Bilib oling
Kiritma so‘zlovchining o‘zi bayon etayotgan fikriga
munosabati (ishonchi, gumoni, tasdig‘i, inkori va h.),
fikrning birovga nisbatlanishi (mansubligi, aloqadorligi), o‘z fikri tarkibiy qismlarining ahamiyatliligi darajasi (birinchidan, ikkinchidan va h.), fikri va uning tarkibiy qismlariga doir bayon etadigan qo‘shimcha axboroti yoki izohi kabi rang-barang ma’nolarni ifodalaydi.
Bilib oling
Kiritma barcha bo‘laklar kabi sodda va murakkab
bo‘ladi. Sodda kiritmalar so‘zlar va so‘z-gaplar bilan,
murakkab kiritmalar esa so‘z birikmasi, kengaygan birikma va gaplar bilan ifodalanadi.
92-dars
UNDALMA
Bilib oling
So‘zlovchining nutqi qaratilgan shaxs yoki narsani
bildiradigan so‘z yoki birikma undalma deyiladi.
Undalma grammatik jihatdan hech bir bo‘lakka bog‘-
lanmaydi. Undalma alohida ohang bilan ajratilib
aytiladi. Uning gapdagi o‘rni erkin: gap boshida ham,
o‘rtasida ham, oxirida ham kelishi mumkin.
Undalma jonivor yoki jonsiz narsaga ham qaratiladi:
Qarg‘avoy, men seni yeyman. (Ertakdan); Seni unutolmas
yuragim aslo, ey O‘rta Osiyo, O‘rta Osiyo. (G‘.G‘.)
Undalma uyushib kelishi ham mumkin: Muhtaram
otalar, onalar, kelinlar, o‘g‘illar, opa-singillar, sizga
oila tinchligi hamma narsadan muhim.
93-dars
UNDALMALARDA TINISH BELGILARI
Bilib oling
Undalmalar gap boshi va oxirida kelsa, bir tomondan, gap o‘rtasida kelsa, ikki tomonidan vergul bilan
ajratiladi.
94-dars
95–96-darslar
Mustahkamlash
GAPNING UYUSHIQ BO‘LAKLARI, AJRATILGAN
BO‘LAKLAR YUZASIDAN TAHLIL
97–98-darslar
NAZORAT ISHI
99-dars
ISH QOG‘OZLARI USTIDA ISHLASH
tushuntirish xati
Men 2018-yil 13-sentabrdan 20-sentabrgacha bo‘lgan
davrda onamning qattiq betobligi tufayli darslarga qatnasha olmadim. O‘tilgan mavzularni mustaqil ravishda
o‘zlashtirib olaman.
Ilova: Onamning kasalligi haqidagi tibbiy ma’lumotnoma.
(imzo) V. Rustamova
2018-yilning 21-sentabri
Taklifnoma
Hurmatli Abdufattoh Nazarov!
Maktabimiz o‘quvchilari sizni qishlog‘imiz (mahallamiz)da istiqomat qilayotgan mehnat faxriylari bilan uchrashuvga taklif qiladi.
Uchrashuv 15-may kuni soat 18:00 da maktabning
majlislar zalida boshlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |