3-Ma’ruza mashg‘uloti. Mavzu: Mashqlar yordamida chizmachilik tushunchalarini shakllantirish. Grafik tilning tarixiy rivojlanishi asosida uning komponentlarini tanlash printsiplari. Reja
VI. Uzviylik (o‘quv predmetlari o‘rtasida )
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
3-Ma\'ruza. Mashqlar yordamida chizmachilik tushunchalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- IX. Qulaylik.
VI. Uzviylik (o‘quv predmetlari o‘rtasida ). Terminlar, tushunchalar qanday fan
doirasida qaralishidan qat’iy nazar, barcha fanlarda bir xil ko‘rinishda qo‘llanilishi va bir xil tushunchani anglatishi kerak. VIII. Milliylik (ona tili xususiyatlarini hisobga olish). Grafik tilini takomillashtirishda “shaklan milliy, mazmunan sotsialistik” lik prinspiga rioya qilish kerak, ya’ni fan madaniyat o‘zining progressive rivojlanishida milliylikdan internasionalizmga qarab intiladi. Nutq inson madaniyatining milliy xususiyatlari bilan aloqadadir. Shuning uchun terminlar imkoni boricha ona tilidan olingan bo‘lishi lozim. Terminlarga qo‘yilgan bunday muhim talab, sirtdan qaraganda, grafik tilning universal bo‘lishiga zid kelganga o‘xshab ko‘rinadi. Aslida esa hech qanday qarama- qarshilik yo‘q. Terminlarning internatsional xarakteri milliy tillarning rivojlanishiga putur yetkazmasligi kerak. Huddi aynan shu nuqtai nazardan qaraganda, o‘zbek tili negizida ba’zi fonetik o‘zgarishlarga uchragan ruscha -internatsional terminlarni o‘z holicha qoldirish lozim. IX. Qulaylik. Terminlar talaffuz qilish uchun qulay bo‘lishi kerak. O‘zbek tilidagi so‘zlarda ikki undoshning yonmaOyon kelishi uni talaffuz qilishga qiyinchiliklarga olib keladi. Masalan, o‘quvchilar “romb” deb talaffuz qilish o‘rniga “rom” yoki “ro‘m” deb aytadilar. Bu qiyinchiliklardan qutilish uchun ba’an terminlarni orfografik jihatdan o‘zgartiriladi. Ma’lumki, ishlab chiqariladigan buyumlar, jihozlar, mashina va mexanizmlar, ularning loyihasi-yaratilish jarayoni ularni yasash hamda nazorat qilish bilan bog‘liq. Bu esa chizmalarsiz, aniqroq aytganda, chizma chizish va ulami o‘qishni bilmasdan amalga oshirib bo‘lmaydi. Demak, muhandis o‘z g‘oyalari va fikrlarini chizmalarda ifodalaydi va boshqalar fikrini shu yo‘l bilan anglaydi. Shuning uchun bu texnik hujjat hisoblanib, u asosan grafik tasvirlar, ya’ni chi zmalar orqali amalga oshiriladi. Demak, narsaning aniq shaklini va o‘chamlarini to‘liq ko‘rsata oladigan tekislikdagi tasvir chizma deyiladi. Chizma texnika tili hisoblanadi. Hozirgi kunda texnika shu qadar rivojlanib ketdiki, u ishlab chiqarishda turli buyumlarni tayyorlash, shuningdek, inshootlarni qurishda insonnning og‘ir, mashaqqatli mehnatini osonlashtiradigan asosiy vositalaridan biriga aylandi. Kundalik hayotda qo‘llaniladigan eng oddiy texnikaviy qurol, asbob-uskunalar va moslamalardan tortib, eng murakkab mashina mexanizmlar, ulkan va hashamatli binolar, maishiy va qishloq xo‘jalik mashinalari, parvozga parvoz qilayotgan samalyot kosmik kemalargacha insonning xizmatida. Bunda esa texnikaning taraqqiy etishida esa fanlarning roli juda katta. Mamlakatimizda barcha ta‘lim tizimida ko‘plab fan sohalari o‘rganilmoqdaki, u tobora kengayib, chuqurlashib bormoqda va ulardan ulkan kashfiyotlar qilinmoqda. Ilmiy manbalarda: “Fan va texnika sohasida erishilib kelgan va erishilayotgan barcha yutuqlarda, ularning tarkib topishi va rivojlanishida terminlarning ham o‘ziga yarasha o‘rni va xizmati borligi, kishi borliqda ko‘rgan narsasini, o‘zi kashf etgan buyumni biror tarzda atamasa bir-biri bilan so‘zlar vositasida aloqa qila olmagan, binobarin, hozirgi yutuqlarga erishmagan bo‘lur edi. Fanlar va texnika terminlari ham mana shu zayilda yuzaga kelgan’ligi, fanniy-texnikaviy terminlar umumxalq leksiyasining eng harakatchan, epchil va tez o‘zgaruvchan qismi ekanligi qayd qilingan. Shuni ham ta‘kidlash lozimki, ko‘plab yuzaga kelgan fanlar, texnika sohalari ular bilan bog‘liq holda bir qator terminologik sistemalar ham yuzaga keldi. Aynan bu fan va texnika sohalarining mazmuni, yangiliklari terminlarda o‘z aksini, o‘rnini topadi. R.Doniyorov fan va texnikaga oid terminlarning paydo bo‘lishini o‘rganish jarayonida ayrim olimlarning fan va texnuikaga oid o‘zbekcha terminlarning yuzaga keishini asosan Oktyar revolutsiyasidan keyin paydo bo‘lgan deb bildirgan basharotlarini asossiz ekanligini isbotlab, ayrim terminlarning yuzaga kelishini ming yil hatto unda ortiqroq vaqt bilan o‘lchaydi va shu o‘rinda bir qatortarixiy manbalardan misollar va dalillar keltirgan. Shuningdek, aniq bir fan ham, shu jumladan texnika, aynan ularning terminlari ham aniq bir fanning yoki bir xalqning ijod mahsuli emasligi, u jahon xalqlarining jamisi to‘plagan, bilgan, o‘rgangan obe‘ktiv borliqning yig‘indisi ekanligini qayd qilib o‘tgan. Haqiqatdan ham, qariyib ming yillar oldin O‘rta Osiyoda shu jumladan, o‘zbek xalqining ham jahon xalqlari qatori fan va uning sohalari: matematika, astronomiya, meditsina va boshqa ko‘plab fan hamda sohalarga qo‘shgan ulkan yutuqlari dunyoda tan olingan. Shu davrdan to XVI asrgacha yaratilgan juda ko‘p asrlar o‘sha vaqtlardayoq lotin tiliga tarjima qilingan va Evropaga tarqatilganligi hech kimga sir emas. Demak, bu fanlarning ham terminlari mavjud bo‘lgan. Ma’lumki, hozirgi fan texnikaga oid ko‘plab terminlarning bir qismini arabcha yoki foris-tojikcha so‘zlartashkil qiladi. Buning asosiy sababi va manbai ham ajododlarimiz: Beruniy, Farobiy, Xorazmiy, Ulug‘bek, Ibn Sino va boshqa ko‘plab allomalarimizning matematika, astronomiya, geografiya, meditsina, geologiya, kimyo, fizika, mexanika, falsafa, tilshunoslik va boshqa fanlarga oid minglab terminlarni arab yoki foris-tojik tillari negizida yaratishlarini sharoit taqoza etganligi, shu davrlarda tarixiy asrlarda unumli qodlanilib kelinganligi va mazkur terminlar “ Devoni lug‘otit turk” boshliq lug‘atlarning deyarli barchasida qayd etilganligi haqida ma’lumotlar keltirilgan. Bu borada, o‘z davrida handasaviy, me‘moriy va shu kabi sohalarda qo‘llanilib bugungi kunda bir qator aniq fanlarda shu jumladan, chizmachilik fani terminologik tizimida ham mavjudligi, o‘z o‘rnini saqlab qolganligi ma‘lum. Masalan: Abu Rayhon Beruniy o‘z ilmiy ishlarida proyeksiyalar metodini tatbiq etib, chizmalar chizgan va ulardan foydalangan. U Jismlar ko‘lami fazoda uch tomonga – birinchisi uzluksiz, ikkinchisi kenglik, uchunchisi chuqurlik yoki balandlik bo‘ylab yo‘nalgan bo‘ladi. Jismlarning mavhum cho‘zilishi emas, balki mavjud cho‘zilishi shu uch chiziq bilan aniqlanadi. Bu uch tomonning chiziqlar vositasida jism oltiyoqqa ega bo‘lib, shunchaki yoqlaribilan u fazoda chrgaralanadi. Bu oltiyoqlar markazida biror jismni tasvirlovchichizmani chizishda uning ko‘rinishlariga e‘tibor berilishiga to‘xtalib shunday deydi: “To‘g‘ri burchakli oltiyoqlik ichida uning biror tarafiga qarab bir jonivor turibdi deb faraz qilinsa, u holda yoqlar jonivorning oldi, orqasi, o‘ngi, so‘li, usti va osti bo‘ladi”. Bu aynan zamonaviy proyeksiyalash usulining o‘zginasi bo‘lib, hozirgi kunda tasvirlashdagi asosiy ko‘rinishlarning mazmunida saqlanib qolgan. To‘g‘ri u bugungi o‘zbek tili leksikasida, shu jumladan, chizmachilik terminlari qatorida qo‘llanilib kelinayotgan “olddan”, “ortdan”, “chapdan”, “ustdan” va “ostdan”, ko‘rinishlarning aynanligi bilan izohlanadi. Shu o‘rinda, keyinchalik ularning sinonimik yasama variantlari: “frontal proyeksiya”, “gorizontal proyeksiya”, “profil proyeksiya”, “bosh ko‘rinish”, “asosiy ko‘rinishlar” “fasad”, “plan” va ular bilan bog‘liq boshqa shu kabi ko‘plab fan terminlarining shakllanishi va rivojida katta hissa qo‘shdi. Uning shar ichida besh xil muntazam ko‘pyoqliklar yasash mumkinligini chizmalar orqali isbotlab bergan. Bular: “noriy” – to‘rtyoqlik (tetraedr), “orziy”- oltiyoqlik (geksaedr), “shavoiy”- sakkizyoqlik (oktaedr), “falsafiy” – o‘nikkiyoqlik (dodekaedr), ―moiy-yigirmayoqlik (ikosaedr)lardir. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling