29. Mavzu: Asosiy vositalar xarakatini hujjatlashtirish


Download 1.58 Mb.
bet44/56
Sana23.06.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1652513
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   56
Bog'liq
Asosiy vositalar xarakatini hujjatlashtirish

16.2-jadval.
Nomoddiy aktivlarga to‘g‘ri chiziqli usul bo‘yicha amortizatsiya hisoblash
(so‘mda)

Sanalar

Dastlabki qiymati

Amortizatsiyaning yillik summasi

Jamlangan eskirishi

Qoldiq qiymati

Xarid sanasida

25 000 000

-

-

25 000 000

1-chi yilning oxiri

25 000 000

5000 000

5000 000

20 000 000

2-chi yilning oxiri

25 000 000

5000 000

10000 000

15 000 000

3-chi yilning oxiri

25 000 000

5000 000

15 000 000

10000 000

4-chi yilning oxiri

25 000 000

5000 000

20 000 000

5000000

5-chi yilning oxiri

25 000 000

5000 000

25000000

0

2. Bajarilgan ishlar xajmiga mutanosib taqsimlash usuli (Rroduction method) yoki ishlab chiqarish usuli. Bu usul ob’ektning foydaliligi ishlatishning butun davrida uning jami ishlab chiqarish tegishli o‘lchov birliklari (natura, qiymat va mehnat o‘lchovlari) da baholanishiga asoslangan. Hisob-kitob qilinayotgan amortizatsiya ekspluatatsiya natijasi bo‘lib, unda hisobot vaqtlari hech qanday ahamiyatga ega bo‘lmaydi.
Amortizatsiya ajratmalari bilan mahsulot birligi o‘rtasida bog‘liqlik bo‘lib, jamg‘arilayotgan amortizatsiya (accumulated depriciation) ortib boradi, aktivning qiymati esa, aksincha kamayib boradi. Ushbu holda foydalanishning i- yildagi nomoddiy aktiv amortizatsiyasi quyidagi formula bo‘yicha hisoblab chiqiladi:
;
bunda
Dq - nomoddiy aktivlarning dastlabki qiymati;
Tq foydalanishning oxirgi n-yildagi tugatish qiymati;
Pi - n-yildagi ishlab chiqarish;
P –foydalanishning butun davridagi jami ishlab chiqarish;
n – ob’ektning hizmat qilish muddati.
Masalan, sanoat mulk ob’ektlaridan foydalanib (foydalanish uchun huquqiy muhofaza patent) olingan mahsulotlar birligi shartnoma bo‘yicha kirimga olingan patentning dastlabki qiymatiga nisbatan aniqlanadi.
2. Amortizatsiya hisoblashning ishlab chiqarish usuli, ya’ni bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda hisoblash usuli har bir muayyan yilda nomoddiy aktivdan foydalanishdan olinadigan mahsulotlarni hisobga olishga asoslangan.
Mazkur usul bo‘yicha har yillik amortizatsiya miqdorini hisoblash uchun butun foydali xizmat muddatidagi dastlabki bahodagi nomoddiy aktivning amortizatsiyalanadigan qiymatini va amortizatsiya davrining muayyan yilida ishlab chiqarish, ish bajarish mo‘ljallangan ishlar hajmini aniqlashimiz lozim bo‘ladi. Ishlar hajmi sifatida mahsulot birliklari soni, ishlangan soatlar soni va boshqalarni olishimiz mumkin.
Nomodddiy aktivga amortizatsiyani hisoblashning ishlab chiqarish usulida yillik amortizatsiya ajratmalari summasi hisobot davridagi mahsulot (ishlar, xizmatlar) hajmining natural ko‘rsatkichidan hamda amortizatsiyalanadigan qiymatni nomoddiy aktivning butun foydali xizmat muddatidagi nazarda tutilayotgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) hajmiga nisbatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Masalan, “Iqtisod-moliya” DUK mualliflik shartnomasi bo‘yicha 25 mln. so‘m to‘lab, “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartalari” kitobini 5 yil davomida 750 ming nusxada nashr qilish huquqini sotib oldi. Mazkur nomoddiy aktiv uchun amortizatsiyani ishlab chiqarish usuli bo‘yicha hisoblash vaziyatini ko‘rib chiqamiz.
Birinchi ikki yilda har yili 200 mingdan, uchinchi yilda 150 ming, to‘rtinchi yilda 125 ming, beshinchi yilda 75 ming nusxa kitob chiqarish rejalashtirildi.
Ushbu vaziyatda yillik amortizatsiya ajratmalari bir yilda nashr qilinishi rejalashtirilayotgan kitob nusxalari miqdoriga bog‘liq holda hisoblab chiqiladi, ya’ni:
1 nusxaga amortizatsiya xarajatlari quyidagicha aniqlanadi:
25 000 000 so‘m / 750 000 nusxa = 33,33 so‘m/nusxa
So‘ngra yillik amortizatsiya ajratmalari summasi har bir yilda rejalashtirilgan nusxalar miqdorini 1 nusxa amortizatsiya xarajatlariga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi.
Shunday qilib, birinchi yilda amortizatsiya summasi 6 666 666,68 so‘m (200 ming nusxa x 33,33 so‘m/nusxa) ni tashkil qiladi. Mazkur bir yillik amortizatsiya summasini quyidagi usulda ham aniqlash mumkin:
25 000 000 - 750 000
x - 200 000
x=25 000 000 * 200 000 / 750 000
x=6 666 666,68 so‘m
Navbatdagi yillik amortizatsiya summalari ham xuddi shunday tartibda hisoblanadi.
Amortizatsiya hisoblash jadvali quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling