3-ma’ruza. Matn axborotlarini qayta ishlash texnologiyalari


Almashish buferi bilan ishlash


Download 1.26 Mb.
bet8/9
Sana04.04.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1324956
1   2   3   4   5   6   7   8   9

Almashish buferi bilan ishlash


Matnli hujjatlar bilan ishlashda eng ko’p kerak bo’ladigan amallardan biri matn bo’lagidan nusxa olib, uni hujjatning boshqa joylariga qoyish amali hisoblanadi.


Bu amal hujjatga matnlarni kiritish va tahrir qilishni tezlatishga yordam beradi. Bu ish “Буфер обмена” deb nomlanuvchi buyruqlar guruhidagi buyruqli tugmachalar yordamida amalga oshiriladi. Quyidagi rasmga qarang.

2.13-rasm. Almashish buferi bilan ishlovchi buyruqli tugmalar


Rasmda hujjat matni bo’lagini almashish buferiga oluvchi 2 ta tugma, almashish buferidagi matn bo’lagini hujjatning kursor bilan ko’rsatilgan joyiga qoyish ochiluvchi tugmasi, matn bo’lagining formatini tadbiq etish tugmasi va almashish buferi muloqot oynasini ochib beruvchi tugma joylashgan panel ko’rsatilgan. Bu tugmalar orqali quyidagi buyruqlar amalga oshiriladi.







– bu tugmacha yordamida ajratilgan matn bo’lagining nusxasi almashish buferiga olinadi. Buning uchun avval matn bo’lagi ajratish usullaridan biri yordamida ajratib olinadi va tugmacha
sichqoncha ko’rsatkichi yordamida bir marta bosiladi.





– bu tugmacha yordamida ajratilgan matn bo’lagi almashish buferiga qirqib olinadi. Amalni bajarish uchun avval matn bo’lagi
ajratib olinadi, so’ng tugmacha bosiladi.

- bu tugmacha yordamida almashish buferiga olingan matn bo’lagi hujjatning kursor bilan ko’rsatilgan joyiga qoyiladi. Bunda tugmaning quyi qismida joylashgan qora uchburchak bosilsa, “Параметры вставки” buyruqlar paneli ochiladi.
Bu buyruqlar panelida joylashgan tugmalar quyidagi vazifalarni bajaradi:



- almashish buferidagi matnni boshlang’ích formatini
saqlagan holda qoyish;





- almashish buferidagi matnni boshlang’ích formati bilan
kursor turgan joydagi formatni birlashtirib qoyish;





- bu variantda almashish buferidagi matn bo’lagida
jadval, rasm yoki boshqa obektlar bo’lsa, ular qoyilmay faqat matn qoyiladi.



“Буфер обмена” buyruqlar panelida joylashgan ushbu ko’rinishdagi
tugmani bosish orqali “Буфер обмена” muloqot oynasi ochiladi. Yana bir marta bosilsa, muloqot oyna yopiladi. Bu muloqot oynada “Вставит все” va “Очистит все” nomli tugmalar bilan birga almashish buferiga olingan obektlarni (matn, rasm va hokazo) ko’rsatib turuvchi maydon ham ochiladi. Bu maydondagi obektlarni sichqoncha ko’rsatkichi yordamida tanlash orqali ularni hujjatning kursor turgan joyiga qoyish mumkin. Bu tez takrorlanadigan so’zlar yoki obektlar mavjud hujjatlar yaratishda juda qo’l keladi. Bundan tashqari tugmasi yordamida almashish buferiga olingan barcha obektlarni hujjatning kursor turgan joyiga qoyish
va tugmasi yordamida almashish buferini tozalash amallari bajariladi.


“Буфер обмена” buyruqlar panelida joylashgan
nomli tugmachaga na’muna bо’yicha formatlash buyrug’i bog’langan. Bu buyruq ayni paytda kursor joylashgan matn bo’lagining formatidan na’muna oladi va undan boshqa matn bo’lagini formatlashda ishlatiladi. Buning uchun kursor formatidan na’muna olish kerak bo’lgan matn bo’lagi ustiga keltiriladi. So’ng sichqoncha ko’rsatkichi tugmasiga keltirilib, sichqoncha chap tugmasi
ketma-ket ikki marta bosiladi. Bunda tanlangan matn bo’lagi formatidan na’muna
olinadi. Undan keyin bu na’muna boshqa matn bo’lagiga sichqoncha chap tugmasi bosib turgan holda belgilab olish orqali ko’chiriladi. Sichqoncha ko’rsatkichini shu so’z ustiga keltirib, sichqoncha chap tugmasi bir marta bosiladi. Na’muna bо’yicha formatlash rejimidan chiqish uchun tugmasi sichqoncha
yordamida bir marta bosiladi.



      1. Download 1.26 Mb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling