3-Ma’ruza mashg‘uloti. Mavzu: Mashqlar yordamida chizmachilik tushunchalarini shakllantirish. Grafik tilning tarixiy rivojlanishi asosida uning komponentlarini tanlash printsiplari. Reja


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/12
Sana17.06.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1548541
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
3-Ma\'ruza. Mashqlar yordamida chizmachilik tushunchalari

 
 
3. Mashqlar yordamida geometrik tushunchalarni shakllantirish. 
Muhandislik grafikasining terminalogik tizimi ko‘p sohalar va fanlar bilan 
chambarchas bog‘liq. Ayniqsa, amaliyotda ishlab chiqarish sohalari bilan bog‘liq 
bo‘lgan chizmachilik texnika va injenerlik inshoatlariga oid terminlar bilan ish ko‘radi. 
Chizma geometriya chizmachilik fanining nazariyasi sifatida u matematika fanining 
proyektiv geometriyaning bir shahobchasi sifatida undagi termin va tushunchalarni 
o‘zida majassamlashtirgan. Shuning uchun ham u geometriyaga oid terminlar va 
tushunchalar bilan bog‘liq bo‘lib, matematika fanida, jumladan, geometriyada 
tushunchalarning ikki turi qaraladi
1

a) geometrik obyektlarni xarakterlovchi tushunchalar, masalan “nuqta”; “tog‘ri 
chiziq”, “tekislik”, “sirt” , “burchak”, “ trapetsiya” va hakazo; 
b) geometrik obyektlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanishlarni aks ettiruvchi 
tushunchalar, masalan: o‘xshashlik (fuguralar uchun); “...da yotadi”, “...orqali o‘tadi” 
(nuqta va tog‘ri chiziqlar uchun); “... kesishadi” (tog‘ri chiziqlar uchun) va hokazo. 
Ma’lumki, o‘zbek tili leksikologiyasining talabiga ko‘ra birinchi turdagi 
tushunchalar uchun “tushuncha” terminini saqlab qolib ikkinchi turdagi tushunchalarni 
“munosabatlar”- deb atash ma’qul bo‘ladi. Bu terminlar o‘zida chizma geometriyaning 
terminalogik tizimini o‘rganish va tahlil qilishda ham uning funksiyasi saqlanib 
qolishini e’tirof etish mumkin. Chizma geometriya ham matematika fani kabi haqiqiy 
dunyoning miqdoriy munosabatlari va fazoviy formalarini grafik tasvirlar va yechimlar 
orqali o‘rganadi. O‘qitishda tushunchalar bilan munosabatlar o‘rtasidagi farqlarni 
ko‘rsatish natijasida o‘quvchilarda tushunchalar va shu tushunchalar o‘rtasidagi o‘zaro 
munosabatlarni ongli ravishda o‘zlashtirish ortadi. 
Muhandislik grafikasidagi geometrik tushunchalarni bunday ikki turga bo‘lish 
undagi mashqlarni ham ikki guruhga bo‘lishni taqozo etadi: 
a) geometrik tushunchalaming mohiyatini ochib beruvchi mashqlar; 
Ж. Икромов. Мактаб математика тили.- Т.; “Укигувчи нашриёти”, 1977. 72-b. 


b) geometrik munosabatlarning mohiyatini ochib beruvchi mashqlar.
Masalalar: 
- O‘quvchilarni yangi tushunchani o‘zlashtirishga tayyorlaydi; 
- O‘quvchilarga o‘rganilayotgan tushunchaning hajmi va mazmunini ochish 
imkonini beradi; 

O‘quvchilarning tushunchalarning mantiqiy tuzilishini tushunishlariga 
ko‘maklashadi. 
Masalalarning o‘qitishdagi bu funksiyalarini e’tiborga olib, masalalardan 
chizmachilik va chizma geometriya tushunchalarini o‘rganishni ta’minlovchi (ya’ni 
tushunchani idrok qilishga tayyorlash, uning mazmunini ochish va mustahkamlash) 
material sifatida foydalanish maqsadga muvofiqdir. 
Masalalar tuzimidan foydalanishga bunday yondoshishini sxematik ravishda 
“masala-nazariya-masala” shaklida ifoda qilish mumkin. Buni o‘zaro aloqador bo‘lgan 
“masala-nazariya”(I) va “nazariya-masala” (II) kabi ikkita ifoda shaklida yozish 
mumkin [74;4]. 
(I) 
ko‘rinishdagi 
masalalar 
sistemasini 
echish 
jarayonida 
o‘quvchilar 
o‘rganilayotgan tushunchaga yakun yasashga olib kelinadi, ularga tushunchaning 
nazariy mazmuni (tushunchaning hajmi va mazmuni, uning ta’rifi, boshqa tushunchalar 
bilan aloqadorligi) ochib beriladi. 
(II) Ko‘rinishdagi masalalar tizimini echish jarayonida o‘quvchilar egallagan 
abstrakt holdagi bilimlarni aniq va tegishli hollarda qo‘llashga (obyektlarni ularning 
ma’lum bo‘lgan muhim alomatlari bo‘yyicha izlashga) o‘rgatiladi. 
Ikkala ko‘rinishdagi masalalar tizimi o‘rgatish xarakteridagi masalalar tizimini 
tashkil qiladi. 
Geometrik tushunchalar ikki sinfining (obyektlar va ular o‘rtasidagi munosabatlar) 
o‘quvchilarda shakllanishini quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin. 
1. O‘quvchilarda obyektlar (yoki ular munosabatlari) ning ma’lum bir to‘plami 
haqidagi fazoviy tasavvurlar hosil qilish. 
2. Obyektlar (yoki ular munosabatlari) ning muhim xossalarini aniqlash. 
3. Tushunchalarning ta’rifini ifoda qilish. 
4. Ta’rifda ko‘rsatilgan xarakteristik xossalarning to‘laligini aniqlash va ta’rifini 


ifoda qilishdagi talablarga rioya qilish. 
5. O‘quvchilarda tushunchalar va ular tizimning mantiqiy tuzilishi xaqidagi 
tasavvurini shakllantirish. 
6. Ma’lum bo‘lgan umumiy, abstrakt holatlar asosida aniq tegishli hollarini 
o‘rganish. 
Bunga ko‘ra, o‘rgatish xarakteridagi masalalar o‘z ichiga: 
I. O‘quvchiga o‘rganilayotgan obyektlar (yoki ular munosabatlari) haqida obrazli 
tasavvur hosil qilishga tushunchaning hajmi haqida tasavvur hosil qilishga 
ko‘maklashuvchi. 
II. O‘quvchiga yechish jarayonida qaralayotgan manbadagi har bir obyekt (yoki 
ular munosabatlari) ga xos bo‘lgan xossalarini ochib beruvchi. 
III. O‘quvchiga o‘rganilayotgan tushunchaning avvallari aniqlangan muhim 
xossalari asosida shu tushunchaning ta’rifini tuzish va ifoda qilishga imkon beruvchi. 
IV. O‘quvchiga ta’rifda ko‘rsatilgan har bir xossaning maqsadi zarurligini tushunib 
yetishga ko‘maklashuvchi. 
V. O‘quvchining yechish jarayonida ta’rifda ko‘rsatilgan xossalar qatoriga 
kirmagan, lekin bu xossalarning natijasi sifatida kelib chiqadigan yangi xossalarni 
topishda (qo‘lga kiritishda) ta’rifning ahamiyati va o‘rnini aniqlashda yoki qaralayotgan 
tushunchani avvallari o‘rganilgan tushunchalar bilan aloqasini izlashiga imkon 
beruvchi. 
VI. O‘quvchida: a) muhim xossalari ta’rifida ko‘rsatilgan obyektlar (yoki ular 
munosabatlari) ning shunday to‘plami haqiqatan ham mavjudligiga ishonch hosil 
qilishga; b) umumiy, abstrakt holdagi bilim qanday qilib konkret, xususiy holatlarni 
o‘rganishga imkon berishini qo‘lga kiritishga sharoit yaratuvchi masalalarni yechish 
jarayonida o‘rganilayotgan tushunchaning mazmunini ochish amalga oshiriladi, aqliy 
faoliyat aniqlikdan (konkretdan) abstraktga tomon yonaltiriladi. Shuning uchun ham 
ular (I) ko‘rinishdagi masalalar tizimini tashkil qiladi. Oxirgi ko‘rinishdagi masalalar 
tizimini tashkil qiladi. 
Geometrik tushunchalarni o‘rganishda o‘quvchilarning tayyorgarlik darajalariga 
qarab bu yolga o‘zgartirishlar kiritish mumkin. Agar yordamchi tushuncha deb 
ataluvchi tushuncha qaralgan bo‘lsa (masalan, “orasida yotadi” degan tushuncha 


“kesma” tushunchasi uchun yordamchi tushunchadir, shu ningdek yonalishdosh nurlar” 
tushuncha “yonalish” tushunchasi uchun yordamchi tushunchadir va hokazo), u holda 
o‘quvchi va o‘qituvchi faoliyatidagi II punkt tushirib qoldirilishi mumkin. Agar 
o‘quvchilar qo‘llayotgan tushuncha bilan avvallari duch kelgan bo‘lsalar va bu 
tushuncha haqida ba’zi tasavvurlarga ega bo‘lgan bo‘lsalar, u holda I punkt tushirib 
qoldirilishi mumkin. 
O‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatida yuqorida tavsiya etilgan yoldan tizimli ravishda 
foydalanib borilgach, o‘quvchilarda ma’lum darajada ko‘nikma hosil bo‘ladi, shundan 
so‘ng o‘quvchilar o‘qituvchi tomonidan qo‘yilgan muammoga tezda javob bera 
oladigan bo‘lsalar, u holda I, III. IV punktlarni tushirib qoldirish mumkin. Bunda 
ko‘rsatma-qo‘llanmalardan foydalanishda aniqlikni sekin-asta predmet-model-rasm-
simvol yonalishida kamaytirib boriladi. 
Geometrik tushunchalarni, ayniqsa sistematik kursning dastlabki davrlarida
yuqoridagi tartibda o‘rganish o‘quvchilarning o‘z kuchlariga bo‘lgan ishonchini 
oshiradi, ularning aqliy faoliyatlari, ya‘ni ularda taqqoslash, umumlashtirish, analiz va 
sintez qilish malakalari shakllanadi. 

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling