27-вариант Pul agregatlari va tarkibi


M0 - agregati - naqd pullar; M1


Download 19.23 Kb.
bet2/4
Sana28.12.2022
Hajmi19.23 Kb.
#1009483
1   2   3   4
Bog'liq
PUL VA BANKLAR ORALIQ NAZORAT

M0 - agregati - naqd pullar;
M1 agregati - M0 agregati va hisob-kitob, joriy va boshqa schyotlar (maxsus schyotlar, kapital qo’yilmalar schyotlari, akkreditiv va chek schyotlari, mahalliy byudjet schyotlari, kasaba, uyushmalari jamoat va boshqa tashkilotlarning schyotlari, davlat sug’urta mablag’lari, uzoq muddatga kreditlash fondi)dagi mablag’lar tijorat banklariga qo’yilmalar va jamg’arma banklaridagi talab qilib olinadigan depozitlarning yig’indisiga teng;
M2 agregati - M1 agregati va tijorat banklaridagi muddatli qo’yilmalardan iborat;
M3 agregati - M2 agregati hamda depozit sertifikatlar va davlat zayom obligatsiyalari yig’indisidan iborat.
Pul massasi naqd pullardan tashqari muddatli hisobvaraqlardagi mablag’ va jamg’armalarni, depozit sertifikatlari, investitsion fondlarning aktsiyalarini o’z ichiga oladi. Pul massasining yuqoridagi elementlari «kvazi» pullar deb ham yuritiladi. Kvazi pullar likvid aktivlar bo’lib, ular tez orada pulga aylanishi mumkin.
Pul agregatlari M1 va M2 ning bir-biridan farqi M2 ning o’z tarkibiga yaqin orada pulga aylanishi mumkin bo’lgan «kvazi» pullarni olishdadir.
Pul massasining turli xil ko’rsatkichlarini ishlatish pul muomalasi holatini tahlil qilishga turli tomonlardan yondashishga imkon beradi.
Rezerv pullar va kvazi pullarning o’ziga xos xususiyatlari.
Rezerv pullar - Markaziy bankning majburiyati bo’lib, o’z ichiga quyidagi passivlarni oladi:
Markaziy bankdan tashqaridagi naqd pullar, majburiy zaxiradagi mablag’lar, tijorat banklarining Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag’idagi mablag’lar va Markaziy bank mijozlarining depozitlari.
Kvazi pullar esa – pul massasi kabi bank tizimining majburiyati sifatida u o’z ichiga quyidagi passivlarni oladi: talab qilib olinguncha depozitlar, muddatli depozitlar, jamg’arma depozitlari, xorijiy valyutadagi depozitlar.
Rezerv pullarning xususiyati shundan iboratki, u bir tomonidan Markaziy bankning majburiyati bo’lsa, ikkinchi tomondan monetar siyosatning maqsadli ko’rsatkichi hisoblanadi.

Download 19.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling