28 mavzu: buxgalteriya hisobini konsepsiyasi va tamoyillari


Ro’yxatga olish vedomosti


Download 0.95 Mb.
bet39/79
Sana22.12.2022
Hajmi0.95 Mb.
#1042101
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   79
Bog'liq
buxgalteriya hisobi fanidan

Ro’yxatga olish vedomosti
200 ___ yil yanvari uchun
Memorial-orderlarning Memorial-orderlar
Orderlar sanasi
tartib raqami bo’yicha summa
2 2 16700 2350-50
1 2 34
4 8 va hokazo 11750 197361
YAnvardagi jami 2056743

Memorial-orderlar ro’yxatga olingandan keyin muomalalarni Bosh daftarga yozish uchun ishlatiladi. Bosh daftar yoki nazorat vedomosti (pastroqqa qaralsin) har bir schyotni xar bir korrespondentsiyalanuvchi schyot bo’yicha aylanma summalarni yozish uchun ajratiladigan usgunlarga bo’lingan xolda, ya’ni shaxmat tamoyili bo’yicha tuziladi.
Unda faqat joriy aylanmalar ro’yxatga olinadi va schyotlar bo’yicha salg’do chiqarilmaydi. Bosh daftar asosida sintetik hisob schyotlari bo’yicha aylanma vedomost tuziladi. Bunda Bosh daftarni tarkibiy tuzilishi shaxmatli aylanma vedomostni tuzishni engillashtiradi, chunki shaxmatli vedomost bevosita har bir schyotning yakunlari bilan to’ldiriladi.
Tahliliy zhisob bu erda «kopiruchyot»dagidek - kartochkalarda bevosita hujjat ma’lumotlari asosida yuritiladi. Lekin kartochkadagi yozuvlar jurnallarga nusxa ko’chirmasidan qilinadi. SHu bilan birga, tahliliy hisob-ning ayrim uchastkalarida (materiallar, hisob - kitoblar va boshqalar hisobida) yuqorida eslatib o’tilgan ihakllardan olingan tamoyshshar (nusxa ko’chirish, qisman terib taxlash tamoyillari) qo’llaniladi.
Hisob registrlariga, ayniqsa sintetik haqiqiy jamg’aruvchi va guruhlovchi vedomostlardan foydalanish ancha osonlashtiradi.
Bevosita memorial-orderlarga tikib qo’yilgan hujjatlardan olinadi. Tahliliy va sintetik hisoblarning to’g’riligini tekshirish taxliliy schyotlar bo’yicha aylanma vedomostlarning yakunlarini sintetik schyotlar bo’yicha aylanma vedomostlarning tegishli summalari bilan solishtirib tekshirish yo’li orqali amalga oshirshgadi.
Hozirgi paytda hisobyai memorial - order shaklida yuritishda PEHMdan keng miqyosda foydalansa bo’ladi.
Memorial - order shakli ba’zi afzalliklarga ega. Masalan, uning regis-trlari o’zining tarkibiy tuzilishiga ko’ra oddiyroq bo’ladi. Ularning o’rtasidagi bog’lanish osonlik bilan belgalanadi. Hisob yozuvlarining texnikasi uncha qiyin emas va tez o’zlashtiriladi. SHu munosabat bilan bu shakl yuzaga kelgan birinchi yillarda u hisobotchilikning ilgarigi (kitobli) shakllariga qaraganda jiddiy afzalliklarga ega bo’lgan. Lekin u buxgalteriya texnikasining muhim muammolari bo’lgan tahliliy hisobning sintetik hisobdan orqada holishi, hisobotni hisob registrlari ma’lumotlari bo’yicha bevosita (qo’shimcha hisob - kitoblar va tanlab olishsiz) tuzish, yozuvlarini yuritishning ishchi amallarini qisqartirish va hisob registrlarida xo’jalik muomalalarini aks ettirishni tartibga solish (reglamentatsiya) kabi masalalarini echa olmadi. Bu kamchiliklarning barchasi deyarli jurnal - order shaklida bartaraf qilingan edi.
Memorial - order shaklining variantlaridan biri «Bosh jurnal» shak-lidir. U kichiq va o’rta biznes korxonalari hamda byudjet muassasalari, turarjoylardan foydalanish idoralari va boshqa tashkilotlarda keng tarq-algan.
«Bosh jurnal» shaklining memorial - order shaklqdan birgina farhi shundaki, sintetik hisob registrining tarkibida bitta ochilgan varaqning betida ham xronologik, ham tizimli (sistematik) yozuvlar birgaliqda olib boriladi. Bu registr, odatda kitobda yuritiladi va bosh schyotlar daftari yoki Bosh jurnal deb nomlanadi.
Daftarning birinchi uch ustuni xo’jalik muomalalarini xronologik tar-tibda yozish uchun mo’ljallangan. Ular ro’yxatga olish jurnalining tarkibiy tuzilishiga o’xshab ketadi. Daftar varag’ining qolgan qismi barcha sintetik schyotlar bo’yicha tizimli yozuvlar uchun ishlatiladi. Agar schyotlar soni ko’p bo’lib, ularni daftarning bir necha betiga sig’dirib bo’lmasa, uvda qo’shimcha varahlar ko’zda tutiladi. Har bir schyot uchun ikkita chiziqcha debetli va kre-ditli ustun ajratiladi.
Bosh jurnal birtsnchi qatorida barcha schetlar bo’yicha 1 yanvarga bo’lgan qoddiqlarning yozuvi bilan ochiladi. Kredit bo’yicha holdiqlarning umumiy yakuniga teng bo’lgan debetli qoldihlarning umumiy yakuni «Memorial orderlar bo’yicha summa» ustuniga yozib qo’yiladi. Sungra bir oydagi barcha muomalalar aks ettiriladi. Oyning oxirida barcha schyotlar bo’yicha bir oylik aylanma summalar va kelgusi oyning birinchi kuniga qoldiqlar hisoblab chiqiladi. Bir joyda yig’ib chiqilgan bunday ma’lumotlarning mavjudligi sintetik schyotlar bo’yicha aylanma vedomostlarni tuzishdan ozod qiladi.
Sintetik hisobni tahliliy hisob bylan solishtirib tekshirish va ba-lansni to’ldirish bevosita Bosh jurnal ma’lumotlari bo’yicha amalga oshirilishi mumkin. Bu kitobga muomalalarni yozish, memorial-order shaklidagi kabi jamg’aruvchi yoki guruhlovchi vedomostlarning ma’lumotlari bo’yicha yoki dastlabki hujjatlar bo’yicha tuziladigan memorial-orderlar asosida amalga oshiriladi.
Bu shakldagi tahliliy hisob odatda daftarlarda yuritiladi. Sintetik hisobning tahliliy hisob bilan solishtirib tekshirish aylanma vedomost-lar yordamida amalga oshiriladi, hisobotni tuzish uchun esa ma’lumotlarni tanlab olish va qo’shimcha hisob-kitob qilinadi. SHunday qilib, Bosh daftar shaklidagi hisob yuritish texnikasi memorial-order shaklidan sintetik hisob registrining tuzilishitsan tashqari, hech narsa bilan farq qilmaydi.
Hisobning bu shaklining asosiy afzalligi - xronologik hisob bilan ti-zimli hisobning birgalikda olib boriladigan bosh schyotlari daftarining tarkibiy tuzilishidir. Bu daftarda schyotlar bir varaqning betida joylashtirganligi tufayli juda yaqqol va osonlik bilan kuzatiladi. Hisobli ro’yxatga olish texnikasi uncha katta malakani talab qilmaydi. SHu afzalliklarning barchasi bu shaklning, ayniqsa, yuqori malakali hisob xodimlariga ega bo’lmagan korxonalarda keng tarqalishiga olib keladi.
Lekin Bosh jurnal kitobi ba’zi kamchiliklarga ham egadir. Schyotlar ko’p bo’lgan holda u axborotni qo’lda ishlash sharoitida beso’naqay va noqulay bo’lib qoladi.
Qo’shimcha varaqlardan foydalanish muomalalarini qiyinlashtiradi va summalarni tegishli bo’lmagan boshqa schyotlarga yozib qo’yishdan iborat bo’lgan xatolarning ko’payishiga olib keladi. SHuning uchun Bosh jurnal daftarini yuritish uchun mumkin bo’lgan schyotlarning soni 20 - 25 tadan oshmasligi lo-zim. Bosh jurnal shakliga kelsak, memorial - order shaklida qadday kamchi-liklar bo’lsa, unga ham shu kamchiliklar bo’lishi mumkin.
Jurnal-order shakli 20-asrning 40-yillarida yuzaga kelgan. O’sha yillarda hisob fani va amaliyoti tomonidan yaratilgan barcha eng ilg’or bo’lgan narsa-lardan foydalanilgan edi. Jurnal-order shakli bilan buxgalteriyaga kiritilgan o’zgarishlar asosan hisobdagi ro’yxatta olish texnikasiga tegishli bo’lgan, lekin u bir vaqtning o’zida hisob registrlariga hujjatli ma’lumotlarni tayyorlash tizimini ham yaxshilashga olib keldi.
Jurnal-order shaklining asosida dastlabki hujjatlarning ma’lumotlarini jamg’arish tamoyili yotadi. Bu tamoyilni hisob ishlarining ayrim uchastkalarida, masalan, buxgalteriyali hujjatlashtirishda ba’zi bir sintetik schyotlar bo’yicha yozuvlarni tayyorlashda qo’llash memorial-order shakli-da ham mavjud bo’lgan. Lekin jurnal-order shaklida hisobni amalga oshirishda hisob ma’lumotlarini jamg’arib borish asosiy tamoyil sifatida qabul qilingan.
Jurnal-order shaklida bir turdagi muomalalarni, ya’ni bitta sintetik schyotda aks ettiryladigan jarayonlarni, hisobot davri mobaynidagi summalarini jamg’arish imkoniyatini bera qolmay, shu bilan bir vaqtda ularni korrespondeytsiyalanuvchi schyotlar bo’yicha guruxlash imkoniyatini ham yaratadi. Hisobo? davrining oxirida har bir registrda barcha yozuvlarning yakun-lari korrespondentsiyalanuvchi schyotlar bo’yicha hamda unda ro’yxatta olingan barcha muomalalar bo’yicha butunlay hisoblab chiqiladi, so’ngra ulardan Bosh daftarga yozish uchun foydalaniladi.
Jurnal-order shaklida qo’llaniladigan asosiy registrlar jurnallardan iboratdir, chunki hujjatlar ularda xronologik tartibda ro’yxatga olib boriladi. Jurnallarning yakunlari esa korrespondentsiyalanadigan schyotlar bo’yicha guruhlangan sintetik schyotlarning bir oylik aylanma summalari zhisoblanadi. Bu yakunlar mazkur schyotning aylanma summalarini Bosh daftarda aks ettirish uchun tayyor buxgalteriya yozuvlarini beradi, ya’ni orderlar vazifasini bajaradn. SHuning uchun ushbu shaklning asosiy registrlari jurnal-orderlar, shaklning o’zi esa jurnal-order shakli deb nomla-nadi.
Hisobning jurnal - order shaklida xo’jalik muomalalari to’g’risidagi ma’lumotlar hujjatlardan jurnal - orderlarga yoki jamg’aruvchi va guruxlovchi vedomostlarga o’tkaziladi. Ma’lumotlarni hujjatlardan bevosita jurnal - orderlarga yozish, uncha ko’p bo’lmagan muomalalarni qayd etadigan schyotlardagina («Asosiy vositalar», «Kassa», «Hisob-kitob schyoti», «Ustav kapitali» va boshqalar) amalga oshirilishi mumkin. Boshqa schyotlar bo’yicha esa ma’lumotlarni avval jamg’arish yoki guruxlab olish lozim Bosh daftarda xar bir schyot bo’yicha aylanmalar ko’rsatiladi va qoldiqlar chiqariladi; schyotning krediti bo’yicha aylanmalar umumiy yakun bilan beriladi (chunki ular jurnal -orderlarda ochiq beriladi), debeti bo’yicha esa korrespondentsiyalanuvchi schyotlar bo’yicha beriladi (xar xil jurnallarga tarqatilib yuborilgan debetli aylanmaning korrespondentsiyasini ko’rsatish uchun).
Bosh daftar, jurnal - orderlar, jamgaruvchi va guruhlovchi vedomostlarning ma’lumotlaridan buxgalteriya balansi va hisobotni tuzish uchun foy-dalaniladi.
Jurnal - order shakli oldingi hisob shakllariga qaraganda, axborotni, ayniqsa, qo’l bilan ishlash sharoitida hisobni yuritishning mehnat sig’imini pasaytirishi bilan, albatta, afzalliklarga ega. SHuning uchun u faqat sanoatda emas, balki boshqa tarmoqlarda ham keng qo’llanila boshlagan.
Jurnal - order shaklining asosiy registri hisoblangan jurnal-orderlar (memorial - order shaklidaga bosh kitobdagidek) xo’jalik muomalalarini shaxmat tamoyilida aks ettirshpga asoslangan.
Jurnal - orderlar ikki yo’nalishda - debetli yoki kreditli belgi bo’yicha tuzilishi mumkin. Kreditli belgi qulayroq deb qabul qilingan, chunki u tovar - moddiy boyliklar va pul mablag’’laridan foydalanish ustidan nazoratni amalga oshirishga xizmat qiladi, shuning uchun ham u jurnal - orderlarni tuzishda qabul qilingan. Uning mohiyati shundan iboratki, har bir jurnal - orderlarda mazkur sintetik schyotning (yoki bir turdagi schyotning) kreditli aylanmasi ular bilan korrespondentsiyalanuvchi debetlanadigan schyotlar bo’yicha aks ettiriladi.
Ko’pchilik jurnal - orderlarda ro’yxatga olinadigan muomalalar, ularni korrespondentsiyalanadigan schyotlar bo’yicha aks ettirishdan tashqari, xarajat moddalari va mazkur hisob obhektini tasvirlash uchun talab qilinadigan iqtisodiy ko’rsatkichlarning xususiyatlaridan kelib chiqadigan boshqa
belgilar bo’yicha ham guruxlanadi. SHunday tarzda moddiy boyliklar, umumishlab chiqarish, mahmuriy va umumxo’jalik xarajatlarni, ishlab chiqarish va boshqalarni hisobga olshp bo’yicha jurnal - orderlar (va ularning yordamchi vedomostlari) yuritiladi.
Hisobning jurnal - order shakli (ko’pchilik schyotlar bo’yicha) sintetik va tahlilii hisobni birga olib borshp, hisobot ko’rsatkichlarini bevosita hisob registrlarining o’zidan olish, ish amallari sonini qisqartirish va xo’jalik muomalalarini aks ettirishni ancha tartibga solish imkonini ta’minlaydi.
Sintetik va tahliliy hisobni birgalikda yuritish uchun chiziqli (lineyniy) yozuv va summalarni tahliliy qismlar bo’yicha guruhlash usullaridan foydalaniladi.
CHiziqli yozuv sintetik va tahliliy hisobning birgalikda olib borili-shining eng oddiy va yaqqol amalidir. Hisobning jurnal - order shaklida tegishli registrlar 6sonli jurnal - order va 16 -sonli vedomost ko’rinishida keltiriladi. Ikki hisob turini birgalikda olib borish, shuningdek, xaridorlar, hisobdor shaxslar va boshqalar bilan hisob - kitoblarni hisobga olishda ham qo’llaniladi. Sintetik va tahliliy hisob summalarini tahli-liy qismlar bo’yicha guruhlash yo’li bilan birgalikda yuritish, ayniqsa, har xil xarajatlarni aks ettirish uchun qulaydir.
Hisobot ko’rsatxsichlarini bevosita registrlaridan olishni jurnal - order shaklida har xil yo’llar bilan amalga oshirish mumkin. Lekin ularning. barchasi hisobot jadvallariga to’g’ridan - to’g’ri kiritiladigan summalar ko’rsatuvchi hisob ma’lumotlarini bevosita registrlarning o’zida guruhlashni ta’minlashga asoslangandir.
Hisobning jurnal - order shakdida erntilgan ish amallari sonining qisqartirilishi juda muhim ahamiyatga egadir. Bu srda, masalan, memorial - order shaxslida ishl&tiladigan memorial-orderlar va ro’yxatga olish jurnali yo’q. Ko’pchilik schyotlar bo’yicha sintetik hisob tahliliy hisob bilan birlashtirilgan. Bularning barchasi hisob registrlarida qilinadigan yozuvlarni bartaraf qilshp va hisobni asosan quyidagi uchta ish amallari: muomalalarni hujjatlarda qayd etish, hujjatlardan ma’lumotlarni hisob registrlariga ko’chirish va hisob registrlarining yakuniy ko’rsagkichlarini hisobotda umumlashtirish yordamida amalga oshirish imkonini beradi.
Jurnal - order shaklidagi xo’jalik muomalalarini aks ettirishning tartibga solinishini uning barcha registrlarida ko’rish mumkin. Masalan, 2 -sonli jurnal - orderda hisob - kitob schyotidan pul xarajatlari to’g’risidagi barcha ma’lumotlar qathiy muayyan ustunlarga yozib boriladi. YOzuvlarning yanada ham ko’proq tartibga solinishi yuqorida eslatib o’tilgan 15 - sonli vedomost, 10 - sonli jurnal - order (ishlab chiqarish xarajatlari) va boshqa registrlar yordamida erishiladi. Ularda aks zttiriladigan har bir sum-ma nafaqat mag’lum bir ustungagina emas, balki tegishli bo’lgan qatorga ham yozib boriladi. Ko’rib chiqilgan xususiyatlar jurnal - order shaklini hisob-ning boshqa turlaridan keskin farq qiladigan, shubhasiz, afzalliklaridan hisoblanadi. Lekin u kamchiliklardan xam xoli emas. Masalan, ayrim regi-strlarning tuzilishi juda murakkab bo’lib, ularni to’ldirish jarayoni juda hiyin kechadi. Unda hisobli ro’yxatga olish texnikasini o’zlashtirish ko’p harakatni talab qiladi, chunki har bir jurnal - order tegishli hisobning obhekti xususiyatlariga moslashgan.

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling