3- mavzu: O`zbek adabiy tili me`yorlarstrrepla: 1


-mashq. E. Vohidovning «Nutq haqida»gi she’rini yod oling. Oddiy so‘zlashuvda ishlatiladigan so‘zlarga e’tibor bering. 37-mashq


Download 34.21 Kb.
bet6/10
Sana02.01.2022
Hajmi34.21 Kb.
#198189
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
3-мавзу3

36-mashq. E. Vohidovning «Nutq haqida»gi she’rini yod oling. Oddiy so‘zlashuvda ishlatiladigan so‘zlarga e’tibor bering.

37-mashq. Badiiy asarlarda adabiy til bilan birgalikda og‘zaki so‘zlashuv tilining unsurlaridan ham keng foydalaniladi. Ushbu matndan ana shunday o‘rinlarni toping.

TABIB


«Nosir buva o‘rikdan yiqilib tushibdi», degan xabar juda tez tarqaldi. O‘g‘illari, qizlari, boringki, jamiki qarindosh-urug‘lari to‘p­landi. Nosir buva yetmishga kirgandi. Shunday ekan, bu yog‘i ma’lum-da! Erkaklar bir-birlari bilan ma’noli bosh chayqashar, xotinlar burchak-burchaklarda «otamo‘-o‘-»lab yig‘lash mashqini boshlashdi. Busiz mumkin emas-da! Axir, yetmishga kirgan ota o‘rikdan yiqilib, so‘rida yotgancha inqillashni ham ja o‘rniga qo‘ymoqda. Faqat kampiri — Chaman xola beparvo. Qarib miyasi suyulib qolgan-da, shu pallada sigirining kanasini terish bilan band. Eshikdan o‘rtancha o‘g‘li Akramjon kirganidagina u sal sergaklandi. Akramjon onasiga bosh irg‘ab qo‘ydi-yu, boshqalarga qaramadiyam.

— Ota, tuzukmisiz? — bemorni turtib so‘radi u.

— Ixi, ixi, ixi! A-a-akram, s-s-senmisan? — ota ko‘zini xiyol ochdi.

— Menman, otam, menman.

— Rozi bo‘lasan endi, — deb vidolashganday ko‘zini yumdi.

— E, qayoqdagi gaplar bilan odamni qo‘rqitmang! — Akram qo‘l siltadi. — O‘rikdan yiqilganlarning hammasi o‘laversa — sanoqli odamlar qolardi bu dunyoda!

— Sen oldin men yiqilgan joyni ko‘rgin! — bemorning ovozi dadilroq yangradi. Hatto qo‘lini ko‘tarib o‘rikka imladi. — Hov anovi ayridan yiqildim!

— E, bu ayri nima bo‘libdi! — Akram o‘rik tomon yurib, shart shoxga chiqdi. — Shu yerdan yiqildingizmi? —so‘radi yana u.

— Ha, ha...

— Bu yerdan yiqilgan odam o‘lmaydi.

— O‘ladimi? Bo‘lmasa menam tashlayman, o‘laman, birgalashib ketamiz. Mana qarab turing! — deb Akram tashlamoqchi bo‘ldi.

— Hay-hay-hay! — Nosir buva qaydan g‘ayrat topdi o‘mganini ko‘tarib qo‘l siltay ketdi. — O‘lmaydikan, o‘lmaydikan! Tashlama, mana, men, o‘lmadim-ku!?

— O‘lmasa ham et-beti lat yeydi, o‘n-o‘n besh kun oh-voh deb ko‘rgani kelganlarning ovqatini yeb mazza qilib yotadi! Menam bekorchiman, ota, hasratlashib yotamiz-da. Qarab turing!

— Yo‘-yo‘-yo‘q! Lat ham yemas ekan, mana! — bemor o‘rnidan dast turib ketdi. — Qara, hamma yog‘im sog‘-u salomat! Tush!

Akramjon o‘rikdan tushdi. O‘g‘il-qizlar, qarindoshlar qo‘l siltashib jo‘nab qolishdi. Chaman xola qo‘li bilan Akramjonning yelkasiga qoqdi:

— Akram, yaxshiyam sen borsan, bolam. Bilardim otang, o‘lmasdi, ammo «oh-voh» qilib yotib olardi. Uch oy kasal boqardik.



(Said Anvar)

38-mashq. So‘zlashuv nutqiga xos qisqargan so‘z shakllarini orfoepik me’yorlarga muvofiq talaffuz qiling, so‘ngra ular ishtirokida gaplar tuzing.

Adabiy til yozma va og‘zaki shakllarga ega bo‘ladi.




Download 34.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling