Jerkimoq, siltamoq. Bu fe’llar salbiy bo’yoq anglatadi va o’zida yomon ko’rish bo’yog’ini saqlaydi va bu bo’yoq ortib borishiga ko’ra darajalanish qatorida joylashadi.
Bola onasiga mehr bilan yaqinlashgani sayin, ona bag’ritoshlik bilan bolasini jerkirdi.
Ona qanchalik bolasini erkalagani sayin o’g’il uni siltab tashlardi.
Tahqirlamoq, nafsoniyatiga tegmoq , haqorat qilmoq.
Bu fe’llar kimnidir juda ayovsiz haqoratlamoq bo’yog’iga egalikni bildirgani uchun salbiy bo’yoqdorlik ma‟nosi oshib borishiga qarab darajaladik.
Shuningdek, bu fe’llar insonda tahqir hissini uyg’otish uchun qo’llanadi.
Nega meni buncha tahqirlaysiz?
Bu gaplar, tuhmatlar uning nafsoniyatiga tegsada, tishini tishiga qo’yib chidardi. Men seni o’shanda haqorat qilib emas, suyib sinchalak degan edim demoqchi bo’ldi. (A.Qahhor)
Til tekkizmoq, shaxsiyatga tegmoq, dashnom bermoq24. Bu fe‟llarning ma’nosihamhaqoratbo’yog’igaegavayuqoridagife’llarma’nosigaqaysidir ma’noda yaqin. Bu fe’llarni ham darajalanish qatoriga joylashtirishda salbiy bo’yoqning oshib borishini inobatgaoldik.
Sen meni onamga til tekkizma!
U meni shunday gaplar bilan haqoratladiki, uning gaplari mening shaxsiyatimga tegdi.
Bu traktorist menga shuncha dashnom berib, ko’ngil uchun bir marta “ ta’bir joiz ko’rilsa” demadi. ( A. Qahhor)
Akillamoq, irillamoq, qopmoq. Bu fe’llar ko’chma ma’noda salbiyemotsiya uyg’otish uchun qo’llanadi va ko’chma ma‟noda qo’llanib kelganda, bu bo’yoqlarni taqozo etadi. Shu xususiyatiga ko’ra darajalanish qatoriga joylashtirdik.
Ey, ko’p kuchukka o’xshagan akillama. Farruhning jahli chiqqanidan irilladi.
Yaxshi topib gapirar, yomon qopib gapirar.( maqol)
Do'stlaringiz bilan baham: |