3-Amalliy mashg’ulot ( soat ) Mavzu: Xamir mahsulotlaridan taomlar tayyorlash texnologiyasini o’rganish. Ishdan maqsad


Download 1.59 Mb.
bet3/4
Sana15.06.2023
Hajmi1.59 Mb.
#1485389
1   2   3   4
Bog'liq
23-amaliy Taom tayyorlash kunduzgi

Achitqisiz xamir. Achitqisiz xamir tayyorlash uchun oqsil mahsuloti, cho'ziluvchanlik darajasi yuqori bo'lgan un ishlatiladi. bunday undan yana oz miqdorda tuxum, sut, shakar mahsuloti qo'shib biroz. suyuqroq xamir va pirog, oladya, bulamiq va shunga o'xshash mahsulotlar tayyorlanadi. Achitqisiz xamir tayyorlashda ko'zda tutilgan mahsulotlar bir yo'la aralashtiriladi (17-rasm).
35—40℃ darajagacha isitilgan sut yoki suvga eritilgan va elakdan suzilgan xamirturush, shakar, tuz, tuxum yoki melanj. elangan un solib qo'lda yoki xamir qoruvchi mashinada bir xil quyuqlikda aralashtirib xamir qoriladi. Tayyor holga kelishidan 2—3 daqiqa avval o'simlik yogi yoki yumshatilgan margarin qo'shiladi. Bu xamirdagi cho'ziluvchanlik holati buzilishini kamaytiradi. Xamir aralashtirilib bir xil quyuqlikka kelganda tayyor bo'ladi.
Bundan tashqari, tayyor bo'lgan xamir qo'ldan va xamir qorilayotgan idishdan oson ajraladi.
Idishdagi xamir usti toza dasturxon yoki sochiq bilan berkitilib, 30—40°C haroratli xonada 3—4 soat davomida achitiladi. Achitish jarayonida xamir 2—3 marta ezilib, havosi chiqarib yuboriladi.
Xamir hajmi 2,5 barobar oshib, yuza qismi shishgan, o'ziga xos xushbo'y spirt hidi anqib tursa, bu xamir tayyor bo'lganligidan dalolat beradi.
1 kg un uchun 62 g shakar. 25 g margarin, 15 g tuz, 25 g xamirturush 450 g suv ishlatiladi.

Xamirturushsiz xamir tayyorlash.
Chuchvara uchun xamir. Oliy yoki 1-nav un elanib, tog' usulida to'planib, o'rtasiga suv, xom tuxum, tuz qo'shilgan holda aralashtirib moq bilan bosib bilish mumkin. Agar xamir barmoq bilan bosilgandan keyin yana asl holiga qaytsa, bu uning tayyor bo'lganligidan dalolat beradi.
Chuchvara uchun xamir qorishda xamir qoruvchi mashinadan foydalaniladi. Buning uchun xamir qoruvchi mashina qozoniga elangan un, xom tuxum, tuz, 30—35°C haroratdagi tuzli suv solinib, mashina ishlatilib bir xil quyuqlikdagi xamir hosil qilinadi. Tayyor xamir ustidan ho'l sochiq yoki mato yopilib, 20—30 daqiqa tindiriladi. Bunda kraxmal bo'kib yelim holiga kelishi hisobiga xamir tarkibi cho'ziluvchan holatga keladi.
Un 700 g, tuxum 60 g, suv 260g, tuz 15 g. Sof og'irligi 1000 g.
Go'sht qiymasi. Mol yog'li lahm go'shti bo'laklanib, go'sht qiy-malovchi mashinadan o'tkaziladi va mayda chopilgan piyoz, tuz, ziravor, sovuq suv (18—20%), biroz shakar, yanchilgan murch solib bir xil holatga kelguncha aralashtiriladi. Agar yog'liq go'sht qiymasidan tayyorlansa, mayda chopilgan karam ishlatish ham mumkin.

Download 1.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling