25 mavzu: tashqi savdo siyosati reja tashqi savdo siyosatining mohiyati va vositalari
Ishlab chiqaruvchilarga subsidiyalar va importni kvotalar orqali
Download 365,43 Kb. Pdf ko'rish
|
25 mavzu
3.
Ishlab chiqaruvchilarga subsidiyalar va importni kvotalar orqali tartibga solish Miliy ishlab chiqaruvchilarni xorijiy firmalar raqobatidan himoya qilishning muqobil usuli ularga bevosita subsidiya berish hisoblanadi. Ishlab chiqarish subsidiyasining tariflardan afzalligi shundan iboratki, u bir tomondan, milliy ishlab chiqarishni S0 dan S1 gacha o’sishini ta’minlasa (31 - chizma), ikkinchi tomondan, iste’molning mutlaq kamayishiga olib kelmaydi. Chunki, ichki narxlar jahon narxlaridan qimmatlashmaydi. Subsidiya sharoitida ishlab chiqaruvchilar uchun ichki narxlar darajasi Pd, jahon narxlari Pw darajasiga teng. Shuning uchun, haqiqiy iste’mol hajmi D0 ga teng. Tarif kiritilgan sharoitda esa u D1 gacha kamaygan bo’lur edi. Mamlakat farovonligidagi mutlaq yo’qotish esa «b» sohasidangina iborat bo’ladi. Ayni paytda ishlab chiqarishga berilgan bevosita subsidiyalar ishlab chiqarish xarajatlarining samarali taqsimlanishini kafolatlamaydi, chunki aynan qaysi tarmoqni xalqaro raqobatdan himoya qilishni bilish qiyin bo’ladi. Subsidiyalarni joriy qilgandan so’ng ularni bekor qilish qiyin bo’ladi, raqobat muhiti yo’qoladi hamda bu xarajatlarni moliyalashtirish muammosi kuchayib boraveradi. Shuning uchun iqtisodiyotni tartibga solish, bandlik darajasini oshirish va yalpi talabni qondirish maqsadida fiskal va pul-kredit siyosatlari qo’llaniladi. Ushbu siyosatlarni qo’llashdan asosiy maqsad mamlakat ishlab chiqarishini xalqaro raqobatdan himoya qilish, ishsizlik darajasini eng past holatga keltirish va xalq farovonligini oshirishdan iborat. P Sd S’d Subsidiya Pd=Pw b d Tarif joriy kilgandan keyingi import S0 S1 D1 D0 Q 429 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling