3 1-sentabr – mustaqillik kuni


Download 39.94 Kb.
bet11/22
Sana16.01.2023
Hajmi39.94 Kb.
#1096456
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22
Bog'liq
8-sinf Ona tili qoidalar

41-dars
MATN VA LUG‘ATLAR BILAN ISHLASH
42-dars
KESIMNING BIRIKMA VA IBORA BILAN
IFODALANISHI
Bilib oling
Kengaygan birikma va ibora yaxlit holda bitta gap
bo‘lagi bo‘lib keladi va o‘z ichida boshqa bo‘laklarga
ajratilmaydi. Shuning uchun ular murakkab kesim
hisoblanadi: 1. Dadam qo‘li ochiq edilar. 2. Ular besh
43-dars
OG‘ZAKI NUTQ MAHORATI BO‘YICHA
NAZORAT ISHI
44–45-darslar
NAZORAT ISHI VA TAHLILI
46-dars
OT KESIM VA EGA ORASIDA TIRENING
ISHLATILISHI
Bilib oling
Quyidagi hollarda ot kesim va ega orasida tire qo‘yiladi:
1. Ot kesim kesimlik qo‘shimchasisiz yoki bog‘lamasiz qo‘llanganda: Tinchlik – farovon hayot manbayi. Mening
aytadigan gapim – shu. Uch karra uch – to‘qqiz. Maqsadimiz – o‘qish.
Eslatma.
1. Ot kesim sifat, ravish va tartib son bilan
ifodalanganda tire qo‘llanmaydi: 1. Vatanimiz go‘-
zal. 2. Ko‘rmagan yerning chuquri ko‘p. 3. Bizning sinfimiz
sakkizinchi.
2. Ega ko‘rsatish olmoshi bilan ifodalanganda: Bu –
siz uchun katta sinov.
Eslatma.
Agar ega bilan ot kesim orasida ham
yordamchisi bo‘lsa, tire qo‘llanmaydi: Bular ham
a’lochi. Mening opam ham talaba. Sharifa ham to‘quvchi.
47-dars
EGA
Bilib oling
Gap kesimidan anglashilib turgan harakatning bajaruvchisini, belgining sohibini bildirgan bo‘lak egadir. Ega,
asosan, kim, nima, qayer so‘roqlariga javob bo‘ladi.
Ega doimo bosh kelishik shaklida bo‘ladi.
Ega quyidagi so‘z turkumlari bilan ifodalanadi:
1. Ot bilan: Milt-milt yonib turgan chiroq birozdan so‘ng
o‘chdi.
2. Olmosh bilan: Sen o‘zingni maqtama, seni birov
maqtasin. (Maqol)
3. Son bilan: Ikkalasi ham chiqib ketishdi.
4. Sifatdosh bilan: O‘qigan o‘qdan o‘zar, o‘qimagan
turtkidan shoshar. (Maqol)
5. Sifat bilan: Yaxshilar ko‘paysin, yomon qolmasin.
(Qo‘shiqdan)
6. Harakat nomi bilan: O‘qish jafoli, îqibati vafoli.
(Maqol)
7. Taqlid so‘z bilan: Qars ikki qo‘ldan chiqadi. (Maqol)
48-dars
EGALI VA EGASIZ GAP
Bilib oling
Gaplar egali va egasiz bo‘lishi mumkin. Egasi mavjud
gaplar egali gaplar (masalan, Biz bugun Samarqandga
jo‘naymiz), egasi mavjud bo‘lmagan gaplar esa egasiz
gaplardir (masalan, Bugun Samarqandga jo‘naymiz.)

Download 39.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling