3-ma’ruza. Matn axborotlarini qayta ishlash texnologiyalari
Hujjat betlarini o’tkazish ustuni va satri
Download 1.26 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Holatlar satri.
- Microsoft Office Backstage”
Hujjat betlarini o’tkazish ustuni va satri – bu ishchi maydonning o’ng qismida ustun shaklida va quyi qismida satr shaklida joylashgan dastur interfeysining elementlari bo’lib, ular yordamida matnlar ishchi oynada ko’rinishini ta’minlaydi. Bunda hujjatning barcha betlari ishchi maydonda to’liq ko’rinib tursa bu elementlar aktivmas holatda bo’ladi. Hujjat betlarini o’tkazish ustuni o’z ichiga quyidagilarni oladi:
hujjat matnini qatorma-qator pastga o’tkazish tugmasi; hujjat matnini qatorma-qator yuqoriga o’tkazish tugmasi; hujjat matnini yuqoriga va pastga tez o’tkazish tugmasi; hujjat matnini bir betga oldinga o’tkazish tugmasi; hujjat matnini bir betga keyinga o’tkazish tugmasi; o’tkazish obektini tanlash tugmasi. Bu tugma bosilganda ekranda quyidagi ko’rinishdagi kichik oyna ochiladi. Bu oynadagi tugmachalarni bosish orqali hujjat matnining kerakli joyiga o’tish mumkin. Bu funksiya MS Word 2010 tahririyatida mavjud holos. Holatlar satri. Bu satrda standart holatda hujjat betlari, kursor joylashgan pozitsiya, hujjatdagi so’zlar soni, orfagrafik hatolarni ko’rsatuvchi tugma, klaviatura harflari turi (lotin, kiril), makros yozish tugmasi, hujjat ko’rinishini va mashtabini o’zgartiruvchi tugmalar joylashgan. Bu tugmalarni holatlar satridan olib tashlash va aksincha, qo’shish mumkin. Buning uchun sichqoncha ko’rsatkichini holatlar satriga keltirilib, uning o’ng tugmasini bir marta bosish kerak va u yerda keltirilgan royhatdan keraklisini tanlash kerak. Quyidagi rasmga qarang. 2.9-rasm. Holatlar satri va uning elementlari Holatlar satrida joylashgan ushbu ko’rinishdagi panelga joylashgan buyruqlar yordamida hujjat ekranda ko’rinish rejimi belgilanadi. Bunda hujjatni ekranda 5 xil rejimda tasvirlash mumkin. Standart holda “Разметка страницы” rejimi aktiv holatda bo’ladi. Hujjat matnini o’qish uchun “Режим чтения” nomli rejim qulay hisoblanadi. Bundan tashqari “Веб-документ”, “Структура” va “Черновик” kabi hujjatni ekranda tasvirlash rejimlari mavjud bo’lib, ularning har birini o’z maqsadi va vazifalari mavjud. Microsoft Word 2010 dasturi interfeysida lentadan tashqari “tez murojaat paneli” va “Файл” nomli tugma ostida berilgan “Microsoft Office Backstage” deb nomlanuvchi va qisqacha “Office” tugmasi deb ataluvchi tugma kiritilgan. Tez murojaat panelida (Quick access panel) hujjat bilan ishlashda ko’p kerak bo’ladigan deb qabul qilingan buyruqlar keltirilgan va ularga tez murojaat qilish imkoni yaratilgan. 2.10-rasm. Microsoft Word 2010 dasturi interfeysi “Файл” nomli “Office” tugmasi ostida berilgan dastur interfeysi menyusida hujjat bilan ishlovchi buyruqlar keltirilgan. Bu buyruqlarning har biri o’zining muloqot oynasiga egadir. Quyidagi rasmga qarang. 2.11-rasm. “Файл” offis tugmasining buyruqlari Bu yerdagi buyruqlar quyidagi vazifani bajaradi:
Download 1.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling