45-mashq. Berilgan so‘zlarni siz ham davom ettiring (20—30 taga yetkazing).
46-mashq. Latifalarni ko‘chiring, ularning adabiy tilga yoki xalq shevalari tiliga mansub ekanini izohlang.
VAJ
Afandi xufya dorifurushlik qilayotgan ekan, xaridor yorliqqa razm solib, norozi ohangda debdi:
— Voy — bu, doringiz roppa rosa uch yil burun chiqqan ekan-ku?
Afandi pinagani buzmay debdi:
— Mayli, siz ham menga uch yil avval chiqqan puldan bera qoling.
SHISHANING PULI
Afandi ichkilikka ruju qo‘yganidan xotini bilan jiqqamush bo‘lar ekan. Bir kuni u allanimalarning sharaq-shurug‘idan uyg‘onib, erinibgina ko‘zini ochsa, xotini bir to‘rxalta shishalarni ko‘targancha qayergadir ketyapti.
— Ha, xotin, saharmardonda yo‘l bo‘lsin? — debdi Afandi.
— Ichishingizning kasridan sovunga pul qolmabdi, ordona qolsin.
— Rahmat demaysanmi, nomard xotin. Men ichib shishalarni bo‘shatmaganimda sovunga pulni qayerdan topar eding.
MAHLUQO
Do‘stlari Afandidan so‘rashibdi:
— Mulla Nasriddin, yangamni nima deb chaqirasiz?
— Mahluqo, — deb kerilibdi Afandi.
— Qoyil! — xitob qilishibdi suhbatdoshlari. Shunda Afandi sekingina qo‘shib qo‘yibdi:
— Jahlim chiqqanda, oxirgi harfini tashlab chaqiraman.
Tayanch tushunchalar
yozma adabiy til, og‘zaki adabiy til.
Do'stlaringiz bilan baham: |