Kaltaklamoq, do‘pposlamoq, po‘stagini qomoq. Bu fe’l va frazeologizmlar qattiq tanqid qilmoq ma’nosini beradi va shu bo’yoqningoshib borishiga qarab darajalanadi, fikrimizni misollar bilandalillaymiz.
Bugun seni rosa gap bilan kaltaklashadiganga o’xshashyapti
U bu qadar tanqid ostiga olinib do’pposlanishini kutmagani uchun dovdirab qoldi.
Bu ketishda majlisda po’stagimni qoqib qo’limga berishadi.
To‘nkamoq, tuhmat qilmoq, bo‘xton qilmoq. Bu fe‟llar faqatgina ayblash amalini emas nohaq ayblash amalini bildiradi shunga ko’ra salbiy bo’yoq oshib darajalanish qatorini tashkil qiladi.
Hamma aybini menga to’nkab, o’zi suvdan quruq chiqdi. Menga bunaqa tuhmat qilmang, aylanay.
Menga ishoning, men bunday ishga qo’l urmaganman, u menga bo’xton qilyapti.
Hamma aybni menga to’nkadi qo’ydiyu, o’zi har galgidek suvdan quruq chiqdi.
Gap qilmoq, g‘iybat qilmoq, orqasidan tosh otmoq. Bu fe‟llar biror odam to’g’risida boshqa odamga mish mish gaplar gapirish amalini bildiradi, bu ma’noushbufe’llarning umumiy ma’nosini tashkil qilsada, lekinma’no
kuchayib boradi. Shunga ko’ra darajalanish qatorini tashkil qiladi, fikrimiz asosin quyida keltirilgan misollardan ham oydinroq ko’ramiz.
Bu ayollar qizimni qachon tinch qo’yib, gap qilishmas ekan?
Mahalladagi ayollar juda yomon bo’lishgan, biri biri bilan urishgan, biri birinining g’iybatini qilgan.
Nimaga buncha begunoh odam orqasidan tosh otdingiz.
Undamoq, da’vat qilmoq, buyurmoq. Bu fe‟llar nutqiy da‟vatni bildiradi va izohli lug’atda biror ish harkatni bajarishga chaqirmoq ma‟nosi quyidagi fe‟llar uchun umumiy ma‟no ekanini guvohi bo’lamiz. Shunga ko’ra quyidagi darajalanish qatoriga joylashtiramiz, fikrimizni quyidagi misollar bilan yanada ishonarliroq qilibyoritamiz.
Men xohlamasam ham shu ishni qilishga meni undadi.
Sizsaylovdaodamlarnimengaaaovozberishgada’vatqilingda. Sen menga hali uyalmay netmay shu ishnibuyuryapsanmi?
Do'stlaringiz bilan baham: |