3-Ma’ruza mashg‘uloti. Mavzu: Mashqlar yordamida chizmachilik tushunchalarini shakllantirish. Grafik tilning tarixiy rivojlanishi asosida uning komponentlarini tanlash printsiplari. Reja


Tushunchani kengaytirish va chuqurlashtirish


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/12
Sana17.06.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1548541
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
3-Ma\'ruza. Mashqlar yordamida chizmachilik tushunchalari

7. Tushunchani kengaytirish va chuqurlashtirish. Bundan oldingi bosqich bilan 
tushunchani o‘zlashtirish bo‘yicha olib borilgan ish yakunlanmaydi. Ta’limning keyingi 
jarayoni davomida o‘quvchilar tushunchaning mazmuni bilan chuqurroq tanishadi va 
mazkur fan ichidagi turli tushunchalar bilan keyinchalik esa turli fandagi tushunchalar 
bilan aloqa va munosabatlarini o‘rganib borishadi. 


Shardakov tomonidan taklif etilgan tushunchalarni shakllantirish yo‘li ta‘lim 
jarayonida tushunchalarni shakllantirishning barcha usullarini rad etmaydi. Bu usulni 
faqatgina shunday tushunchalarni shakllantirishda amalga oshirish mumkin, ya‘ni aniq 
yaqqol materialga, hissiy idrok etiluvchi narsa va hodisalarga tayanish mumkin bo‘lgan 
hollardadir. Bunday hollarda Galperin taklif etgan “narsali” faoliyat orqali yoki 
Ardakov taklif etgan “hissiy idrok” qilish bilan tushunchalarni shakllantirishning ilojisi 
yo‘q. Bu yerda boshqacha yo‘l bo‘lishi mumkin tushunchalarni shakllantirishni 
ta‘riflash bilan boshlashdir. Bu yo‘lni Davidov taklif etadi 
Davidov hisoblaydiki, o‘quvchilarda tushunchalarni shakllantirish darhol 
umumlashtirishning 
ikkinchi 
shaklidan 
boshlanishi 
kerak. 
Uning 
fikricha, 
tushunchalarni shakllantirishning ketma - ketligi o‘quv dasturlarining tuzilishi bilan 
aniq belgilanadi. Bu dasturlarda esa tushunchalarning “mavhumlikdan aniqlikka, 
umumiydan hususiyga” tomon harakati ta‘minlanishi (muvofiqlanishi) kerak. Bu 
dasturning negizi, Davidovning fikricha, fanning “xujayralarini qayd etuvchi dastlabki 
(boshlang‘ich)” tushunchalaridan iborat bo‘lishi kerak. 
Dasturning bunday tuzilishida umumlashtirishning birinchi shakli deyarli inobatga 
olinmaydi. Davidovning fikriga ko‘ra, buning o‘zi zarur ham emasdir, “chunki, fanda 
tushunchalar allaqachon shakllangandir”. 
“Biroq, agar fanda narsaning umumiy ta’rifi topilgan bshlsa, Davidov hisoblaydi, 
olim tomonidan amalga oshirilgan emperik izlanishlarni o‘quvchi takrorlashidan qanday 
maqsad bor?” 
Ta‘limning o‘ziga xos jihati ham shundaki, aynan shu maqsadda, ya‘ni bola bu 
yerda allaqachon qo‘lga kiritilganlarni inson tomonidan tizimlashtirilgan shaklidagi 
ifodasini o‘zlashtiradi. Bu yerda olimning izlanishining natijasi hisoblangan 
tushunchalardan boshlash kerak.
Haqiqatan, tushunchani shakllantirishda uning paydo bo‘lguniga qadar fanda bosib 
o‘tilgan yo‘lini o‘quvchilar qayta shu yo‘lni boshidan oxirigacha takrorlashiga zarurat 
yo‘q. Ko‘p hollarda tushunchani shakllantirishni ilmiy ta‘rifidan boshlash maqsadga 
muvofiq 
va 
undan 
umumlashtirishning 
ikkinchi 
shakliga 
tushunchani 
muayyanlashtirishga o‘tish mumkindir. 


Demak, geometriyada perpendikulyar, to‘g‘ri burchak, uchburchak va shu kabi 
tushunchalarni shakllantirishni ta‘rifidan boshlash mumkin. Biroq, har doim ham bu 
yo‘l pedagogik oqlanmasligi va hamma vaqt ham bunga imkonning bo‘lmasligi 
muqarrar. Barchasidan avval o‘quvchilar bilimining kengayib borishi bilan birga 
mazmuni sekin asta ochilib boruvchi qiyin (murakkab) tushunchalarni shakllantirishda 
ta‘rifidan boshlashning ilojisi yo‘q. Misol uchun:
Bunday hollarda ta‘rif o‘rniga tushuntirish yoki tushunchaning belgilaridan bir 
nechtasini sanab o‘tish bilan kifoyalanamiz. Ba‘zida kursni o‘rganishning kelgusi 
bosqichlarida o‘quvchilarning bilim zaxirasi va o‘zlashtirilgan tushunchalar doirasi 
mazkur tushunchaning ta‘rifini anglash uchun yetarli bo‘lganda muntazam to‘ldiriluvchi 
to‘liq bo‘lmagan ta‘rifga yo‘l qo‘yiladi. 
Davidov “tushunchalarni o‘zlashtirishda kichik o‘quvchilarning psixolog ik 
imkoniyatlari” kitobida tushunchalarni shakllantirish jarayoniga mantiqiy ruhiy talabni 
qo‘yadi: unda asosiylari sifatida quyidagilari ifodalangan 
1. Mazkur o‘quv fanini yoki uning asosiy bo‘limlarini tashkil etuvchi tushunchalar, 
o‘quvchilar tomonidan ularning paydo bo‘lish zarurligini ta’minlovchi predmetli 
moddiy sharoitlarini ko‘rib chiqish yo‘li bilan o‘zlashtirilish kerak. Boshqacha 
aytganda, tushunchalar o‘quvchilarga “tayyor bilim” sifatida berilishi kerak emas. 
2. Umumiy va mavhum xarakterdagi bilimlarni o‘zlashtirish xususiy va muayyan 
bilimlar bilan birgalikda olib borilishi zarur. Oxirgilari birinchilaridan o‘zlarining 
yagona asosidan xulosa o‘rnida keltirilib chiqariladi, bu tamoil tushunchani kelib 
chiqishini aniqlashtirishga qo‘yilgan talabga mu vofiqdir. 
3. U yoki bu tushunchalarning predmetli moddiy manbaalarini o‘rganishda 
o‘quvchilar birinchi navbatda mazkur tushunchalarning berilgan barcha ob’ektlarini 
strukturasi va mazmunini, umumiy aloqalarini aniqlab beruvchi genetik kelib yaiqishini 
topishlari lozim. 
4. Bu aloqani uning xossasini “sof holda” o‘rganishga imkon beruvchi narsali, 
grafik yoki belgili modellari yordamida (ular ustida) ko‘rib chiqish zarur. 
5. O‘quvchilarda shunday narsali faoliyatlarni maxsus, atayin shakllantirish 
kerakki, bu orqali ular o‘quv materialidagi ob’ektlarni aniqlab va ularning muhim 


aloqalarini modellarda ko‘rib chiqishi, so‘ng esa uning hossalarini o‘rganib olishlari 
kerak. 
6. O‘quvchilar asta-sekin va o‘z vaqti bilan narsali faoliyatlardan ulami fikran 
bajarishga o‘tishlari lozim. 
Muallif tasdiqlaydiki, o‘quv fanlarninig bunday tuzilishi ta’limni shunday tashkil 
etishga imkon beradi, ya’ni bu jarayonda kichik yoshdagi o‘quvchilar odatda katta 
sinfdagi o‘quvchilarga tegishli bo‘lgan tushunchalarni to‘liq egallashadi. Bu 
tushunchalarni o‘zlashtirish o‘quvchilarda nazariy tafakkurni shakllanishiga olib keladi. 
Ta‘lim jarayonida o‘quvchilarda tushunchalarni shakllantirishning usullarini 
yuqorida aytilgan va mazkur ish muallifining nuqtai nazarlarni solishtirsak, shunday 
xulosaga kelamiz. Davidov o‘zi endi “olimning emperik izlanishini takrorlash” deb 
xarkterlangan va birinchi shakldagi umumlashtirish bosqichinig kategorial shaklini 
inkor etmaydi, bu yerda tushunchaning kelib chiqishining “predmetli moddiy sharoitini 
ko‘rib chiqish” ning zarurligi tan olinmoqda. Endi u tushuncha bolalarga “tayyor bilim” 
shaklida berilishi kerak emas deb tasdiqlaydi. Shuningdek yana “narsali faoliyatlardan 
asta-sekin va o‘z vaqtida ularni fikran bajarishga o‘tish” zarurligini ham ko‘rsatgan.
Ta‘limda ilmiy tushunchalarni shakllantirish usullarining ko‘rib chiqilgan nuqtai 
nazarlarning tahlili shuni ko‘rsatdiki, har bir muallif o‘zi taklif etayotgan usulni yagona 
to‘g‘riligini isbotlashga intiladi, bu degani, barcha tushunchalarni, ularning 
mazmunidan va bolalardagi ularni o‘zlashtirishiga bo‘lgan tayyorgarligik darajasidan 
qat‘iy nazar, universaldir deganidir. 
Biz shunga o‘xshash tasdiqlarni amalda noto‘g‘ri deb hisoblaymiz. Kichik 
yoshdagi maktab o‘quvchilarning ta‘lim jarayonidagi tushunchalarni shakllantirish 
usullarinikatta yoshdagilariga o‘tkazish mumkin emas. Elementar matematk, geometrik 
tushunchalarni shakllantirish uchun yaroqli metodlarni qiyin tabiiy ilmiy tushunchalarga 
qo‘llash mumkin emas. 
Biz o‘quvchilarda tushunchalarni shakllantirish turli xil usullar va metodlar orqali 
amalga oshirilishi mumkin (va kerak) deb hisoblaymiz. Tushunchalarni shakllantirish 
usuli, bosqichlarining navbati bilan ketma ketligi shakllantiriluvchi tushunchalarning 
mazmunidan, o‘quvchilarning umumiy rivojlanganligi darajasidan, ulardagi mavjud 


tushunchalar bazasidan kelib chiquvchi tajribalaridan, bilish qobiliyatlari va 
tasavvurlarining darajasidan va boshqalardan kelib chiqib aniqlanishi kerak. 

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling