3-Ma’ruza. Quyish tizimlari


Download 474.01 Kb.
bet8/11
Sana23.10.2023
Hajmi474.01 Kb.
#1717750
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Quyish tizimlari

Qo‘shimchalar
Po‘lat quymalar olishda quyishning oldini olish maqsadida changsimon kvarts qo‘shiladi (marshalit). Changsimon kvarts qum zarralarining oralariga joylashib, aralashmaning Feovaklarini kamaytiradi. Bu esa aralashmaning issiqlik akkumulyatsiyasini oshiradi. Issiqlik akkumulyatsiyasining yuqori bo‘lishi quyma yuzasida qattiq qobiqning hosil bo‘lishini tezlashtiradi va mexanik, hamda kimyoviy quyishning oldini oladi. Nam holatda quyiladigan qolip aralashmalar tarkibiga toshko‘mir kukuni qo‘shiladi. Qolipning suyuq metall bilan to‘lish paytida toshko‘mir changi yonib, qolipda tiklanish muhitini yuzaga keltiradi. Bu muhit metalning oksidlanishi va kuyindi hosil bo‘lishining oldini oladi. Quyi xaroratda yonib, uzoq vaqt alangalanadigan ko‘mirdan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bu talablarga PJ va G markali ko‘mirlar javob beradi. Ularning tarkibida 30% gacha uchuvchi moddalar mavjud.
Ko‘mir o‘rniga mazutdan foydalansa ham bo‘ladi. Yonish jarayonida mazut ko‘mirga nisbatan kam kul hosil qiladi. Bu esa uz navbatida aralashmaning bokiyligini va gaz o‘tkazuvchanligini oshiradi. Lekin shuni e’tiborga olish lozimki, mazut yonishida ko‘p miqdorda gaz ajralib chiqib, qolipdagi gaz bosimini oshiradi. Quymalardagi gaz bo‘shliqlarining hosil bo‘lish omillaridan biri aynan shu gaz bosimidir. Shuning uchun mazutdan asosan kuyishga qarshi vosita sifatida foydalaniladi (mis va boshqa oFeir metall qotishmalaridan quyma olishda).
Magniy qotishmalaridan quymalar olishda alangalanishning oldini olish uchun mahsus qo‘shimchalar qo‘shiladi. Magniyning alangalanishi uning qolip tarkibidagi suv va havo kislorodi bilan ta’sirlanish natijasida bo‘ladi. Buning oldini olish maqsadida aralashma tarkibiga ftorli tuz (NH4VF4) yoki VM (bor ishqori, texnik mochevina va oltingugurtli alyuminiydan iborat mexanik aralashma) larning 4 - 8% miqdori qo‘shiladi. O‘zak ashyolariga esa 0,25 - 1 % miqdorida oltingugurt va bor ishqori qo‘shiladi. Bu komponentlar magniy bilan ta’sirlanib, yuzada mustahkam qobiq hosil qiladi va o‘zidan gaz ajratib quyma va qolip oraliFeida gaz qavati hosil qiladi.
Kuyishiga qarshi qo‘shimchalardan tashqari cho‘yan quymalarni quruq qoliplarda olish uchun aralashmalarga qipiq ham qo‘shiladi. Quritish davrida qipiqlar hajmiy kichrayib, suyuq metall quyilganida yonib ketadi. Yongan qipiq o‘rni Feovak bo‘lib, bu Feovaklar o‘zaro kepillyar kanallar bilan boFelanadi. Feovakli qoliplarning gaz o‘tkazuvchanligi yaxshi bo‘ladi. Po‘lat va cho‘yan quymalar olishda gaz o‘tkazuvchanlikni oshirish maqsadida suvli organik boFelovchilar qo‘shiladi (aksariyat holda spirtli sulfid bardasi qo‘shiladi).



Download 474.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling