Memorial order deb hisobga olish yozuvlarini keyinchalik buxgalteriya hisobi schetlarida aks ettirilgan xolda buxgalteriya rasmiylashtirish xujjatiga aytiladi ( u kupincha buxgalteriya provodkasi deb nomlanadi).
Hisobning memorial- order shakli
Sxemaga izox:
joriy yozuv
YOzuvlarni tekshirish
Oy oxiridagi yozuvlar
Jurnal - order oldinda belgilangan schetlar krediti bo’yicha
yigma yakuniy oylik buxgalteriya o’tkazmasi ( provodkasi )
Hisoblanadi
Hisobning jurnal - order shakli
Sxemaga izox: joriy yozuv
YOzuvlarni tekshirish Oy oxiridagi yozuvlar
Buxgalteriya hisobining birlamchi xujjatlarida o’chirib yozishlar va aytib qo’yilmagan tuzatishlarga yo’l qo’yilmaydi. Qilingan tuzatishlar mazkur tuzatishlar kiritilgan sana ko’rsatilgan holda ana shu tuzatishlarni kiritgan shaxs imzosi bilan; kassada esa - korxona bosh buxgalteri yoki uning o’rnini bosadigan shaxs imzosi bilan ham tasdiqlanadi. Bank xujjatlari (bank ko’chirmalari, to’lov topshiriqlari, cheklar va xakozo) tuzatishlarga yo’l qo’yilmaydi.
Buxgalteriya yozuvlarini tuzatishning bir necha usuli mavjud, ya’ni: korrektura;
qo’shimcha yozuvlar; stornolash yozuvlari.
Korrektura - uchirilganini o’qish mumkin bo’lishini ko’zlab ilgari ko’rsatilgan summa yoki matnni bir chiziq bilan o’chirib, o’chirilgan summa yoki matn ustiga to’g’ri yozuvni qayd etish.
Mazkur tuzatishga “tuzatilgani to’g’ri” degan yozuv ilova qilinib, tuzatish sanasi ko’rsatiladi. Ushbu usul ilgari juda ko’p qo’llanilgan.
Qo’shimcha yozuvlar xato aniqlangan holda amalga oshiriladi, jumladan, agar buxgalter birorta xo’jalik operatsiyasini tasodifan unutganda yoki schyotlar bo’yicha murakkab provodkalarni amalga oshirishda qandaydir operatsiya o’tkazilmasa yoki xo’jalik opreatsiyasini baholash xato ravishda pasaytirilmasa buxgalteriya provodkasi ikki tomonli yozuv usuli bilan o’tkazilmagan ayrim hollar ham bo’ladi. Bunday hollarda buxgalter ana shunday xato aniqlangan holda, aniqlangan xatolar to’g’risida kichiq maolumotnoma tuzadi. Buxgalteriya schyotlari bo’yicha qo’shimcha provodkalar o’tkazadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |