3 1-sentabr – mustaqillik kuni


Download 39.94 Kb.
bet7/22
Sana16.01.2023
Hajmi39.94 Kb.
#1096456
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22
Bog'liq
8-sinf Ona tili qoidalar

Bilib oling
Ilmiy inshodan o‘quvchilarning ilmiy fikrlash darajasini aniqlash uchun foydalaniladi.
Bunday inshoda ilmiy tushuncha va terminlar,
dalillar ko‘p ishlatiladi. Ilmiy insho tili bo‘yoqdorlik va
ta’sirchanlikdan xoli bo‘ladi.
19-dars
Mustahkamlash darsi
AYNI BIR AXBOROTNI BADIIY VA ILMIY
BAYON QILISH
20–21-darslar
YOZMA NAZORAT ISHI VA UNING TAHLILI
3-BO‘LIM
SINTAKSIS, OHANG VA TINISH
BELGILARI
22-dars
SINTAKSIS HAQIDA UMUMIY
TUSHUNCHA. SO‘Z BIRIKMASI
Bilib oling
Mustaqil so‘zlarning nutqda bog‘lanishidan so‘z birikmasi hosil bo‘ladi. So‘z birikmasi bo‘lish uchun:
1) kamida ikkita mustaqil so‘z bo‘lishi lozim;
2) bu so‘zlar ma’no jihatdan mos bo‘lishi kerak;
3) so‘zlarning biri ikkinchisiga ergashishi, ya’ni tobelanishi zarur;
4) qo‘shimcha va yordamchi so‘zlar mustaqil so‘zlarni bog‘lashi kerak.
Eslatma
So‘zlar bog‘lanishida oldin kelgan so‘z tobe so‘z,
keyin kelgan so‘z hokim so‘z deyiladi.
Tobe so‘z hokim so‘z ma’nosini izohlaydi, to‘ldiradi.
Nutqda biri ikkinchisini izohlamaydigan bog‘lanishlar ham mavjud: olma va anor; o‘qidi va yozdi; Salim,
Halim
kabi.
23-dars
TENG VA TOBE BOG‘LANISH
Bilib oling
Bir mustaqil so‘z boshqa mustaqil so‘zni izohlaydigan bog‘lanish tobe bog‘lanish deyiladi.
Bir mustaqil so‘z boshqasiga ergashmay, izohlamay
bog‘lansa, teng bog‘lanish deyiladi.
So‘zlarning teng bog‘lanishi so‘z qo‘shilmalarini hosil qiladi: yoshlar va kelajak, otam bilan onam, oy
hamda quyosh.
Teng bog‘lanishda tobe va hokim so‘z bo‘lmaydi, ikkala so‘z ham teng huquqli bo‘ladi.

Download 39.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling