3 1-sentabr – mustaqillik kuni


Download 39.94 Kb.
bet14/22
Sana16.01.2023
Hajmi39.94 Kb.
#1096456
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22
Bog'liq
8-sinf Ona tili qoidalar

59–60-darslar
MUMTOZ MATN VA LUG‘ATLAR
BILAN ISHLASH
61-dars
TO‘LDIRUVCHI
Bilib oling
Gapning fe’l bilan ifodalangan biror bo‘lagiga boshqaruv yo‘li bilan bog‘langan, kimni, nimani, qayerni,
kimga, nimaga, kimda, nimada, kimdan, nimadan, kim
uchun, nima uchun, kim haqida, nima haqida, kim bilan,
nima bilan
kabi so‘roqlarga javob bo‘luvchi ikkinchi darajali bo‘lakka to‘ldiruvchi deyiladi.
To‘ldiruvchi quyidagi so‘zlar bilan ifodalanadi:
ot: Dilshod maktubni xolasiga berib, ko‘chaga chiqib ketdi;
olmosh: Mayli-da, kimgadir yoqsa, yoqmasa, ularga
qo‘shilib yig‘lasharmidik
. (M.Yusuf);
harakat nomi: Uning kulib boqishlarini bir zum ham
unutmayman.
Otlashganda:
sifat: Yaxshiga qora yuqmas, yomonga el boqmas;
son: Beshni beshga qo‘shsak, o‘n bo‘ladi;
sifatdosh: Bilmagandan bilgan yaxshi, to‘g‘ri ishni qilgan
yaxshi;
taqlid so‘z: Taqir-tuquringni yig‘ishtir;
undov so‘z: Ohimni eshitmadi;
modal so‘z: Yo‘qni yo‘q deydi, borni bor deydi.
To‘ldiruvchi birikma holida bo‘lishi mumkin: Men
uning go‘zal siymosida qalbim ko‘zgusini, visol orzusini, umidim gulshanini ko‘rardim.
Erkin birikma bilan ifodalangan murakkab to‘ldiruvchi gap mazmunini to‘ldirish, oydinlashtirish vazifasini
bajaradi.
62-dars
MUMTOZ MATN VA LUG‘ATLAR BILAN

63-dars
ANIQLOVCHI VA UNING TURLARI
Bilib oling
Narsa-buyumning rang-tusi, mazasi, hajmi, kim
yoki nimaga qarashliligini bildirib, gapning ot bilan
ifodalangan bo‘lagini aniqlab kelgan ikkinchi darajali
bo‘lak aniqlovchi deyiladi. U qanday, qaysi, nechanchi,
qancha, nechta, kimning, nimaning, qayerning
so‘roqlaridan
biriga javob bo‘ladi. Aniqlovchi aniqlagan (bog‘langan)
bo‘lak aniqlanmish hisoblanadi.
Aniqlovchi gapning bàrcha bo‘laklarini aniqlashtirib
kelishi mumkin. Aniqlovchi ega, ot kesim, aniqlovchi,
to‘ldiruvchi va holga bog‘lanadi: Bahaybat samolyot
(ega) yerga ohista qo‘ndi. Salimjon – a’lochi o‘quvchi (ot
kesim). Ilg‘or ishchilarga (to‘ldiruvchi) mukofotlar
topshirildi. Mehnat faxriylari bilan yangi bog‘da
(hol)
uchrashdik. Tadbirkor insonning (aniqlovchi) ishlariga
havasing keladi.




Download 39.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling