3 Asosiy qism bob. Graduonimiya haqida ma’lumot


Bidirlamoq, chug‘illamoq, g‘ujillamoq


Download 115.1 Kb.
bet15/27
Sana27.01.2023
Hajmi115.1 Kb.
#1130662
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27
Bog'liq
graduonimiya

Bidirlamoq, chug‘illamoq, g‘ujillamoq. Bu darajalanish qatorini tuzishda gapirish harakatining tezligiga ahamiyat qaratamiz, bidirlamoq fe’li tez, labi labiga tegmay gapirmoq ma‟nosini bersa, g’ujurlamoq betinim sayramoq,
gapirmoq ma‟nosini beradi, shunga ko’ra darajalanish qatorida biri boshida biri oxirida joylashgan.
Juda ko’p bidirladingda.
Sanobar Salima bilan juda chug’illab urushdi. Qizlar bir-biridan qolmay g’ujullashadi.
Piching qilmoq, kinoya qilmoq, kesatmoq, zaharxanda qilmoq.
Bu fe’llarni ham darajalanish qatoriga terishda salbiy bo’yoqning oshib borishiga ahamiyat qaratdik. Bular past bo’yoqdan kuchli bo’yoqqa qarab oshib borgan.
U shunchalik nafrat bilan gapirardiki, har gapida piching qilardi. U odamni teshib o’tadigan darajada kinoya qildi.
Shu gapni nuqul kesataverasanmi?
Qalandarov zaxarxanda qildi: - O‘zingiz ishbilarmon qizsiz! Sizga bizning yordamimiz kerak emas! (A. Qahhor)
Mayna qilmoq, kalaka qilmoq, masxaralamoq, mazax qilmoq. Bu fe’llar kimnidir ustidan uning yomon sifatini aytib kamsitish kulish ma’nosini bildiradi, shunga ko’ra ularni darajalanish qatoriga joylashtirdik va ular mazax ma’nosiga ega bo’lgan so’zlar ma‟lum shaxs, uning xarakteri yoki biror qilig’ini kulgili qilb ko’rsatadigan, bu shaxsga nisbatan salbiy emotsiya uyg’otadigan gaplar gapiradi.
Bechora bolani unaqa mayna qilmanglar. Uning gaplarini hamma bolalar kalaka qilardi. Mening yurishimni qizlar masxaralashdi.
O‘gay onasi uning ko’ngli to’lib gapiganini mazax qilib kuldi.
Tabriklamoq, qutlamoq, muborakbod etmoq23. Bu fe’llar ko’tarinki tantanavor ruxga ega bo’lgani uchun, tantanavor ruhning oshib borishiga qarab darajalanish qatorigajoylashtirdik.
Hurmatli ustoz, sizni bugungi ayyom bilan tabriklayman.
Bu kunga yetganlar bor, yetmaganlar bor, sizni bugungi kun bilan chin dilimdan muborakbod etaman.
Urishmoq, So‘kmoq, qarg‘amoq, la’natlamoq. Bu fe’llar odamni xafa qilmoq bo’yog’iga ega va salbiy ma’no kasb etadi, shunga ko’ra ularni salbiybo’yoq oshib borishiga qarab darajaladik.
Dadam bir kun ayamni urushib berdi.
Qizargan ko’zlari bilan dadamga yeb qo’ygudek bo’lib qaradi-yu chaparosta qilib so’ka ketdi. ( A.qahhor )
Xalq dadil boradi. Ayniqsa xotin-qizlar dadil. Ular nikolaydan tortib ellikboshiga qadar hammani qarg’ashadi. ( oybek, Qutlug’qon)
U butun umriga qo’shib o’zini lanatladi.

Download 115.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling