3-ma’ruza. Matn axborotlarini qayta ishlash texnologiyalari


MS Word matn muharririning yangi tahririyati haqida umumiy ma’lumotlar


Download 1.26 Mb.
bet2/9
Sana04.04.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1324956
1   2   3   4   5   6   7   8   9

MS Word matn muharririning yangi tahririyati haqida umumiy ma’lumotlar


Microsoft Office amaliy dasturlarining avvalgi Microsoft Office 2007 gacha bo’lgan versiyalarida foydalanuvchi interfeysining asosini menyular, instrumentlar panellari va muloqat oynalari tashkil etardi. Bunday interfeys buyruqlar soni kam bo’lgan hollarda yaxshi natija berdi. Endilikda Microsoft Office dasturlarining bajaradigan funksiyalari ortib borganligi uchun undagi buyruqlarni eski interfeys holatida topish qiyinlashdi. Microsoft korporatsiyasi Microsoft Office 2007 amaliy dasturlar paketini ishlab chiqishga kirishilgan paytda dasturchilar oldiga Microsoft Office amaliy dasturlar paketining asosiy ilova dasturlarida ishlashni qulaylashtirish vazifasini qoygan edi. Buning natijasida “Microsoft Office Fluent” deb nomlanuvchi yangi foydalanuvchi interfeysi yaratildikim, u foydalanuvchilarga Microsoft Office ilova dasturlar bilan ishlashda bir qancha qulayliklar yaratadi.
“Microsoft Office Fluent”da foydalanuvchi interfeysi dizayni dastur buyruqlarini qidirish va foydalanishni soddalashtirish maqsadida qayta ishlandi. Bundan tashqari dasturning ishchi maydoni buyruqlarni oynadan olib qoyish imkoniyati hisobiga anchagina kengaydi va bu foydalanuvchiga bemalol ishlash imkonini yaratdi.
“Microsoft Office Fluent”da foydalanuvchi interfeysining bosh elementi “lenta” bo’lib, u dastur oynasining yuqori qismida gorizontal holda avvalgi versiyalardagi menyular va instrumentlar paneli satrlari o’rnida joylashgan.

2.1-rasm. Microsoft Word 2010 dasturi interfeysining buyruqlar lentasi ko’rinishi

Lenta yordamida kerakli buyruqlar, boshqarish tugmalari, ochiluvchi royhat ko’rinishidagi buyruqlar va boshqa elementlarni tez topish mumkin. Buyruqlar


vazifasiga ko’ra mantiqiy guruhlarga ajratib nomlangan holda joylashtirilgan. Bu lentalarni avvalgi versiyalardagi menyu va instrumentlar paneli bilan almashtirib, yoki o’chirib tashlab bo’lmaydi. Lekin ularni dastur oynasidan olish va qayta qoyish mumkin. Microsoft Word 2010 versiyasida lentani oynadan olish yoki qoyish uchun oynaning o’ng chetidagi “Свернут ленту” va “Развернут ленту” tugmalari mos holda bosish bilan yoki “Ctrl+F1” tugmalarini birgalikda bosish orqali yoki lenta nomi (masalan, “Главная”) ustiga sichqoncha ko’rsatkichini keltirib, uning chap tugmasini ketma-ket ikki marta bosish bilan ham bajarish mumkin.

2.2-rasm. Dastur interfeysining buyruqlar lentasini oynadan olish va qoyish tugmasi

2.3-rasm. Microsoft Word 2010 dasturi interfeysining buyruqlar lentasing yopilgan holati


Lentani dastur oynasidan olish, asosan, ishchi maydonni kengaytirish maqsadida qilinadi. Lentani yopilgan holda ishlatishda kerakli buyruqni berish uchun shu buyruq joylashgan lenta nomi ustida sichqoncha ko’rsatkichi keltirilib, uning chap tugmasi bir marta bosiladi, natijada lenta ochiladi va kerakli buyruq tanlab olinadi. Masalan, lenta yopilgan holda hujjat matni shriftini o’zgartirish kerak bo’lsa, avval shu matn belgilanib olinadi. So’ngra lenta nomlari keltirilgan qatordan “Главная” nomi ustiga sichqoncha ko’rsatkichi keltirilib, uning chap tugmasi bir marta bosiladi va ochilgan lentadan kerakli shrift tanlandi. Amal bajarilib bo’lgandan so’ng lenta avtomatik ravishda qayta yopilib qoladi.


Shuni ta’kidlash lozimki, Microsoft Word 2007 versiyasida har bir lentadagi buyruqlar soni aniq va u o’zgarmas edi, ya’ni lentadan buyruqni olib tashlash yoki aksincha qo’shish mumkin emas edi. Lekin Microsoft Word 2010 versiyasida buni aksi, ya’ni lenta nomlarini, oynada joylashish ketma-ketligini o’zgartirish, buyruqlar qo’shish, bir so’z bilan aytganda lentani foydalanuvchi o’z istak-xohishiga ko’ra sozlab olishi mumkin. Lentadagi ba’zi elementlar (buyruqlar) ko’rinmas holatda berilgan. Ularni ko’rish uchun shu buyruq bog’langan tugmachada aks ettirilgan
kichik qora “strelka”ni bosish kifoY. Lentani sozlash uchun “Файл
→Параметры→Настройка ленты” buyruqlar ketma-ketligi beriladi va ochilgan muloqat oynadagi tugmachalar yordamida kerakli holda sozlanadi. Lentani standart sozlangan holatga keltirish uchun “Настройка ленты” muloqot oynasida joylashgan “Сброс” tugmasi bosiladi.
“Microsoft Office Fluent”dagi asosiy yangiliklardan biri unga kiruvchi barcha amaliy dasturlarda yaratilgan yoki qoyilgan obektlar uchun shu obektlar yaratilgan yoki qoyilgan zahoti ularni qayta ishlashga mo’ljallangan buyruqlar lentasi paydo bo’ladi. Masalan, MS Word 2010 da ixtiyoriy usulda jadval tashkil etilishi bilan “Конструктор” va “Макет” nomli buyruqlar lentasi paydo bo’ladi. Agar grafik obekt (rasm, chizma kabi) qoyilsa, “Работа с рисунками” va unda “Формат” nomli buyruqlar lentasi paydo bo’ladi.

    1. Download 1.26 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling