3-ma’ruza Mavzu: Gidroliz, gidratatsiya va eterifikatsiya jarayonlari


Past olefinlarni to‘g‘ri gidratatsiyalash


Download 423.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/9
Sana09.06.2023
Hajmi423.03 Kb.
#1475260
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Этерефикация

Past olefinlarni to‘g‘ri gidratatsiyalash 


1) CH
2
=CH

+ H
2
O ↔ C
2
H
5
OH ; Δ H=-2093,4 kD/|mol 
gaz suyuq gaz 
Reaksiya issiqligi ancha kichik qiymatga ega, Syuning uchun mahsulot 
konversiyasi temperaturaga bog‘liq bo‘lmaydi. Reaksiya t=243-374
0
C da sodir 
bo‘lganda gazsimon etanol va suyuq suv hosil bo‘ladi, bunda bosim 21,7 MPa 
tashkil qilishi kerak.
2) CH
2
+CH

+ H
2
O ↔ C
2
H
5
OH ; Δ H=-41868 kDj/mol 
gaz suyuq suyuq 
Ushbu reaksiya ko‘p miqdordagi issiqlik ajralishi bilan sodir bo‘ladi, demak 
temperatura ko‘tarilishi bilan etanol chiqimi kamayishi mumkin. Bosim ko‘tarilishi 
jarayonga katta ta’sir ko‘rsatmaydi. Katalizator sifatida 1-10%li H
2
SO
4
qo‘llanilganda ~200-250
℃ va 10 MPa bosimda 90 % li etanol olish mumkin.
Agarda katalizator sifatida ZnO bilan faollashtirilgan volfram oksidi W
2
O
3
ishtirokida 25
℃ va 30 MPa bosim ostida etilen gidratatsiyasi suyuq fazada olib 
borilsa, reaksiya natijasida faqat 20 %-li etanol eritmasi hosil bo‘ladi. 
4-rasm. Etilenni to‘g‘ri gidratatsiyalash texnologik sxemasi: 1-toza etilen 
kompressori; 2-gaz aralashmasi kompressori; 3-gaz-kondensatsiyalanuvchi bug‘ 
issiqlik almashtirgichi; 4-gaz-gaz issiqlik almashtirgichi; 5-bug‘ injektori; 6-
reaktor; 7-tuz ajratgich; 8,9-utilizator qozonlar; 10-kondensator sovutgich; 11-
yuqori bosimli separator; 12-drossel ventil; 13-past bosimli separator; 14-etanol 
yig‘gichi. 
 
4. Atsetilen gidratatsiyasi. Kucherov reaksiyasi bo‘yicha atsetilen 
gidratatsiyasini quyidagi reaksiya orqali ifodalash mumkin: 
CH CH + H
2

CH
3
-CHO 
Uzoq yillar davomida ushbu reaksiya asosida atsetaldegid sintez qilingan, 
xozir esa atsetilenni samarali usul bilan sintez qilishda etilendan foydalaniladi. 
Atsetaldegid uchuvchan suyuqlik (T
qay.
=20,8
o
C), suv bilan to‘liq aralashadi 
va havo bilan 4-57% (hajm) konsentratsiyada portlovchi aralashma hosil qiladi. 
Sirka kislota, sirka angidrid, n-butanol, pentaeritrit C(CH
2
OH)
4
va boshqa 


qimmatli mahsulotlar olish uchun qo‘llaniladi. Kislota ishtirokida suyuq siklik 
trimer, paraldegid hosil qiladi:
Gidratatsiyalashda simobli katalizatordan foydalanish M.G.Kucherov 
tomonidan taklif qilingan, ushbu reaksiya suyuq fazada atsetilenni tarkibida 0,5-
0,6% HgO bo‘lgan va u eritmada HgSO
4
holida bo‘lgan 10-20% sulfat kislotadan 
barbotirlash orqali amalga ochiriladi. 
Reaksiya deyarli qaytmas tarzda amalga ochadi va mexanizmi olefinlar 
gidratatsiya jarayoniga o‘xshamaydi. Bunda atsetilenni Hg
2+ 
bilan kompleks 
birikma, keyingi bosqichda esa atsetaldegid hosil bo‘lishi kuzatiladi:
Yuqorida ko‘rsatilgan sharoitda atsetilen gidratatsiyasidan tashqari oraliq 
ikki jarayon sodir bo‘ladi–aldegid kondensatsiyasi natijasida kroton aldegid va 
smolalar, hamda atsetaldegid bilan simob tuzlarini qaytarilishi reaksiyasi va ularni 
nofaol shaklga o‘tishi yuz beradi: 
2CH
3
CHO 
CH
3
CH=CHCHO + H
2
O
Smolalar 
CH
3
CHO + 2Hg
2+
+ H
2

CH
3
COOH +2Hg
2+
+ 2H
+
Reaksiya muhitida aldegid konsentratsiyasini kamaytirish bilan oraliq mahsulotlar 
hosil bo‘lish reaksiyalarini kamaytirish mumkin. 
Simob tuzlarini qaytarilish jarayonini oldini olish uchun amaliyotda yana bir 
usuldan foydalaniladi. Reaksiya aralashmasiga uch valentli temir tuzlari qo‘shiladi, 
u qaytarilgan simobni oksidlash xususiyatiga ega, natijada temir ikki valentli 
hxolatga o‘tadi: 
Fe
3+ 
+ Hg

Fe
2+ 
+ Hg
2+
Bu reaksiyada temir tuzlari simobga nisbatan ortiqcha olinadi (Fe
2
O

nisbatan, 
taxminan 4%), shuning uchun katalizator eritmasi uzoq vaqt ishlaydi. Lekin, u 
asta-sekin ikki valentli temir tuzlari bilan qoplana bochlaydi, shuning uchun eritma 
regeneratsiya (qayta tiklanish) jarayoniga yuboriladi. O‘tkaziladigan barcha 
tadbirlarga karamasdan simob smolasimon moddalar bilan chiqindi holida ajraladi. 
1t atsetaldegidga 1,0-1,5kg simob tuzlari to‘g‘ri keladi. 

Download 423.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling