3-ma’ruza: Haroratni o’lchash. Reja


Download 1.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/12
Sana28.12.2022
Hajmi1.01 Mb.
#1070532
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
TJA va NQ 3-ma\'ruza



3-ma’ruza: Haroratni o’lchash.
REJA:
1. Harorat to’g’risida tushuncha.
2. Haroratni o’lchash usullari.
3. Kengayish termometrlari.
4. Manometrik termometrlar.
5. Termoelektr termometrlar 
6. Qarshilik termometrlar
7. Nurlanish termometrlar
8. Maxsus haroratni o’lchash termometrlar. 
9. Zamonaviy haroratni o’lchash vositalari.
Harorat haqida tushuncha 
Harorat — texnologik jarayonlarning muhim parametri bo‘lib, amalda ham past, 
ham yuqori haroratlar bilan ish ko‘rishga to‘g‘ri keladi.
Jismning harorati molekulalarning issiqlik harakatidan hosil bo‘ladigan ichki kinetik 
energiyasi bilan belgilanadigan qizdirilganlik darajasi orqali xarakterlanadi. Haroratni 
o‘lchash amalda ikkalasidan birining qizdirilish darajasi ma’lum bo‘lgan ikki jismning 
qizdirilishini taqqoslash yordamidagina amalga oshirilishi mumkin. Jismlarning 
qizdirilganlik darajasini taqqoslashda ularning haroratga bog‘liq bo‘lgan va osongina 
o‘lchanadigan fizik xossalaridan birini o‘zgartirishdan foydalaniladi. 
Molekulalarning o‘rtacha kinetik energiyasi va ideal gaz harorati orasidagi bog‘lanish 
quyidagi tenglama bilan ifodalanadi: 
Agar jismlarning harorati turlicha bo‘lsa, ular bir-biriga tegib turganida 
energiyalarning tenglashuvi ro‘y beradi: yuqoriroq haroratga ega, ya’ni molekulalarining 
o‘rtacha kinetik energiyasi ko‘proq bo‘lgan jism o‘z issiqligini (energiyasini) kamroq 
haroratga ega, ya’ni molekulalarining o‘rtacha kinetik energiyasi kamroq bo'lgan jismga 
beradi. Shunday qilib, harorat issiqlik almashish, issiqlik o‘tkazish jarayonlarining ham 
sifat, ham miqdoriy tomonlarini xarakterlaydigan parametrdir. Ammo, haroratni bevosita 
o’lchash mumkin emas: uni jismning haroratga bir qiymatli bog‘liq bo‘lgan qandaydir 
boshqa fizik parametrlari bo‘yicha aniqlash mumkin. Haroratga bog‘liq parametrlarga 
masalan, hajm, uzunlik, elektr qarshilik, termoelektr yurituvchi kuch, nurlanishning 
energetik ravshanligi va hokazolar kiradi. 

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling