3 1-sentabr – mustaqillik kuni
Download 39.94 Kb.
|
8-sinf Ona tili qoidalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 64-dars MATN VA LUG‘ATLAR BILAN ISHLASH 65–66-darslar NAZORAT ISHI VA TAHLILI 67–68-darslar
- Bu yo‘llar menga tanish. – Menga tanish bu yo‘llar.
- Toshkentga ketdi (boshqa yerga emas, Toshkentga). 2. Kecha akam samolyotda Toshkentga Farg‘onadan
Bilib oling
Aniqlovchilarning bir xili narsa-buyumning belgisi (rangi, miqdori, mazasi, hajmi)ni bildirsa, boshqa xili narsa-buyumning kimga yoki nimaga qarashliligini bildiradi yoxud boshqa tomondan nomlaydi. Shunga ko‘ra, aniqlovchilar uchga bo‘linadi: 1) sifatlovchi aniqlovchi; 2) qaratqich aniqlovchi; 3) izohlovchi aniqlovchi. Misol: Yangi (sifatlovchi aniqlovchi) binolar qishloqning (qaratqich aniqlovchi) husniga husn qo‘shmoqda. (Sh.R.) Kapitan (izohlovchi aniqlovchi) Mansurov so‘zladi. Predmetning rangi, ta’mi, hajmi, miqdori, xarakterxususiyatini bildirib, o‘zidan keyingi bo‘lakka bitishuv yo‘li bilan tobelangan aniqlovchilarga sifatlovchi aniqlovchi deyiladi. Sifatlovchi aniqlovchi qanday, qanaqa, qancha, nechanchi, qaysi kabi so‘roqlardan biriga javob bo‘ladi va quyidagi so‘zlar bilan ifodalanadi: sifat: Yaxshi fikrlar ham eng yaxshilariga joy bo‘shatib bermog‘i lozim. (V. Shekspir); son: Shu orada to‘rttacha samosval oldinma-ketin g‘isht to‘kib ketdi. (S. Ahmad); sifatdosh: Bir yil tut ekkan kishi yuz yil gavhar teradi; olmosh: Qaysi gulni yoqtirasiz?; ot: Kumush qishdan, zumrad bahordan, qolishmaydi kuzning ziynati. ravish: Ko‘p odamlar bundan bexabar edi; taqlid: Qir tomondan g‘ir-g‘ir shabada esib turibdi. Predmetning kim, nima yoki qayerga mansubligi, qarashliligini bildirib, o‘zidan keyingi bo‘lakka moslashuv yo‘li bilan tobelangan aniqlovchilarga qaratqich aniqlovchi deyiladi. Qaratqich aniqlovchi ot, olmosh, harakat nomi va otlashgan so‘zlar bilan ifodalanib, kimning, nimaning, qayerning kabi so‘roqlardan biriga javob bo‘ladi. Oyimlarning aytishicha, keyinchalik dadamlar ham bu qilmishidan pushaymon bo‘lganlar. (O.Yoqubov) U hozir hammaning kallasini g‘ovlatgan shum xabarni hech o‘ylamayapti... (A.Muxtor) Izohlovchi aniqlovchi shaxs va narsani boshqa (turi, mansabi, laqabi, kasbi, qarindoshligi kabilar) tomonidan nomlaydi va ot bilan ifodalanadi: dasturchi-muhandis, o‘qituvchi G‘ulomov, Xurshid tog‘a. 64-dars MATN VA LUG‘ATLAR BILAN ISHLASH 65–66-darslar NAZORAT ISHI VA TAHLILI 67–68-darslar GAP BO‘LAKLARI TARTIBI Bilib oling O‘zbek tilida gap bo‘laklarining joylashish tartibi, asosan, erkin. Odatda, gapda ega va unga bog‘langan bo‘laklar oldin, kesim va unga bog‘langan bo‘laklar keyin joylashadi, ba’zan aksincha ham bo‘ladi: Bu yo‘llar menga tanish. – Menga tanish bu yo‘llar. Eganing ko‘proq gap boshida, kesimning, asosan, gap oxirida (Men keldim), hol (ohista gapirdi) va to‘ldiruvchining kesimdan (she’rni yod oldi), aniqlovchining egadan oldin (qizil gul, do‘stimning akasi) joylashuvi odatdagi, me’yoriy tartibdir. Ma’no kuchaytirish uchun muhim bo‘lak kesim oldiga o‘tkaziladi. Masalan: 1. Kecha akam samolyotda Farg‘onadan Toshkentga ketdi (boshqa yerga emas, Toshkentga). 2. Kecha akam samolyotda Toshkentga Farg‘onadan ketdi (boshqa yerdan emas, Farg‘onadan). 3. Kecha akam Farg‘onadan Toshkentga samolyotda ketdi (boshqa narsada emas, samolyotda). 4. Kecha samolyotda Farg‘onadan Toshkentga akam ketdi (boshqa kishi emas, akam). 5. Akam samolyotda Farg‘onadan Toshkentga kecha ketdi (boshqa kuni emas, kecha). Odatdagi tartib ilmiy va rasmiy uslub uchun mos bo‘lsa, o‘zgargan tartib og‘zaki va badiiy (ayniqsa, she’- riy) nutq uslubi uchun xos. Download 39.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling