25 mavzu: tashqi savdo siyosati reja tashqi savdo siyosatining mohiyati va vositalari
Download 365.43 Kb. Pdf ko'rish
|
25 mavzu
Er = (YA – VA) / YA.
Bu erda: Er - sohaning tarif bilan haqiqiy himoyalanganlik darajasi; YA - bojxona tarifi kiritilgandan keyingi qo’shilgan qiymat; VA - bojxona tarifi kiritilishidan oldingi qo’shilgan qiymat. ER = ((3000 + 2250) – 3000) / 3000 =2250 / 3000 = 0,75 yoki 75% Bu shuni bildiradiki, tayyor avtomobillarga 40% tarif va ehtiyot qismlarga 25% tarifni joriy qilib, davlat milliy avtomobisozlikni haqiqatda 75% tarifli himoyalanganligini ta’minlaydi. Protektsianizm siyosatining muhim tamoyili ham shundaki, davlat tayyor mahsulotlarga bojni ko’tarish va yarim tayyor mahsulotlarga esa uning miqdorini pasaytirish orqali tarmoqning haqiqiy himoyalanganligini yanada oshiradi. Agar mamlakatlar bojxona ittifoqiga birlashsalar, unda bojxona tarifi, barcha ishtirokchi mamlakatlar uchun ularning savdo munosabatlarida yagona bo’lib qoladi. Bojxona tariflari miqdori alohida mamlakatlar iqtisodiyotida va jahon xo’jaligida yuz berayotgan jarayonlar ta’sirida yuzaga keladi. Jahonda importga bojxona bojlarining pasayish tendentsiyasi kuzatilmoqda va u ikki tomonlama hamda ko’p tomonlama muzokaralar asosida mamlakatlar tomonidan rag’batlantiriladi va nazorat qilinadi. Bojxona bojlarini joriy qilishni qo’llovchi fikrlarga aksincha bo’lgan mulohazalar ham mavjud. Chunki sanab o’tilgan natijalarga boshqa usullar bilan kamroq yo’qotishlar hisobiga ham erishsa bo’ladi degan fikrlar ham qaysidir darajada asoslidir. Birinchidan, import tariflari iste’molchilar turmush darajasining pasayishiga olib keladi.Ikkinchidan, import tariflari kiritilishi oqibatida ular vositasida himoya qilinayotgan tarmoqlarda resurslar samarasiz sarflanadi.Uchinchidan, tariflarni kiritish va ular stavkasini belgilash masalasida mamlakat imkoniyatlari xalqaro bitimlar bilan cheklangan. Download 365.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling