3 1-sentabr – mustaqillik kuni


Egasiz gaplarning quyidagi turlari mavjud


Download 39.94 Kb.
bet12/22
Sana16.01.2023
Hajmi39.94 Kb.
#1096456
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22
Bog'liq
8-sinf Ona tili qoidalar

Egasiz gaplarning quyidagi turlari mavjud:
Shaxsi (egasi) ma’lum gapda ega kesimning shaxsson shakllaridan ma’lum bo‘lib turadi. Qachongacha qorning o‘ylab o‘tadirsan? Qachongacha ko‘kdan chalpak
kutadirsan? (I.Mirzo)
Shaxsi (egasi) umumlashgan gapda gapning umumiy
mazmuni barcha shaxslarga aloqador bo‘ladi: Hurmat
qilsang, hurmat ko‘rasan. (Maqol) Boshingga qilich kelsa ham,
to‘g‘ri gapir. (Maqol)
Maqol va matallar, hikmatli so‘zlar,
odat tusiga kirgan rasm-rusumlarni bayon etuvchi gaplarda ega, asosan, umumlashgan bo‘ladi. Bugungi ishni
ertaga qo‘yma.
Shaxsi (egasi) noma’lum gapda kesim fe’l bilan ifodalanadi va ish-harakatni bajarishga imkoniyat, zaruriyat, shart, tilak, istak kabi ma’nolarni ifodalab keladi.
Bunday gaplar kesimining eng muhim belgisi – uning
tarkibida egalik qo‘shimchasining yo‘qligi. Bu gaplar
shaxssiz emas, harakatni mantiqan kimdir bajaradi, lekin uni gapda ifodalab bo‘lmaydi. Yig‘ilishda ta’lim
samaradorligini oshirish haqida gapirildi. Do‘stning aybini
yuziga aytish kerak. Oyni etak bilan yopib bo‘lmaydi. Bu
mavzuni o‘qish shart emas. Endi qattiq o‘qishga to‘g‘ri keladi.
Atov gap va so‘z gaplar ham shaxsi noma’lum gaplardir.
49-dars
ATOV GAP
Bilib oling
Atov gap – so‘zlovchi ko‘z o‘ngida biror voqeahodisani, narsa-buyum yoki davrni gavdalantirishga,
xotira yoki xayolida ular bilan aloqador voqea-hodisani
tiklashga xizmat qiluvchi vosita.
Atov gap bitta so‘zdan iborat bo‘lishi ham,
aniqlovchi bilan kengayib kelishi ham mumkin: 1. Bahor.
2. Erta bahor.
50-dars
SO‘Z-GAP
Bilib oling
Bir so‘z «qotib qolgan» birikma shaklida bo‘lib, boshqa so‘z bilan kengayish imkoniyatiga ega bo‘lmagan
gap so‘z-gap deyiladi. So‘z-gap tasdiq, inkor, so‘roq,
taajjub, his-hayajon kabi ma’nolarni ifoda etib, ular
matn bilan bog‘liq bo‘ladi. So‘z-gap, asosan, modal va
his-hayajon munosabatlarini ifoda etgani uchun ham
ko‘proq dialogik va ba’zan monologik nutqqa xosdir.

Download 39.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling