3 1-sentabr – mustaqillik kuni


Download 39.94 Kb.
bet3/22
Sana16.01.2023
Hajmi39.94 Kb.
#1096456
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
8-sinf Ona tili qoidalar

Ikkinchi matn
ALISHER NAVOIY
Buyuk o‘zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy
1441-yilning 9-fevralida tug‘ildi. Shoirning she’rlari XV asrning 60-yillaridayoq mashhur bo‘la boshladi. Shoirning ilk
devonlari bundan darak beradi.
Yillar o‘tishi bilan Alisher Navoiy asarlarining shuhrati
ortib bordi va butun jahonga tarqaldi. Yevropa va Osiyodagi barcha davlatlarda Alisher Navoiy kitoblarining yoyilishi, ularning o‘nlab tillarga tarjima qilinganligi buning
yorqin dalilidir.
Alisher Navoiy asarlari o‘zining badiiyligi, mazmundorligi va go‘zalligi bilan Nizomiy Ganjaviy, Sa’diy, Hofiz
Sheroziy, Abdurahmon Jomiy asarlaridan ustun turar edi.
Shuning uchun uning ustozi, fors-tojik adabiyotining ulkan
namoyandasi Abdurahmon Jomiy Alisher Navoiy ijodi xususida shunday deb yozgan: «Shukrlar bo‘lsinki, u she’rlarini turkiy (ya’ni o‘zbek) tilida ijod qilgan. Agar u forsiy
tilda ijod qilganda, bizning asarlarimizni hech kim o‘qimas
edi».
Bilib oling
Ma’lumotnoma matnida voqea-hodisa yoki holat
haqida oddiy axborot beriladi. Bunday matn obrazlilik
va bo‘yoqdorlikdan, badiiy-tasviriy vositalardan xoli
bo‘ladi. Ma’lumotnoma matnida so‘zlovchi axborotni
o‘z nuqtayi nazarisiz, xolis bayon qiladi.
Rasmiy matnlar ma’lumotnoma matniga misol bo‘-
ladi.
Ijodiy-tavsifiy matnda dalillar so‘zlovchi yoki
yozuvchining shaxsiy munosabati, nuqtayi nazari asosida ifodalanadi; badiiy-tasviriy vositalar qo‘llanishi
mumkin.
Ilmiy, publitsistik va badiiy matnlar, shuningdek, insho ham ijodiy-tavsifiy matnning ko‘rinishlari.
11-dars
INSHO – IJODIY ISH
Insho arabcha so‘z bo‘lib, «yaratish», «bino qilish»,
«qurish» ma’nosini beradi. Hozirgi tilimizda bu so‘zning
ma’nosi ancha torayib, asosan, o‘quvchi va talabalar tomonidan yoziladigan «ijodiy yozma ish» ma’nosida qo‘llanadi.
Insho – muallifning ma’lum bir mavzu asosida o‘z
fikrlarini yozma shaklda bayon qiluvchi kichik asar. Inshoda muallifning so‘z qo‘llash mahorati, fikrlash ko‘-
nikmasi, bilim va dunyoqarashi, savodi namoyon bo‘-
ladi.
Insho – o‘quvchi yaratadigan matn turi. Unda ma’lum
bir mavzu mustaqil ravishda ochib beriladi. Inshoda o‘quvchining o‘z fikrlarini yozma shaklda to‘g‘ri, ravon, savodli
bayon qilish malakasi aks etadi.
Inshoda mavzu bo‘yicha bilimlar yuzaga chiqadi.
Yozuvchi va shoirlar, olim va muxbirlar o‘zi yozadigan
asar, ilmiy ish, maqolaga katta mas’uliyat bilan qaragani
kabi o‘quvchi ham insho yozishdan oldin unga har tomonlama tayyorlanishi lozim.
Katta-katta olimlar ijodiy ishlarini o‘quvchilik paytida
insholardan boshlashgan.
Insho yozish uchun, avvalo, bilim egallash zarur. Takror
va takror yozish natijasida esa insho yozish ko‘nikma va
malakasi shakllanadi. Yaxshi inshoning zamirida boy bilim
va tinimsiz mashq yotadi.
Har qanday ish tartib bilan bajarilganligi kabi insho
ham reja asosida yozilishi kerak. Puxta reja inshoning sifatini ta’minlashga xizmat qiladi.
Inshoda o‘quvchining o‘z fikri va boshqa manbalardan
olgan ma’lumotlari ajralib turishi kerak. Boshqalarning fikrini o‘zinikiday qilib berish ko‘chirmakashlik sifatida salbiy baholanadi.
Inshoning har bir turi o‘ziga xos shakl va mazmun xususiyatiga ega.

Download 39.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling