3 Asosiy qism bob. Graduonimiya haqida ma’lumot


ajablanmoq, taajublanmoq, hayratlanmoq


Download 115.1 Kb.
bet21/27
Sana27.01.2023
Hajmi115.1 Kb.
#1130662
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   27
Bog'liq
graduonimiya

ajablanmoq, taajublanmoq, hayratlanmoq.
Bu fe’llar hayratda qolmoq, hayron bo’lmoq ma’nosi asosida birlashsada, darajalanish qatori tomon ma’no oshib boradi.
Nega ajablanasan?
Sening bu ishlaringga tajublandim, to’g’risi.
Yo, Razzoq,seni umid qilib, hayratlanib va hatto anglamay sevaman, biroq qo’rqib sevsam ishonma, bu sevgimdan quvonma, qo’rqsam aldayman, aldasam do’st bo’lolmayman…. na o’zimmga, na-da senga.
Tusamoq, xohlamoq, istamoq.
Biror narsaga ko’ngli sus ketmoq ma’nosi asosida birlashuvchi fe’llar ma’noning kuchlilik pastlilik darajasiga ko’ra farqlanadi. Buni biz misollar orqali ham kuzatishimiz mumkin.
Bor-yo’g’i yashayapman, ixtiyoring o’zingda deysanu, imkon bermaysan, negadir yolg’izlik tusadi, ungaintildim.
Sizni baxtli bo’lishingizni xohlayman.
Azoblardan qutqarishga qodir xaloskorim- o’lim tanamga muhrini qo’yishni istadim. (G.E, Tiyramoq tushlari)11
Harakat qilmoq, intilmoq
Bu fe’llar biror bir shaxsning harakat natijasiga erishguniga qadar bo’lgan harakatini bildiradi va darajalanish ham shunga ko’ra ortib boradi.
Men seni bu qiynoq va azoblardan qutqarishga harakat qildim.
Negadir ko’nglim yolg’izlik tusadi unga intildim.(G. E, Tiyramoq tushlari)



11 Gulnoza Ernazarova, Tiyramoq tushlari.
Uyqusi o’chmoq, uyg’onmoq, bedor bo’lmoq.
Bu fe’llarning darajalanish qatorini tuzishda ularda kuzatilgan ma’no darajasiga ahamiyat qaratdik. Darajalanish qatorining boshidagi fe’lning ma’nosi nisbatan boshlanish oxiridagi fe’lning ma’nosi esa o’z nihoyasiga yetganini ko’rsatib turibdi.
U bu ish haqida o’ylasa hatto uyqusi o’char edi.
Ilonlaru chayonlarga to’la qum barxanlari orasidan o’g’limning zorlanib, chinqirib yig’laganini eshitaman, qora terga botib uyg’onaman.
Oh, bu azobli, uyqusiz bedor bo’lib o’tkazgan tunlar
Qaltiramoq, titramoq.
Biror narsani eshitib qaltirash, yoki sovuqda qaltirash ma’nolarini o’zida birlashtiruvchi bu fe‟llar bir biridan kuchli kuchsiz ma‟no ifodlashiga ko’ra farlanadi. Buni biz ushbu misollardan hamko’ramiz.
Bu daxshatli xabarni eshitib butun avzoyi badani qaltirab ketdi. Endi butun vujudi titray boshladi.
Iztirob chekmoq, qiynalmoq, olov bo’lib yonmoq.
Bu fe‟llarning umumiy manosini qiynalish ifodalasada, lekin ma‟no darajasining oshishi bilan bi biridan farq qiladi. Va darajalanish qatoriga quyidagicha joylashtiriladi.
Uning suhbatlaridan dilim yayrab, ruhim yaralariga malham topganimdan yana shu eski dardim xuruj qila boshladi, u qo’limdan tutgan lahzadan boshlab qanchalar baxtiyor bo’lgan bo’lsam shunchalar tashlab ketsa-ya degan qo’rquv vahimasidan iztirob chekardim. (G.E, Tiyramoq tushlari)
Onang bechorani shunshalar ham qiynaysanmi, nomard! Bu dard ichimni juda kuydirar ichim olov bo’lib yonaredi.

Download 115.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling