3-bob. Mehnat va ish haqi hisobi


Download 433.02 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/35
Sana16.06.2023
Hajmi433.02 Kb.
#1495874
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
3 Moliyaviy hisob va hisobot

Majburiy mehnat, ya’ni biron-bir jazoni qo‘llash bilan tah- 
did etish orqali (shu jumladan, mehnat intizomini saqlash vositasi 
tariqasida) ish bajarishga majburlash taqiqlanadi.
8.2. M ehnatga oid m unosabatlarni tartib solish


Quyidagi ishlar, y a ’ni:
harbiy yoki muqobil xizmat to‘g ‘risidagi qonunlar asosida 
( 0 ‘zbekiston Respublikasining «Umumiy harbiy majburiyat va 
harbiy xizmat to ‘g ‘risida»gi qonuni 32-moddasining to ‘rtinchi 
qismi, 37-moddasi va 40-moddasining beshinchi qismi);
- favqulodda holat yuz bergan sharoitlarda ( 0 ‘zbekiston Res­
publikasining «Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen 
xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘ g‘risida»gi 
qonunining 16-, 2 4 - va 25-moddalari);
- sudning qonuniy kuchga kirgan hukmiga binoan ( 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 42-, 88-, 155-moddalari 
va 13-bobi («Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar 
mehnati»));
- qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda bajarilishi lozim 
bo‘lgan ishlar majburiy mehnat deb hisoblanmaydi.
Mehnat kodeksi mehnat huquqlari va burchlarining vujudga 
kelishi yoki bekor bo‘lishi bilan bog‘laydigan muddatning o ‘tishi, 
uning boshlanishi belgilangan kalendar kunning ertasidan e’tiboran 
boshlanadi.
Jamoa shartnomasi - korxonada ish beruvchi bilan xodimlar 
o‘rtasidagi mehnatga oid, ijtimoiy-iqtisodiy va kasbga oid muno- 
sabatlami tartibga soluvchi normativ hujjatdir.
Jamoa kelishuvi - muayyan kasb, tarmoq, hudud xodimlari 
uchun mehnat shartlari, ish bilan ta’minlash va ijtimoiy kafolat- 
lar belgilash borasidagi majburiyatlami o‘z ichiga oluvchi norma­
tiv hujjatdir.
Jamoa shartnomalari va kelishuvlari xodimlar bilan ish beruv- 
chilaming mehnatga oid munosabatlarini shartnoma asosida tar­
tibga solishga hamda ularning ijtim oiy-iqtisodiy manfaatlarini 
muvofiqiashtirishga yordam berish maqsadida tuziladi.
Unumli va ijodiy mehnat qilishga bo ‘lgan o ‘z qobiliyatlar- 
ini tasarruf etish va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan har qan­
day faoliyat bilan shug‘ullanish har kimning mutlaq huquqidir. 
Ixtiyoriy ravishda ish bilan band bo‘lmaslik javobgarlikka tortish 
uchun asos bo‘lolmaydi.


Har kim ish beruvchiga bevosita murojaat etish yoki mehnat 
organlarining bepul vositachiligi orqali ish joyini erkin tanlash 
huquqiga egadir.
Ishsizlar - o ‘n olti yoshdan to pensiya bilan ta ’minlanish 
huquqini olishgacha bo‘lgan yoshdagi, haq to‘lanadigan ishga yoki 
daromad keltiradigan mashg‘ulotga ega bo‘lmagan, ish qidiray- 
otgan va ish taklif etilsa, unga kirishishga tayyor bo‘lgan yoxud 
kasbga tayyorlashdan, qayta tayyorlashdan o‘tishga yoki malaka- 
sini oshirishga tayyor bo‘lgan mehnatga layoqatli shaxslar (bundan 
ta’lim muassasalarida ta’lim olayotganlar mustasno).
Birinchi marta ish qidirayotgan, kasbi (mutaxassisligi) bo‘l- 
magan shaxslar uchun dastlabki kasb tayyorgarligini talab etilmay- 
digan ish, bunday ishni topib berish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda 
esa, ulaming yoshi va boshqa xususiyatlarini hisobga olgan holda, 
haq to ‘lanadigan boshqa ish, shu jum ladan, vaqtinchalik ish 

Download 433.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling