3-ma’ruza Mavzu: Gidroliz, gidratatsiya va eterifikatsiya jarayonlari
Eterifikatsiya jarayoni texnologiyasi
Download 423.03 Kb. Pdf ko'rish
|
Этерефикация
- Bu sahifa navigatsiya:
- Geterogen kataliz bilan eterifikatsiyalash.
- Mavzu bo‘yicha savollar
4. Eterifikatsiya jarayoni texnologiyasi. Murakkab efirlar olish jarayonini
ikki katta guruhga ajratish mumkin: 1) Katalizatorsiz suyuq fazada boruvchi yoki gomogen katalitik jarayonlar, bunda kimyoviy reaksiya ajratish jarayoni bilan birgalikda olib boriladi; 2) Suyuq yoki gaz fazasida boruvchi geterogen katalitik reaksiyalar ajratish jarayonisiz alohida apparatlarda olib boriladi. Birinchi turdagi jarayonlar eterifikatsiya texnologiyasida keng tarqalgan. Geterogen kataliz bilan eterifikatsiyalash. Proton kislotalar ishtirokida eterifikatsiyalash jarayonida albatta mahsulotni neytrallash bosqichini amalga oshirish lozim. Bunda ko‘pincha efir kub kolonada qoladi. Kislota neytrallangandan so‘ng efirni yuvish jarayoni sodir bo‘ladi. Bu jarayonlar ko‘p miqdordagi reagentlarni sarflashga. Oqova suvlarni hosil bo‘lishiga olib keladi shuning uchun oxirgi yillarda eterifikatsiya jarayonini geterogen kataliz usuli bilan amalga ochirilmokda, katalizator sifatida sulfokationitlardan foydalanilmokda, reaksiya 150-160 0 C temperaturada olib boriladi. Sulfokationitlar ishtirokidagi eterifikatsiya jarayoni katalizator qatlamli Kolona turidagi reaktorlarda olib boriladi. Reaksiya suyuq fazada ortiqcha miqdorda olingan spirt muhitida sodir bo‘ladi. 2-rasmda nasadkali adiabatik reaktor, ekstraksiya kolonasi, bug‘latish kKolonasidan iborat eterifikatsiya qurilmasi ifodalangan. Ushbu qurilmada olingan efir ekstraksiya kolonasining yuqori qismidan rektifikatsiya jarayoniga yuboriladi. 2-rasm. Sulfokationitlar ishtirokidagi sodir bo‘ladigan eterifikatsiya jarayonining texnologik sxemasi: 1-reaktor; 2- ekstraksiya kolonasi; 3-spirtni rekuperatsiyalash kolonasi; 4-kondensator; 5-qaynatgich. Tayanch so‘z va iboralar Olefinlar gidratatsiyasi, olefinlarni sulfat kislotali gidratatsiyasi, olefinlar to‘g‘ri gidratatsiyasi, etanol ishlab chiqarish, atsetilen gidratatsiyasi, degidratatsiya jarayonlari, to‘yinmagan birikmalar hosil bo‘lishi bilan sodir bo‘ladigan degidratatsiya, oddiy efirlar hosil bo‘lishi bilan sodir bo‘ladigan degidratatsiya, karbon kislotalar degidratatsiyasi, olefinlardan efirlar olish, karbon kislotalar efirlari, sintez, murakkab efirlar, eterifikatsiya reaksiyalari. Mavzu bo‘yicha savollar 1. Gidroliz jarayonlarini sinflanishi. 2. Gidroliz jarayoni kimyosi. 3. Olefinlar gidratatsiyasi. 4. Olefinlarni sulfat kislotali gidratatsiyasi. 5. Olefinlarni to‘g‘ri gidratatsiyasi. 6. Etanol ishlab chiqarish. 7. Atsetilen gidratatsiyasi. 1. Eterifikatsiya jarayoni kimyosi va nazariy asoslari. 2. Karbon kislotalar efirlari. 3. Eterifikatsiya jarayoni texnologiyasi. 4. Eterifikatsiya jarayonlarining farmatsevtikadagi ahamiyatini qanday izohlash mumkin? Download 423.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling