3-bob. Mehnat va ish haqi hisobi
F in an cial and m an agerial a cco u n tin g . 12e. Carl S.W arren, Jam es M .R e e v e
Download 433.02 Kb. Pdf ko'rish
|
3 Moliyaviy hisob va hisobot
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.1-rasm. Mehnatga haq to‘lash shakllari
- To‘g‘ri ishbay
1 F in an cial and m an agerial a cco u n tin g . 12e. Carl S.W arren, Jam es M .R e e v e ,
Jonathan E .D u ch a c . 2 0 1 4 . 108 p. 2 F in an cial and m an agerial a cco u n tin g . 12e. Carl S.W arren, Jam es M .R e e v e , Jonathan E .D u ch a c. 2 0 1 4 .1 0 8 p. 3.1-rasm. Mehnatga haq to‘lash shakllari Mehnat haqining ishbay shaklida ish haqi haqiqatda bajaril- gan ish uchun yoki bir birlik ishga belgilangan amaldagi narxlarda yaratilgan mahsulot miqdoridan kelib chiqib hisoblanadi. Mehnatni tashkil etish yo‘llaridan kelib chiqib, ishbay ish haqi yakka tartibda va jamoat turlariga bo‘linadi. Yakka tartibdagi ishbay ish haqi shaklida ishchining mukofoti o ‘zi yaratgan mahsulot miqdori, uning sifati va ishbay narxlarga to iiq b o g iiq bo‘ladi. To‘g‘ri ishbay shaklida ish haqi belgilangan ishbay narx larga muvofiq haqiqatan bajarilgan ish (mahsulot tayyorlash) bo‘yicha aniqlanadi. Masalan, ishchi bir oyda 1 lOta mahsulot bit- kazdi. Har bir mahsulotga 10000 so‘m narx belgilangan. Mehnatga haq to‘lashning oddiy ishbay shaklida ish haqi belgilangan ish bay narxlarga muvofiq haqiqatan bajarilgan ish bo‘yicha aniqla nadi. 0 ‘z navbatida, ishchining oylik ish haqi 1100000 so‘mni (110x10000) tashkil etadi. M ehnatga haq to ‘lashning ishbay-m ukofot shaklida ish haqini hisoblashda oddiy ishbay narxlardan tashqari, belgilan gan ko‘rsatkichlarni bajarganligi yoki ortig ‘i bilan bajargan- ligi uchun qo‘shimcha ravishda mukofot hisoblanadi. Ishbay ish haqiga asosan mukofot haqiqatda ishlagan vaqtga nisbatan hisob lanadi. Masalan, ishchi bir oyda 120 dona buyum ishlab chiqardi, buyumning mehnat sig‘imi - 1,7 kishi/soat, mahsulot birligining narxi 10000 so‘m; ishlab chiqarish normasini bajarish bo‘yicha ishbay ish haqidan 5 %, har bir normadan ortiqcha bajarilgan foizga ishbay ish haqidan 1 % mukofot nazarda tutilgan. Ishchi 8 soatdan 24 smena ishladi. 0 ‘z navbatida, ishbay ish haqi 1200000 so‘mni (120x10000) tashkil etdi. Qismlami qayta ishlashga 192 soat (8 soatdan 24 smena) sarf- langan. Buyumning mehnat sig‘imi - 1,7 kishi/soat, shu sababdan vaqt normasi 106,3 % ((120xl,7)/(24x8)xl00) bajarilgan. Normani bajarganligi uchun ishbay ish haqidan 5 % miqdorida, ya’ni 60000 so‘m (1200000x5 %) mukofotni to‘lash talab eti ladi. Reja 6,3 % ga ortig‘i bilan bajarilganligi uchun qo‘shimcha ravishda yana mukofot 75600 so‘m (1200000x6,3 %) to‘lanadi. Ishchining umumiy ish haqi 1335600 so ‘mni (1200 000 + 60000 + 75600) tashkil etadi. Download 433.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling