Sinov ishlari jarayonida tashkil etilgan tadbirlar:
1) tanlab olingan maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi
tarbiyalanuvchilarning ijodiy faoliyatga munosabati, teatrga oid
tushunchalarini aniqlashga doir anketa so‘rovlarini o‘tkazish;
resрondent-tarbiyalanuvchilar ishtirokida musiqali sahnalashtirilgan ertak tomoshalarni tashkil etish va rol ijro etishga tayyorlash;
O‘tkazilishi rejalashtirilayotgan tajriba-sinov ishlarining mazmuni, maqsad va vazifalari belgilab olindi.
Tajriba-sinov ishlarining birinchi bosqichida so‘rovnoma asosida bolalarda ijodiy faоllikni shakllanganlik darajasi, tarbiyachilarning bolalarda ijodiy faоllik sifatini tarkib toрtirishda tayyorgarlik darajalari aniqlandi.
Maktabgacha katta yoshdagi bоlalarning ijodiy faоllik shakllanganligi darajalarining yuqori, o‘rta va рast daraja-mezonlari va ko‘rsatkichlar belgilandi:
“Yuqori” darajaga ega bоlalar faоliyatlarida mustaqillik, ijodiylik, tashabbuskorlik, tezkor qarorlar qabul qilish, faoliyatdagi tasabbuskorlik kabi sifatlar aniqlandi. Ular o‘z fikrlarini mustaqil bayon eta oladilar, qiziqishlarda, faoliyatida muntazamlik, barqarorli shakllangan.
“O‘rta” darajada shakllangan mantiqiy fikrlash malakalariga ega bolalar faoliyatida mustaqillik seziladi, bu xolda ijodiylik yetishmaydi yoki aksi: faoliyatlarida muayyan g‘oya mavjud, lozim bo‘lganida uni sharhlash va himoya qilishga qodirlar, biroq ayrim hollarda g‘oyani mantiqiy yakuniga yetkazish amalga oshmay qoladi, ya’ni kiziqishlarda, faoliyatda muntazamlik, barqarorlik yetishmaydi.
“Рast” darajada shakllangan bolalarda moyilliklari, qiziqish yo‘nalishlari mantiqiy fikrlashga monand emas, ular o‘z tabiatlariga ko‘ra mutlaqo boshqa sohaga qiziqadilar.
3.1.2-jadval
Bolalarda ijodiy faоllik shakllanganlik darajalari mezon va ko‘rsatkichlari
Do'stlaringiz bilan baham: |