3-Ma’ruza mashg‘uloti. Mavzu: Mashqlar yordamida chizmachilik tushunchalarini shakllantirish. Grafik tilning tarixiy rivojlanishi asosida uning komponentlarini tanlash printsiplari. Reja
Grafik tilning tarixiy rivojlanishi asosida uning komponentlarini tanlash
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
3-Ma\'ruza. Mashqlar yordamida chizmachilik tushunchalari
5. Grafik tilning tarixiy rivojlanishi asosida uning komponentlarini tanlash printsiplari. T.N.Qori Niyoziy aytganidek, “bir termin oydinlashsa, ikkinchisi paydo bo‘ladi.bu protsess chegaralanmagan va hech vaqt tugallanmaydi” Darhaqiqat, T. N. Qori Niyoziy til va terminologiyaning rivojlanishi natijasida terminlarning oydinlashib, takomillashib borishi lozimligini o‘rinli ta’kidlab o‘tgan. Hozigi davrda hatto uning asarlarining nomi ham terminologik jihatdan kamchiliklarga ega ekanligi yaqqol bo‘lib qoldi. Masalan, T.N. Qori Niyozining “Asosiy matematik analiz kursi” nomli kitobini olaylik. Rus tilidagi “Основной курс матемаеческого анализа”ш o‘zbek tiliga so‘zma so‘z tarjima qilinishi natijasida “asosiy matematik analiz kursi” hosil bo‘lgan. Lekin, bundan “matematik analiz asosiy va asosiy bo‘lmagan bo‘limlarga bo‘linishi” haqidagi noto‘g‘ri xulosaga kelish mumkin. Aslida esa gap kursning asosiyligi ustida boryapdi. Shuning uchun “asosiy matematik analiz kursi” emas, balki “matematik analiz kursi” bo‘lishi lozim. Biz shu matematik analiz kursi kitobida chizmachilik va chizmachilik geometriya fanlarida ham qo‘llaymiz. Grafik tilning terminologiyasi rivojlanishining uchinchi davri (1946-yildan boshlab) o‘zbek grafik tilning terminologiyasini tartiblashtirishga ilmiy jihatdan alohida e’tibor berilishi bilan xarakterlanadi: o‘zbek tilining ichki imkoniyatlar i asosida yangi terminlar yaratildi va ruscha- baynalminal so‘zlarni o‘zlashtirish tufayli o‘zbek grafik tilning terminologiyasi boyidi. Bu davr mahalliy avtorlar tomonidan maktab va oliy o‘quv yurtlari uchun o‘quv - metodik qo‘llanmalar yaratilishida yangi bosqich bo‘ldi. O. Karimovning “Geometriya masalalarini yechish metodlari” (T., 1949) , M.A.Sobirov, A. Y. Yusupovning “Differensional geometriya” (T., 1958), Y.Qirg‘izboyev “Chizma geometriya” (T.,1959), R. Xorunovning “ Chizma geometriya” (T.,1965), M. K. Kamolovning “Analitik geometriya” (T., 1965) va boshqa original asarlarning yaratilishi o‘zbek grafik terminologiyasining boyish va takomillashishida salmoqli o‘rinni egalladi. Shu bilan birga N.N.Privalovning “Analitik geometriya”(., 1951) va boshqa adabiyotlarning rus tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan. Original va tarjima adabiyotlar sonining ortishi, bir tomondan, terminologiyaning takomillashishiga olib kelgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan terminologik har xillikni yuzaga keltirdi, chunki terminlar tanlashdagi aniq yagona ko‘rsatmalarning yo‘qligi tufayli har bir tarjimon ibora bilan aytganda “o‘z qozonida o‘zi qaynashi” ga to‘g‘ri keladi. Bu holat grafikadan yagona terminologik lug‘at bo‘lishini taqoza etadi. Rus tilidagi “коническое сечение” 1930-yillarda “konus kesish”, 1950-yillarda “konus kesim” shaklida qo‘llangan bo‘lsa, hozir “konus kesim” ko‘rinishida qo‘llaniladi; “кооринатная плоскость” 1930-yillarda “koordinat tekisligi”, 1950- yillarda “koordinata tekisligi” shaklida qo‘llangan bo‘lsa, hozir “koordinatalar tekisligi” ko‘rinishini oldi; “многогранный угул” 1930-yillarda “ko‘p yuzli burchak”, 1950- yillarda “ko‘pyoqli burchak” shaklida qo‘llangan bo‘lsa, hozir “ko‘p yoqli burchak” ko‘rinishini oldi; “коническая поверхность” 1930-yillarda “konus sirti”, 1950-yillarda “konus sirt” shaklida qo‘llangan bo‘lsa, hozir “konus sirt” ko‘rinishida qo‘llaniladi. Grafik terminlarning takomillashib borishi o‘z navbatida grafik tilning takomillashib borishiga olib keldi. Maktablar ta‘limining yangi mazmuniga o‘tishi, boshqacha aytganda maktab ta‘limiga yangi tushunchalarning kiritilishi munosabati bilan ana shu tushunchalarga mos terminlar tanlash qiyinchiliklari maydonga keldi. Bu hol terminologiya sohasida jiddiy ishlarini olib borish lozimligini kun tartibiga ko‘ngdalang qilib qo‘ydi. Natijada fanlarning turli sohalari bo‘yicha ikki tilli lug‘atlar nashr qilindi va kandidatlik dissertetsiyalari rasmiylashtirildi. Shunga qaramasdan terminlar hosil qilishning ilmiy-pedagogik printsplariga qattiy amal qilmaslik natijasida grafik terminologiya sohasida jiddiy kamchiliklar mavjud. Jumladan, sinonim so‘zlar sonining ortib ketganligi, shuningdek antonim so‘zlar tanlashdagi har xillik yaqqol ko‘zga tashlandi. Terminlar orfografiyasi sohasidagi chalkashlik, hatto tilshunoslikka doir ishlarda ham yaqqol ko‘zga tashlandi. Masalan: yuza, nol, nomerlash, yarimshar, tengburchakli, yarimtekislik, yarimayirma, tengyonli, tengburchakli, egrichiziqli, va hakazo. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling