va qabul qilish turizmida balans muvozanat mavjud. Ichki turizm milliy turistik resurslardan unumli foydalanish va turizm industriyasi va infratuzilmasini rivojlantirishga yordam beradi26.

Ammo, amaliyotda hamma mamlakatlar ham bunga qodir emas. Al­batta, iqtisodiyoti turizm bilan bog’liq mamlakatlargina bunga amal qiladilar. Ayrim mamlakatlar ichki davlat tuzumi bahonasida fuqarolarining xorijga chiqishini chegaralab qo’yishadi yoki turistik faoliyatni davlat tomonidan boshqarish uchun chora-tadbirlar kiritishadi. YA’ni, davlatning ruxsatisiz biror yerga chiqish qiyinlashadi, turizmni boshqarish davlat qo’liga o’tadi.

Statistik ma’lumotlarga ko’ra vengriyalik chaqaloq va pensionerlarni hisobga olmaganda har bir fuqaro yilda ikki marta xorijiy mamlakatlarga turizm maqsadida chiqadi. Bu ko’rsatkich Rossiya aholisining faqat 2 % ni tashkil etadi.

Yer yuzidagi ko’plab davlatlarning aholisi turizm maqsadida xorijga chiqishga qodir emas. Asosiy sabab olinadigan maoshning kamligi yoki aholining kambag’alligidir. So’nggi yillarda Toshkent, Samarqand, Buxoro shaharlariga hukumatimiz va xorijiy investorlar tomonidan turizm infratuzilmasi uchun mablag’ ajratildi. Yirik mehmonxonalar qurildi, modernizatsiya qilindi, yangi zamon talabidagi avtobus va avialaynerlar sotib olindi. Yirik turistik markazlar, madaniy yodgorliklar ta’mirlandi, yo’llar barpo etildi. Xususiy mehmonxonalar va milliy uylar bunyod etilib, mahalliy va xorijiy turistlar qabul qilinmoqda. Rekreatsion hududlar, masalan, CHorbog’ - CHimyon hududiga respublika byudjetidan katta mablag’ ajratildi. Madaniy-tarixiy yodgorliklarni ta’mirlash ishlari davom etmoqda.

Respublikamizda ichki turizmni rivojlantirish butun dunyoga mashhur Samarqand, Buxoro, Xiva, SHahrisabz, Termiz, Toshkent kabi tarixiy shaharlarni rivojlantirish, aholining turizm va dam olish ehtiyojlarini to’laroq qondirish uchun turistik resurslardan maksimal tarzda foydalanish maqsadga muvofiqdir.

SHuningdek, boshqa iqtisodiy omillar ham mavjud. Masalan, turistik xizmatlardan, ayniqsa, transport, mehmonxona, ovqatlantirish xizmatlari darajasi va narxi turistlarni qanoatlantirmaydi. Mahalliy turistlar uchun ham, xorijiy turistlar uchun ham bir xil narx belgilangan. Lekin, Nyu-York va Toshkent shaharlari aholisi yashash tarzi, daromadlari turlicha.

Hozirda qancha xorijiy fuqaroning respublikamizga kelganligi va chiqib ketganligi haqida aniq ma’lumot yo’q. Har bir tashkilot o’zining statistikasini olib boradi. Tashqi ishlar vazirligi berilgan vizalar soni bilan, Ichki ishlar vazirligi ro’yxatga olingan xorijiy fuqarolar soni bilan, bojxona qo’mitasi iqtisodiy deklaratsiya to’ldirgan fuqarolar soni bilan; Davlat chegaralarini muhofaza qilish qo’mitasi aeroport, temir yo’l vokzalining asosiy punktlarida keluvchilar va ketuvchilarni ro’yxatlash bilan shug’ullanadilar.

Jahon turizm tashkiloti tomonidan chop etilgan «Jahoni turizm tashkilotining 2005 yildagi rivojlanishining asosiy ko’rsatkichlari» nomli nashrda xalqaro turizm rivojlanishining asosiy ko’rsatkichlari berilib, unda jumladan quyidagi ma’lumotlar o’rin olgan: Jahon turizm tashkilotining bergan ma’lumotiga ko’ra, 2005 yilda xalqaro turizm 3 foizga o’sgan. Bu ko’rsatkich 2002 yilda 5 foizga qisqargan edi.

Arzon avialiniyalar SHimoliy Amerika va yevropada o’sib bordi. Internetning ahamiyati nafaqat axborot manbai sifatida, shuningdek, tashishlarni tashkil etish, mehmonxona yoki sayohatlarni rezervlashda ham katta bo’ldi. 2005 yilda barcha hududlarda xalqaro turizm sohasida ijobiy siljishlar yuz berdi. Faqat SHimoliy va Janubiy Amerika bundan mustasno. Bu erda 11sentyabr voqealaridan so’ng, 2001 - 2002 yillarda 10 %, 2005 yilda esa 4 % pasayish yuz bergan. yevropa turoperatorlari dunyoda o’zining etakchiligini davom ettirdi.

Jahon bozorida ular 57 % ulushni qo’lga kiritib, 2 % o’sdi. Osiyo va Tinch okeani hududlari turoperatorlari 8 % ga, YAqin SHarq mamlakatlari 17 % o’sishga erishdiiar. Afrikada so’nggi yillardagi o’sish sur’ati 3 % saqlanib qoldi.

Xalqaro turizmdan 474 mlrd AQSH dollari yoki 501 mlrd evro dunyo turoperatorlari tomonidan qabul qilindi. 2005 yildan keyingi iqtisodiy tanglik va turistlarning kelishidagi kamayishga qaramay (2000 yildan keyin 20 % ga qisqargan) AQSH dunyoda o’z etakchiligini saqlab qoldi va 67 mlrd AQSH dollari hisobida foyda ko’rildi. Undan keyingi o’rinlarda Ispaniya, Frantsiya, Italiya kabi mamlakatlari bo’lib, ular 34 mlrd AQSH dollaridan 27 mlrd AQSH dollarigacha foyda ko’rdilar. SHuningdek, Gonkong (Syangan), Xitoy va Avstriya rekord natijalarni qo’lga kiritdilar, ularning foydalari 2002 yilga qaraganda ikki marta ortdi. Turizm ichki va xalqaro ko’rinishlarda aks etadi. O’z mamlakati hududida olib borilgan turistik faoliyat ichki turizmga va boshqa mamlakatga borib uyushtirilgan turlar xalqaro turizmga aloqadordir.

Glossariy

Termiz

Ko’p qirrali O’zbekiston tarixi shubhasiz uning geografik joylashishini ham aks ettiradi. Termiz mamlakatning eng janubiy shahridir. Termiz Amudaryo sohilining o’ng tomonida karvon yo’lida asos solingan bo’lib asosiy port sifatida 2500 yildan buyon shu vazifani bajaradi. Eramizning boshlarida Termiz Markaziy Osiyoning asosiy buddizm markazi bo’lgan. Qora-Tepadagi toshga o’yilgan budda monastiri, Fayoz-tepadagi Budda ibodatxonasi, ko’plab ohakli loydan qilingan budda haykallar qoldiqlari sayyoh va budda sig’inuvchilar uchun mashxur joy.

Termiz faqatgina o’zining budda dini yodgorliklari bilangina mashxur emas. Bu yerda o’rta asrlar boshiga tegishli bo’lgan bir qancha qiziqarli tarixiy yodgorliklar ham bor. Ularning orasida Hakim at-Termiziyning qabri, Sulton Saodat ansambli (X-XVII asrlar) va afsonaviy Qirq-Qiz qal’asi (IX asr) mavjud.

Qoraqolpog`iston

Bugunda Qoraqolpog`iston hozirgi davr va qadim o’tmishni bog’lovchi tirik rishtasidir. Bu yer qiziqarli va takrorlanmas joylari, kutilmagan topilmalari va kashfiyotlari bilan o’zining afsona va sirlarini bo’lishishga tayyor. Qoraqolpog`istonda joylashgan Qirq-Qiz, Ayoz- Qala, Janbus-Qala, Ishan-Qala maqbarasi, betakror Tuproq-qala va boshqa tarixiy-memoriy yodgorliklar ilmiy va ma’daniy qiziqishni uyg’otadi, mahalliy va chet el sayyohlarni o’ziga jalb qiladi.



An’analar

Buyuk Ipak Yo’li chorrahasida yashovchi o’zbek xalqining an’ana va odatlari ko’plab asrlar davomida zaroastritlar, so’g’diylar, baqtriyaliklar va ko’chmanchi qabilalar urf odatlari va shuningdek islom dini urf-odatlari tasiri natijasida shakllandi.



O’zbekiston bo’ylab sayohat mobaynida, sayyohlar nafaqat me’moriy yodgorliklarni ko’rishi va shuningdek xalq bayramlarini nishonlashda ham ishtirok etishlari mumkin. (Misol uchun Navro’z yangilanish, bahorgi bayram 21-mart kun va tun teng bo’lgan vaqt). Har bir yo’nalish sayyohlar mahalliy xalqni yashash tarzini ko’rish, milliy taomlarni tatib ko’rish va falklor shou dasturlarini ko’rish uchun mahalliy xonadonlarga tashrifni o’z ichiga oladi. Ayniqsa turli tumanligi bilan o’zbek milliy oshxonasi diqqatga sazovor. Taomlar, ajdodlarning boy tajribasiga asoslangan xolda, o’zbek xalqining xayot tarzi va madaniyatini aks ettiradi. Har qanday nozik tabli xo’rranda ham zirovarlar isi bilan to’lgan o’zbek mehmonnavozligiga befarq tura olmaydi.

Bozorlar

Sharqona bozorlar haqidagi an’anaviy tasavvurlar; to’kin-sochinlilik, xushmanzaralilik, shovqunlilikni O’zbekiston bozorlarida yaqqol ko’rish mumkin. Yaxshi bozor maxsulotlar bilan to’lib toshishi, rang barang, baland ovoz va hayqiriqlar eshitilib turilishi, savdolashish bo’lishi kerak. Mevalar va sabzavotlar rastasi oldidan o’tayotgan har qanday odam mo’l-ko’llikdan va rangbaranglikdan hayratda qoladi. Sharq bozorlari ayniqsa yoz va kuzda hayratlanarli tusga kiradi. Bozorning qizg’in hayoti erta tongda boshlanib kech tushganda tugaydi. Savdogarlarning mijozlarni chaqirishi, avtomabillar shovqini, milliy musiqa ovozi, zirovorlar isi va qovurilgan go’sht hidi, rastalardagi rang-barang mevalar va sabzavotlar sharqona bozorning takrorlanmas jozibasini yaratadi.
Download 102.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling