Boshqaruvchi dasturning strukturasi. Boshqaruvchi dastur ISO-7 bit
kodida shunday tuziladiki, bunda ketma-ket joylashgan kadrlarda faqat bundan
oldingi kadrdagiga nisbatan o‘zgaradigan geometrik, texnologik va yordamchi
axborot yoziladi. Natijada mazkur kadrga yozilgan komandalar navbatdagi
kadrlarda takrorlanmaydi. Ular shu guruhdagi
boshqa komanda yoki maxsus bekor qilish
komandasi bilan bekor qilinadi. Bu boshqaruvchi
dasturni uzunligi o‘zgaruchan kadrga yozishga
imkon beradi.
Dastur tashigichning strukturasi 9.3-rasmda
ko‘rsatilgan.
Boshqaruvchi dastur % – «Dastur boshi»
simvoli bilan boshlanadi. Keyin PS (LF) – «kadr
oxiri» simvoli kelishi kerak. % simvolli kadr
raqamlanmaydi.
Raqamlash
keyingi
kadrdan
boshlanadi.
Boshqaruvchi
dastur,
agar
zarur
bo‘lsa,bevosita % («Dastur boshi») simvolidan
keyin
PS
(«Kadr
oxiri»)
simvolidan
oldin
belgilanadi. Masalan, % 12 PS boshqaruvchi
dasturning raqami 12 ekanligini bildiradi. Agar
simvollar guruhi stanokda ishlanmaydigan bo‘lsa, bu
guruh yumaloq qavs ichiga olinishi kerak. Qavslar
ichida % va: («Asosiy kadr») simvollari bo‘lmasligi
kerak.Boshqaruvchi dastur M02 – «Dastur oxiri»
yoki «Axborot oxiri» simvoli bilan tugallanishi
lozim. Perfotasma boshida va oxirida, shuningdek,
boshqaruvchi dasturlar o‘rtasida perfotasmani o‘qish qurilmasiga kiritilish
uchun rakkordlar (PUS simvollari) qoldiriladi.
9.3-rasm. Dastur tashigichning strukturasi: 1 va 19- rakkord: 2 va 12
kommentariy; 3 – yozuv o‘chirgichlar; 4 – dastur boshi; 5 – boshqaruvchi dastur
nomeri; 6, 13 va 16 – kadr oxiri; 7 – asosiy kadr; 8 – qo‘shimcha kadr; 9- asosiy
kadrni chiqarib tashlash; 10 – qo‘shimcha kadrni chiqarib tashlash; 11 –
yordamchi dastur (podprogramma)ga murojaat qilish; 14 – kadrlar o‘rtasidagi
oraliq; 15 – dastur oxiri; 17 – boshqaruvchi dasturlar o‘rtasidagi oraliq; 18 –
dastur tashigich oxiri.
PUS simvolidan keyin % simvoligacha tavsiflar yozish mumkin. Tavsif
matnida chizmaning raqami, detalning nomi, RDB stanok modeli, texnolog-
dasturchining familiyasi, sana va h.k lar ko‘rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |