3-ma’ruza. Matn axborotlarini qayta ishlash texnologiyalari
Download 1.26 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishchi maydon
Lineyka – bu dastur oynasining hujjat oynasi maydonining yuqori va chap qismida joylashgan bo’lib, mos ravishda hujjat betining eni va boyi o’lchamlarini ko’rsatib turadi. Shu bilan birga bu element yordamida hujjat betlarining o’lchamlarini o’zgartirish mumkin. Quyidagi rasmga qarang.
2.6-rasm. Yuqorigi lineyka Lineykani oynadan olish yoki qoyish uchun hujjat betlarini o’tkazish ustunining yuqori qismida joylashgan ushbu ko’rinishdagi tugmani sichqoncha ko’rsatkichi orqali bosish kerak bo’ladi. Ishchi maydon o’zida ayni paytda tahrirlash uchun yoki chop etish uchun ochilgan Word hujjati matnini betlarini belgilangan masshtabga mos holda aks ettirib turadi. Hujjatning ko’rinish masshtabi qancha kichik bo’lsa, hujjatning ko’proq beti ishchi maydonda ko’rinib turadi. Bunda hujjatni masshtabi 10%dan 500%gacha bo’lgan oraliqda o’zgarishi mumkin. Ishchi maydonda buruqlar lentasini oynadan olish hisobiga kengaytirish mumkin. Microsoft Word 2010 dasturining ishchi maydoni ko’rinishi Microsoft Word dasturining oldingi versiyalaridan deyarli farq qilmaydi. Standart holda hujjat varoqlari chegarasini ko’rsatib turuvchi chegara chiziqlar ko’rinmas holda bo’ladi. Uni “Файл” menyusining “Файл”→Параметры→Дополнительно” buyruqlar ketma-ketligi yordamida ochiladigan muloqat oynaning “Показыват содержимое документа” bandidagi “Показыват границы текста” va “Показыват обрезные метки” maydonlarini belgilash orqali chegara chiziqlarni chiqarish mumkin. Bu hujjat elementlarini betlarda aniq joylashtirishga yordam beradi. 2.7-rasm. Ishchi maydonning chetki chiziqlarini o’rnatish Ba’zan matnli hujjatlar tayyorlashda shunday vaziyatlar bo’ladiki, abzatslarni to’g’ri tashkil etilayotganiga ishonch hosil qilish, yoki matnni ma’nosi to’g’ri shakllanayotganini aniqlash uchun qatorlar yoki abzatslar ketma-ketligini tekshirib chiqishga to’g’ri kelib qoladi. Bunday holatlarda hujjat varog’i betlarini ajratib turuvchi yuqori va quyi qismlarni ishchi oynadan olib tashlash abzatslar yoki qatorlar bilan ishlashda qulaylik tug’diradi. Hujjat betlarini ajratib turuvchi qismlarni ishchi maydondan olish uchun sichqoncha ko’rsatkichi shu maydon chegara chizig’iga keltirilib, uning chap tugmasi ikki marta ketma-ket bosiladi. Qayta qoyish ham shunday amalga oshiriladi. 2.8-rasm. Ishchi maydonning hujjat varog’i betlarini ajratib turuvchi qismi Bundan tashqari matnlarni o’tkazish ustunining yuqori qismida – lineykani dastrur oynasidan olish tugmasining ustida joylashgan ushbu ko’rinishdagi tugmacha yordamida ishchi maydonni gorizontal boyicha ikki qismga ajratish mumkin. Buning uchun sichqoncha ko’rsatkichini tugmachaga keltirib uning chap tugmasi ikki marta ketma-ket bosiladi. Oldingi holatga qaytish uchun esa bo’lishdan hosil bo’lgan chegara chizig’iga sichqoncha ko’rsatkichini keltirib, uning chap tugmasi ikki marta ketma-ket bosiladi. Ishchi maydonni ikkiga ajratish ko’p varoqli o’zaro bog’langan matnli hujjatlarni tahrirlashda qo’l keladi. Download 1.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling