3-Ma’ruza mashg‘uloti. Mavzu: Mashqlar yordamida chizmachilik tushunchalarini shakllantirish. Grafik tilning tarixiy rivojlanishi asosida uning komponentlarini tanlash printsiplari. Reja


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/12
Sana17.06.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1548541
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
3-Ma\'ruza. Mashqlar yordamida chizmachilik tushunchalari

O‘tmas burchak - qo‘shni burchakdan yoki 90 gradusdan katta burchak. 
Piramida - dagi ko‘p burchakli, qolgan yoqlari uch burchakli va cho‘qqisi 
umumiy bo‘lgan ko‘pyoqlik. 
Terminlami tanlashda qo‘shni fanlar o‘rtasida uzviylik yo‘qligi tufayli bir xil 
tushuncha har xil fanlarda har xil ko‘rinishda qo‘llanib kelinmoqda. 
Maktablarda o‘qitiladigan predmetlar terminologiyasi sohasida bir xillilik 
yo‘qligini shundan bilish mumkin: 
Grafikada “yarim tekislik” deb (ajratib) yozilsa, fizikada “yarimo‘tkazgich”, 
gegrafiyada, “yarimshar” deb (qo‘shib) yoziladi. 
Shuningdek, keyingi vaqtlarda nashr qilinayotgan adabiyotlarda terminlami sun’iy 
ravishda affikslashtirish hollari sodir bo‘lmoqda. 
1.3. Grafik tilning komponentlarini tanlash prinsplari 
Hozirgi davrda ilmiy informatsiyalar soni tez suratlar bilan o‘sib bormoqda. L. I. 
Brejnev o‘qituvchilarning Butunitifoq sezdida takidlab o‘tganidek, olimlarning hisobiga 


qaraganda, bilimlarning hajmi har sakkiz yilda ikki barobar ko‘paymoqda. Biz terminlar 
hosil qilishning nazariy asoslari, yangi terminlar yaratishdagi amaliy tajribalar hamda 
grafik tilning terminoliyasi va tarjima sohasidagi shaxsiy tajribalarimizga asoslanib, 
quyidagi ilmiy-pedagogik talablarni qanoatlantirishi kerak, degan xulosaga keldik. 
I. Bir ma’nolilik. Har bir terming imkoniyat boricha bir tushuncha mos kelishi 
kerak. Har qanday termin aniq ta’rifga ega bo‘lishi lozim. Ayniqsa fanning turli sohalari 
bo‘yicha terminlar tuzishda bir ma’nolilikka erishish zarur. Bu prinspga (qoidaga) rioya 
qilmaslik tilde omonim so‘zlarning paydo bo‘lishiga olib keladi. Terminlarning ko‘p 
ma’noli bo‘lishi, so‘zsiz, o‘rganilayotgan materialning tushunishni qiyinlashtiradi, bu 
esa o‘z navbatida o‘qitish sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Terminlarning ko‘p ma’noli bo‘lishi, ko‘pincha xatoga olib kelishini ta’kidlab, D. 
S. Lotte bunday degan edi: “Terminlarning ko‘p ma’noli bo‘lishi ko‘p hollarda, ayniqsa, 
bir termin bilan turli tushunchalar anglanganda, amaliy xatoga olib keladi”. 
Ayniqsa, omonimlar bir tilning bir terminologiya sistemasiga kirsa, ya‘ni bir 
termin orqali biror terminologiya sistemasining bir necha tushunchalari belgilansa, 
anglashilmovchilikka olib kelishi turgan gap. Masalan:
1. “Perpendikulyar”, “urinma”, “kesuvchi” kabi terminlar ham ikki xil ma‘noda: 
to‘g‘ri chiziq sifatida va shu to‘g‘ri chiziqning kesmasi sifatida qo‘llaniladi.
2. “Gradus” termini ham quyidagi ma‘nolarda qo‘llaniladi: a) burchak gradusi; b) 
yoy gradusi; v) temperature birligi.
“Giperbola” termini: a) konus kesimlariga doir egri chiziqni; b) adabiyotlarda: 
mubolag‘a ma‘nosini bildiradi.
Ba‘zi bir termin orqali belgilangan tushunchalar o‘rtasidagi farqni 
oydinlashtirishga to‘g‘ri keladi. Bunga misol qilib “tetraedr” terminini ko‘rsatish 
mumkin: a) uchburchakli piramida; b) muntazam uchburchakli piramida; v) barcha 
yoqlari muntazam uchburchakdan tuzilgan uch burchakli piramida. 
Bunday terminlarning tabiatini (ya’ni ulaga mos tushunchalarni) bilish uchun uni 
keng ravishda analiz qilishga - sanab o‘tilgan piramidalardan qaysilari haqida so‘z 
yuritilayotganligiga alohida ta’kidlashga to‘g‘ri keladi. 


Ilmiy tilda omonimlar ko‘pincha ko‘chma ma’nolarda qo‘llaniladi. Bunday 
hollarda bir termin o‘zining “tovush qobig‘i”ni saqlab, biror tilning har xil 
terminologiya sistemasiga kirishi mumkin. 

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling