3-ma’ruza Mavzu: Gidroliz, gidratatsiya va eterifikatsiya jarayonlari
Download 423.03 Kb. Pdf ko'rish
|
Этерефикация
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkilamchi butanol
Olefinlar gidratatsiyasi. Olefinlar gidratatsiyasi bilan ko‘p mahsulotlar
olish mumkin. Masalan etanol, izopropanol, ikkilamchi butanol, dietil efiri. Etanol СН 3 -СН 2 OН suyuqlik bo‘lib, 78,3 o C qaynaydi. Havo bilan 3-20% aralashmasi portlash xavfiga ega. Suv bilan 95,6% etanol azeotrot aralashma qiladi, u 78,1 o C da qaynaydi. Etanol ko‘p tonnada chiqariladigan keng qo‘llaniladigan organik sintez mahsuloti bo‘lib, u erituvchi sifatida, ko‘p miqdorda oziq-ovqat sanoatida va meditsinada qo‘llaniladi. Oraliq mahsulotlar sifatida etanol murakkab efirlar, xloroform, xloral, dietil efiri, atsetaldegid va sirka kislota olishda muhim ahamiyatga ega. Raketa dvigatellarida suyuq yoqilg‘i, antifriz sifatida ishlatiladi. Izopropanol СН 3 СН(OН)СН 3 – suyuqlik (qaynash temperaturasi 82,5 o C) suv bilan aralashadi. Suv bilan 88% spirtli azeotrop aralashma hosil qiladi, uning qaynash temperaturasi 80,3 o C. Izopropanol, erituvchi sifatida foydalaniladi. Undan murakab efirlar, atseton va boshqa birikmalar olinadi. Ikkilamchi butanol СН 3 СН(OН)СН 2 СН 3 (T qay =99,5 o C) va uchlamchi butanol (СН 3 ) 3 СOН (T qay =82,8 o C) – rangsiz suyuqliklar. Ikkilamchi butanol suvda chegarali eriydi, uchlamchi butanol esa suv bilan yaxshi aralashadi 68 va 78% spirt bilan azeotrop aralashma hosil qiladi. Ushbu spirtlar orasida ikkilamchi butanol katta axamiyatga ega. U erituvchi sifatida, syuniingdek, murakkab efirlar va metiletilketon olishda qo‘llaniladi. Ushbu spirtlar buten-1 va buten-2 yoki izobutenni gidratatsiyalab, shuningdek 1,3-butadiendan tozalangan C 4 fraksiyalardan olinadi. Etilendan tashqari barcha olefinlar gidratatsiyada ikkilamchi va uchlamchi spirtlar hosil qiladi, chunki Markovnikov qoidasiga asosan vodorod atomi eng ko‘p gidrogenizlangan uglerod atomiga birikadi, gidroksil esa eng kam gidrogenizlanganiga: Download 423.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling