Umid qilmoq, istamoq, xohlamoq. Bu fe’lar istak xohishni kuchayib borishini ifodalaydi va bu fe’llarning umumiy ma‟nosini tashkil etadi, shunga qararamay bu fe’llar orasidagi ma’no darajasidagi farqni kuzatishimiz mumkin.Va shu ma’noni darajasiga qarab graduonimik qatorga joylashtiramiz.
aldayman, aldasaam do’st bo’lolmayman…… na o’zimga, na-da senga….. ( G. Ernazarova, Tiyramoqtushlari)
Men ham sen buyurganingday emas,o’zim istaganimcha yashashni istayman. (G. Ernazarova, tiyramoqtushlari)
Men seni ko’rishni qanchalik xohlashimni bilsang edi.
Sezmoq, anglamoq tushunmoq. Bu darajalanish qatorini boshida turgan sezmoq fe’li sezgi organlari orqali his etmoq ma‟nosini anglatadi va shu munosabatni ifodalanishiga qarab darajalanish ortib boradi. Shu munosabatning ortishiga asoslanib darajalanish qatorini tuzdik.
Men qilayotgan ishimning xatoligini ich ichimdan sezib turardim. Ana endi sening bu ishdan maqsading aslida nima ekanini angladim. Seni juda yaxshi tushundim.
Esdan chiqarmoq, unutmoq. Bu fe‟llar anglatgan umumiy ma‟no yodidan, xotirasidan ko’tarilmoq ma’nosi bo’lsada, bu fe’llarda ham darajalanish kuzatiladi va ularni quyidagicha darajladik hamda fikrimizni misollar bilan ko’rsatishga harakatqildik.
Men sen haqingdagi barcha xotiralarni allaqachon esimdan chiqarganman. Maktab yotqxonasida o’tkazgan birinchi tunimni hanuz unutolmayman. (G.Ernazarona, tiyramoqtushlari.)
Achinmoq, afsuslanmoq, pushaymon qilmoq.25
Bu fe‟llar afsuslanish ma‟nosini o’zida umumiy ma‟no sifatida saqlasada, lekin baribir ma‟noning past darajadan yuqori darajaga ko’tarilib borishini ko’ramiz, buning aniqroq ifodsini misollardan anglaashimiz mumkin.
Bugun uning uchun dunyo faqat oq va qora ranglardangina iborat, endi u hech kimni sog’inmaydi, hech kimga achinmaydi (doimiy sogg’inch ham oxir oqibat odamni bag’ritosh qilib qo’yarkan) ( G. Ernazarova, tiyramoq tushlari)
Do'stlaringiz bilan baham: |