Bilib oling
So‘z birikmasi hokim so‘zning qaysi turkumga oid
so‘z bilan ifodalanishiga qarab, ikki guruhga bo‘linadi:
otli so‘z birikmasi, fe’lli so‘z birikmasi.
Otli so‘z birikmasida hokim so‘z ot, sifat, son, ravish
va otlashgan so‘zlar bilan ifodalanadi: shaharning
ko‘chalari, hammasidan katta, chumchuqning chug‘urchug‘uri, o‘quvchilarning beshtasi, do‘stlarning barchasi,
o‘qdan tez kabi.
Fe’lli so‘z birikmasida hokim so‘z fe’l bilan ifodalanadi: kitobni o‘qidi, daftarga yozmoq, tez yugurgan, ohista
gapirish, ta’sirli so‘zlab, zavq bilan o‘qimoq.
24-dars
SO‘Z BIRIKMASI VA SO‘ZLAR
QO‘SHILMASI, QO‘SHMA SO‘Z
Bilib oling
So‘z birikmasi so‘z qo‘shilmasi (teng bog‘lanish) va
qo‘shma so‘zga o‘xshaydi. So‘z birikmasi va so‘z
qo‘shilmasi nutqda hosil qilinadi. Qo‘shma so‘z nutq
jarayonigacha mavjud bo‘ladi. Shu boisdan u lug‘atlarda aks etadi.
MUSTAHKAMLASH DARSLARI
25–26-darslar
MUMTOZ MATN VA LUG‘ATLAR
BILAN ISHLASH
27-dars
«ENG CHIROYLI VA TA’SIRCHAN NUTQ»
TANLOVI
4-BO‘LIM
GAP
Eslatma
So‘z yoki so‘zlar vositasida anglashilgan fikr gap
deyiladi.
28-dars
GAPNING IFODA MAQSADI
Bilib oling
Nutqimizda gaplar quyidagi maqsadlardan biri
uchun ishlatiladi:
1) xabar berish;
2) so‘rash, aniqlash;
3) buyurish, undash;
4) istak, xohish bildirish.
Shu sababli gapning ifoda maqsadiga ko‘ra darak gap,
so‘roq gap, buyruq gap, istak gap turlari ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |