3 I bob. Fransuz frazeologizmlari alohida semantik stilistik birlik sifatida


Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlar


Download 367.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/35
Sana23.12.2022
Hajmi367.04 Kb.
#1048327
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
fransuzcha frazeologik birliklarning etimologik talqini

Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlar. Tadqiqot davomida tahlil
qilinadigan asosiy holatlar va farazlar quyidagilardan iborat: 
1) Har qanday tilning frazeologik qatlami shu tilda so‘zlovchilarning 
madaniyati, urf-odatlari va milliy xarakteriga bog‘liq; 
2) Fransuz tili frazeologik fondining asosiy qismini tashkil qiluvchi 
frazeologizmlar, semantik jihatdan ma’lum bir turkumlarga bo‘linib o‘rganiladi; 
3) FBlar obrazlilik va ekspressivlikni vujudga keltiruvchi murakkab 
vositalar bo‘lib, ular badiiy, siyosiy, publisistik matnlarning ifodaviy 
ta’sirchanligini oshirishga xizmat qiladi. FBlarda ob’yektiv bilimlar va insonning 
ularga nisbatan sub’yektiv munosabatlari aks etgan bo‘ladi; 
4) So’zlashuv FBlarining asosiy qismi ma’no jihatdan insonga qaratilgan: 
ular kishining biror fizik ruhiy, aqliy-intelektual xususiyatini, xatti-harakatini 
baholaydi. Shu sababli FBlarning ma’no tarkibida ko’pincha konnotativ element 
ishtirok etadi. Bu element FBning denotativ ma’nosiga emotsional-ekspressiv 
bo’yoqdorlik vazifasini yuklaydi. 
5) Tildagi nominativ birliklar ichida FBlar o’ziga xos semantik-uslubiy 
xususiyatlarga egaligi bilan ajralib turadi. FBlar ma’lum bir tushunchani nafaqat 
nomlash balki uning ichki stilistik o‘ziga xosliklarini ifodalash, FB ifoda etayotgan 
ma’no noziklikllarini ko‘rsatib berish xususiyatiga ham ega. 
6) Tildagi barcha boshqa birliklar kabi FBlar ham nutq momentida ma’lum 
bir funksiya bajarib keladi va bu ularning semantik-stilistik xususiyatlari bilan 
bevosita bog‘liq.
Tadqiqotning metodologik asosi. Bunda O‘zbekiston Respublikasi 
prezidenti I.A.Karimovning falsafiy va ijtimoiy asarlari, tilshunoslikning umumiy 
va xususiy nazariyasi, tilshunoslikning frazeologik qatlami doirasida (Sharl Balli, 
A.V.Kunin, V.V.Vinogradov, A.G.Nazaryan) olib borilgan tadqiqotlar muhim
ahamiyat kasb etadi. SHuningdek, tilshunoslikning grammatika, leksikologiya, 



frazeologiya va sintaktika borasidagi nazariy yo’nalishlar hamda V.V.Vinogradov, 
L.V.Sherba, V.G. Gak, A.G. Nazaryan, L.Tener , M. Arrivé, M. Galmiche, M. 
Grevisse, L. Iliya, Sh.Safarov, A.M.Bushuy, A.Mamatov, J.Yoqubov singari 
tilshunoslarning nazariy qarashlari tadqiqotning metodologik va nazariy asoslarini
tashkil etadi. 

Download 367.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling